Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt
 
Elektronlarning to‘lqin 
uzunligi fotonlarnikidan 
qisqa bo‘lgani sababli, 
elektron 
mikroskoplarning 
kattalashtirish 
ko‘rsatkichi ham optik 
mikroskoplarnikidan 
kuchliroq bo‘ladi.
Aloqador mavzular: 
 

 
Korpuskulyar-
to‘lqin dualizmi
 
(27-sahifa) 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
Elektron mikroskop 
misolida elektronning asl 
tabiatini ilg‘ash mumkin. 
Bunda, elektronlar magnit 
linza orqali o‘tayotgan 
chog‘da, ularning 
trayektoriyasi og‘ishga 
uchraydi va natijada, 
elektron o‘zini xuddi 
zarracha singari tuta 
boshlaydi. Namuna orqali 
o‘tish chog‘ida esa, 
elektronlar difraksiyaga 
yo‘liqadi. Ya’ni, u 
to‘siqni aylanib o‘tishi 
sababli, endilikda o‘zini 
xuddi to‘lqin kabi 
namoyon qiladi. Aynan 
shu jarayonda, elektronlar 
difraksiyasi, oddiy 
yorug‘lik difraksiyasidan 
kichik bo‘lgan sababli, 
olingan tasvir optik 
mikroskopdagidan ko‘ra 
aniqroq chiqadi. Shu 
sababli ham, elektron 
mikroskop ilm-fan uchun 
g‘oyat muhim asbob 
sanaladi. Masalan, 
biologlar, hujayraning 
oddiy mikroskop bilan 
ko‘rib bo‘lmaydigan juda 
mayda komponentlarini 
aynan elektron mikroskop 
vositasida tekshirishadi. 
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Maks Knol 
(1897-1969) 
Ernst Ruska 
(1906-1988) 
Elektron mikroskopni 
ixtiro qilinishida katta 
hissa qo‘shgan nemis 
muhandis-fiziklari. 
 
Optik linza yorug‘lik 
nurlarini fokuslagani 
singari, elektron 
mikroskopning 
magnit maydoni ham, 
elektronlar oqimini 
fokuslaydi.





Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə