Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Zeitschrift für Physik
» jurnali 
bosib chiqargan. Kvant fizikasida va umuman ilm-fanda tez-tez tilga olinadigan «bozon», 
«bozonlar» atamasi, Shatyendranat Bozening aynan ushbu ilmiy ishidan keyin, uning 
nomi (aniqrog‘i, familiyasi) bilan shunday atala boshlangan. Ya’ni, «bozon» termini Boze 
familiyasidan yasalgan. Albatta, bu ham bo‘lsa, Shatyendranat Bozening kvant fizikasi 
rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi e’tirofidir.


 
Bozening ilmiy salohiyatidan hayratga tushgan Albert Eynshteyn, unga Yevropaga safar 
qilish uchun viza olishiga ko‘maklashadi va u bilan shaxsan uchrashishga ishtiyoqmand 
bo‘lib yuradi. Vanihoyat, turli iqtisodiy va byurokratik to‘siqlarni yengib o‘tgan 
Shatyendranat Boze, 1925-yilda Yevropaga yetib boradi va o‘sha zamonning eng yetuk 
fizik olimlari bilan ilmiy uchrashuvlar o‘tkazadi. Xususan, u bir muddat Parijda turib, 
olima Mariya Kyuri bilan birga ish olib boradi. Keyin esa, olim Berlinga yo‘l olib, u yerda, 
kvant fizikasining asoschilardan bo‘lmish Nil Bor, Verner Geyzenberg va Ervin 
Shryodinger singari mashhur olimlar bilan uchrashib, muhim ilmiy masalalarni 
muhokama qiladi. Albatta, Berlinda Bozening asosiy ilmiy suhbatlarni Albert Eynshteyn 
bilan kechgan.
O‘ta kuchli zehni va ilmiy salohiyatiga qaramasdan, Shatyendranat Boze hayotda 
ham, professional kasbida ham nihoyatda betartib, pala-partish shaxs bo‘lgani haqida 
aytib o‘tish joiz. U, ohori to‘kilib, eskirib ketgan bo‘lsa ham, aynan bitta kiyimni 
almashtirmay yillab kiyib yurishi, yoki, o‘zi qunt bilan shug‘ullanayotgan biror ilmiy 
ishni oxiriga yetkazmay turib, kallasiga boshqa fikr kelib qolsa, boyagi ishni kelgan 
joyida shundog‘icha tashlab, yangi fikrga chalg‘ib ketishi ham odatiy hol edi. Natijada, 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə