Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt
 
Lazer bu – majburiy 
nurlanish, yoki, 
induksiyalangan 
nurlanish tufayli yuzaga 
keluvchi va qat’iy 
tartiblangan tarzda 
yo‘nalgan 
muvofiqlashgan impuls 
frontiga ega fotonlar 
oqimidir.
Aloqador mavzular: 
 

 
Kvantlar haqidagi 
Plank gipotezasi
 
(17-sahifa) 

Balmer formulasi
  
(21-sahifa)

Bor atomi
 (
23-sahifa

Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
«Ostin Pauers» filmidagi 
Doktor Yovuz 
qo‘llaydigan lazer katta 
ehtimol bilan uglerod 
dioksididan foydalansa 
kerak. Chunki u 
yo‘naltirilgan yo‘lida 
uchragan hamma narsani 
jizg‘anak qilib keta 
oladigan infraqizil 
nurlanishlar chiqaradi. 
Lekin, amalda, sotuvda 
mavjud bo‘lgan, yoki, 
elektron va 
telekommunikatsion 
uskunalardan 
qo‘llaniladigan 
lazerlarning aksariyati 
quvvati nisbatan kichik 
bo‘lgan lazerlar turiga 
kiradi. Odatda bunday 
lazerlar qizil rangdagi 
yorug‘lik nurlari 
taratadi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Gordon Gould 
(1920-2007) 
«Lazer» terminini 
o‘ylab topgan fizik.
«
L
ight 
A
mplification 
by 
S
timulated 
E
mission 
of 
R
adiation» so‘zidan.
Teodor Meyman
(1927-2007) 
Taxminlarga ko‘ra, eng 
birinchi bo‘lib optik 
lazerni ixtiro qilgan 
olim. AQSHlik fizik. 
 
Lazerda optik 
rezonator 
qo‘llaniladi.




Tranzistor
Kvant fizikasining superpozitsiya, noaniqlik 
o‘ta o‘tkazuvchanlik kabi g‘ayrioddiy hodisalari 
odatda muayyan maxsus sharoitlardagina kuzatiladi. 
Masalan, ushbu hodisalarning ayrimlari uchun o‘ta 
past haroratlar hosil qilish zarur bo‘ladi. Lekin, 
energetik 
pog‘onalarning 
diskret 
kvantlanishi 
oqibatlari singari kvant hodisalari esa oddiy sharoitda 
ham ko‘p joyda uchraydi. Masalan, atomlar orasidagi 
bog‘lanishlarda, yoki, atrofimizdagi buyumlarning 
turli ranglarda namoyon bo‘lishida ushbu kabi kvant 
hodisalari namoyon bo‘ladi. Shuning singari, 
energetik pog‘onalarga taalluqli kvantlash hodisalari 
ichida eng keng amaliy qo‘llaniladigan soha bu – 
tranzistorlardir. 
Tranzistor 
– yarimo‘tkazgich 
material 
asosida 
tayyorlanadigan 
mikroo‘lchamlardagi 
elektron 
element 
bo‘lib, 
zamonaviy kompyuterlar va barcha turdagi raqamli 
texnika asosida aynan tranzistorlar faoliyati yotadi. 
Yarimo‘tkazgich materialda «kvant energetik holati» 
hududida joylashgan elektron mavjud bo‘ladi; ushbu 
elektronlarni esa, «ta’qiqlangan hudud energiyasi» 
boshqa elektronlar hududidan ajratib turadi va 
natijada ushbu materialda tok hosil bo‘lmaydi. Lekin, 
agar ushbu kvant energetik holati hududidagi 
elektronlarga yetarlicha energiya berilsa, ular 
ta’qiqlangan hududni yengib o‘ta boshlaydi va 
materialda tok hosil bo‘ladi. Oddiy harorat 
sharoitlarda yetarlicha energiya olishga faqat alohida, 
muayyan elektronlargina sazovor bo‘lishadi. Bu esa, 
elektr toki bilan doping usuli bilan, ya’ni, 
elektronlarni «idish»ga qo‘shimcha kiritish va ularni 
chiqarish uchun esa yarimo‘tkazgichga elektromagnit 
maydon yordamida turli aralashmalarni kiritish yo‘li 
bilan chiqarish orqali bajarish imkonini beradi. Shu 
tariqa, tranzistor o‘zi orqali o‘tayotgan elektr tokini 
nazorat qilish imkonini beradi va raqamli elektron 
sxemalarda signalni uzib-ulash, yoki, kuchaytirishga 
xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə