Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt
 
O‘ta yupqa dielektrik 
qatlam bilan o‘zaro 
ajratilgan kontakt orqali 
o‘tuvchi o‘ta o‘tkazgich 
tokning xossalari amaliy 
qo‘llash uchun juda 
foydali bo‘lib chiqdi.
Aloqador mavzular: 
 

Tunnel effekti
 
(73-sahifa) 

Kubitlar
 
(97-sahifa)

Kvant kompyuteri
 
(99-sahifa)

O‘ta o‘tkazgichlar
 
(127-sahifa)
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
Jozefson kontaktlari 
o‘ta tezkor mantiqiy 
element sifatida 
qo‘llanishi mumkin. Bu 
g‘oya olimlarni o‘ta 
tezkor kompyuterlar 
yaratish sohasida, 
aynan ushbu 
kontaktlardan 
foydalanishga 
undamoqda
. Jozefson 
kontaktining juda qiziq 
kvant xossasi shundaki, 
ushbu kontakt qo‘llangan 
o‘ta o‘tkazgich zanjirda 
oqayotgan elektr toki 
uchun superpozitsiya 
holati yuzaga keladi. 
Ya’ni, bunda tok zanjir 
bo‘ylab, bir vaqtning 
o‘zida har ikkala tarafga 
oqa boshlaydi. Hozirgi 
paytda, kvant 
kompyuterlari uchun 
ushbu kontaktlardan 
foydalanish ustida 
izlanishlar olib 
borilmoqda. 
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Leo Esaki 
(1925) 
Ivar Yever 
(1929) 
Brayan Jozefson bilan 
birgalikda, 
elektronlarning 
tunnellanishi hodisasini 
o‘rganganliklari uchun, 
1973-yilgi Nobel 
mukofotiga sazovor 
bo‘lgan fiziklar.
 
SQUID o‘ta past va 
sust magnit 
maydonlarini ham, 
shu jumladan, odam 
miyasi tarqatadigan 
magnit maydonini 
ham qayd qila oladi.




1940-yilning 4-yanvar 
sanasida Kardiffda 
dunyoga kelgan.
 
1960 
 
Kembrij universitetini 
tabiiy fanlar mutaxassisligi 
bo‘yicha tamomladi. 
 
1962
 
«Fizikaga oid qaydlar» 
jurnalida ilmiy ishi e’lon 
qilinadi. Aynan ushbu 
ishda «Jozefson kontakti» 
haqida ilk marta so’z 
boradi.
 
 
1964 
Kembrij universitetida fan 
doktori darajasini qo’lga 
kiritdi. 
 
1964 
Jozefson kontaktini 
qo’llash orqali ishlaydigan 
o’ta sezgir magnetometr – 
kvant interferometri ixtiro 
qilindi.
 
1965 
Illinoys universiteti ilmiy 
tadqiqotlar markazida 
professor-assistent 
lavozimida ish boshlaydi. 
 
1967
Kembrijga qaytib, ilmiy 
tadqiqotlar markazi 
direktori muovini 
lavozimida ishlay 
boshlaydi.
 
1972 
 
Kembrijda fizika bo’yicha 
katta ma’ruzachi etib 
tayinlanadi. 
 
1973 
 
Leo Esaki va Ivar Yever 
bilan birgalikdan Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘ldi.
 
 
1974
Kembrij universitetida 
fizika professori darajasiga 
erishdi.
 
1988
Kembrij universiteti ong va 
materiyani birlashtirish 
loyihasiga rahbarlikka 
tayinlandi. 
 
2007 
Jozefson iste’fo berdi. 
Hozirda u ma’ruzalar 
o’qimayapti va rasmiy 
faoliyatda qatnashmayapti. 
Ilmiy tadqiqotlarni mustaqil 
olib bormoqda. 
 
 
 


Brayan Jozefson
 
Aksariyat yetuk olimlar haqida so’z ketganda aytiladigan gap – olimning bolalik 
chog’idanoq o’ta ziyrak va zehni o’tkir bo‘lgani haqidagi e’tirof – Brayan Jozefson 
uchun ham nihoyatda o’rinlidir. Uning kuchli xotirasi va o’ta ziyrak aqliga 
universitetdagi ustozlari ham doim tahsin o’qishar edi. Jozefson o’zining ilk ilmiy 
ishlarini e’lon qilgan va dastlabki ilmiy darajasini qo’lga kiritgan paytda – hali 
yigirmaga ham to’lmagan, juda yosh yigitcha edi. Kembrij universitetida o’qishni 
tamomlagach, u ushbu ilmiy dargohda qolib, doktorlik dissertatsiyasini tayyorlay 
boshladi. Olim o’zini talabalik yillaridan buyon qattiq qiziqtirib qo‘ygan fizik hodisa 
– o’ta past haroratlardagi o’ta o‘tkazuvchanlik hodisasini chuqur ilmiy tahlil qilishga 
kirishadi. Hali dissertatsiyani to’liq tugallamay turib, Jozefson o‘z ilmiy 
tekshirishlarining ayrim muhim xulosalari haqidagi maqolalarni ilmiy jurnallarda 
chop ettirdi. Uning o‘z ilmiy ishlari doirasida e’lon qilgan sakkizinchi maqolasi «O’ta 
o‘tkazgichli tunnellashdagi yangi effektlar» deb nomlangan. Bu paytga kelib, kvant 
fizikasida elektronlarning «o’tib bo’lmas to’siq» orqali xuddi ushbu to‘siq yo’qday 
o’tib ketishi, ya’ni, tunnellanishi hodisasi allaqachon ma’lum edi. Jozefson esa, ushbu 
effekt o’ta o‘tkazgich materiallarda qanday namoyon bo’lishini ko’rsatib berdi. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə