Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt
 
Tranzistorlarning ishlash 
tamoyili – 
yarimo‘tkazgich 
materiallarda
elektronlarning 
energetik holatining 
kvantlanishiga 
asoslanadi.
Aloqador mavzular: 
 

Lazer
 
(107-sahifa) 

Kvant nuqtasi
  
(119-sahifa)
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Sanoat miqyosida ishlab 
chiqarila boshlangan 
dastlabki tranzistorlar 
1960-yillar boshida 
paydo bo‘lgan bo‘lib, 
ular germaniy asosida 
tayyorlangan. O‘lchami 
eniga 12 mm atrofida 
bo‘lgan. O‘sha paytlarda 
bu tranzistorlar bir necha 
dollar qiymatga ega edi. 
Hozirgi zamonda esa, 
tranzistorlar asosan 
kremniy asosida ishlab 
chiqariladi. Zamonaviy 
integral 
mikrosxemalarda 
tranzistorlarning 
o‘lchami shu darajada 
mittilashib ketgan-ki, 
o‘rtacha bitta 
mikrosxemada 2 
milliardgacha tranzistor 
joylashtirilishi oddiy 
holga aylangan. Undagi 
bitta tranzistorning narxi 
esa 0,0001 sentdan 
to‘g‘ri keladi. Narxning 
bu darajada 
arzonlashishi – Mur 
qonuni mahsuli 
hisoblanadi. 
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Uolter Bratteyn 
(1902-1987) 
Jon Bardin 
(1908-1991) 
Uilyam Shokli 
(1910-1989) 
1947-yilda tranzistorni 
ixtiro qilgan AQSHlik 
fiziklar. Ushbu ixtiro 
uchun ular 1956-yilgi 
Nobel mukofotiga 
loyiq ko‘rilishgan.
 
Lazerda optik 
rezonator 
qo‘llaniladi.




Elektron mikroskop
Elektron mikroskop ham optik mikroskop 
bilan deyarli bir xil tamoyil asosida ishlaydi. Optik 
mikroskoplarda 
kollimator 
linzalar 
namuna 
joylashtirilgan 
shisha 
plastinkaga 
yorug‘likni 
fokuslaydi va keyin ushbu yorug‘lik tasvirni 
kattalashtiruvchi va uni ko‘zga, yoki, ZAA-kameraga 
fokuslovchi obyektivga kelib tushadi. Elektron 
mikroskopda esa, yorug‘lik nurlari va shisha linza 
o‘rniga, elektron oqimi va ushbu oqimni 
yo‘naltiruvchi magnitlardan foydalaniladi. Bunda, 
qizigan katod o‘zidan elektronlarni tarqata boshlaydi; 
keyin esa, ushbu elektronlar oqimiga katod-nur 
trubkasidagi magnit maydoni orqali tezlanish 
beriladi. Magnit kollimatori elektronlarni namunaga 
fokuslaydi. Namuna orqali o‘tayotgan elektronlar 
oqimini esa boshqa magnit linzalari vositasida 
fluoressent ekranga fokuslanadi va biz ko‘ra oladigan 
tasvirga aylantiriladi. Optik mikroskoplarning tasvir 
tiniqligi yorug‘lik nurlarining to‘lqin uzunligiga 
bog‘liq 
ravishda 
cheklangan 
bo‘ladi. 
Optik 
mikroskopda kattalashtirish darajasi ham 2000 marta 
kattalashtirishdan ortmaydi; yorug‘lik nurlari to‘lqin 
uzunligidan kichik bo‘lgan har qanday narsani, 
masalan, viruslarni optik mikroskop vositasida 
ko‘rishning iloji yo‘q. Elektronlar esa, o‘zini bir 
vaqtning o‘zida ham zarra va ham to‘lqin sifatida 
namoyon qilgani bois, bu borada ancha yaxshiroq 
ko‘rsatkichlarni taqdim qila oladi. Elektronlarning 
to‘lqin uzunligi yorug‘lik nurlari to‘lqin uzunligidan 
ancha kichik. Shu sababli ham, elektron mikroskoplar 
namunaning tasvirini 10 million marotabagacha 
kattalashtirib ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday o‘ta 
katta aniqlik va tiniqlik bilan esa, nafaqat viruslarni, 
balki, namuna tarkibidagi atomlarni ham alohida-
alohida tarzda ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə