Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan


uning ko‘plab boshqa ajoyib ilmiy g‘oyalari qog‘ozda chala qolib ketar va keyinchalik



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

uning ko‘plab boshqa ajoyib ilmiy g‘oyalari qog‘ozda chala qolib ketar va keyinchalik 
olim bu haqida qaytib eslamasligi ham mumkin edi. Shunga qaramay, Bozeni butunlay 
parishonxotir, yoki, muomalaga no‘noq shaxs bo‘lgan deyish ham to‘g‘ri emas. 
Chunki, u nafaqat aniq fanlar bilimdoni bo‘lmay, maqola boshida aytganimizdek
juda serqirra shaxs, ijodkor inson bo‘lgan. Olim hind milliy she’riyati va adabiyotini, 
shuningdek, jahon adabiyoti durdonalarini ham, uncha-muncha professional 
adabiyotshunoslardan ko‘ra yaxshiroq bilgan. Shuningdek, Boze hind milliy 
musiqasini ham juda yaxshi bilimdoni bo‘lib, «esraj» nomli torli cholg‘u asbobida 
professional darajada kuy chala olgan.
Shatyendranat Boze bilan hamsuhbat bo‘lgan zamondoshlari uni o‘ta ajoyib 
suhbatdosh, nihoyatda keng fikrli, chuqur bilimli ziyoli shaxs sifatida ko‘p 
xotirlashgan. Olim shuningdek, butun hayoti mobaynida, vatani – Hindistonning ilm-
fan sohasidagi xalqaro nufuzini oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilgan. U Hindiston 
yoshlarining zamonaviy ilm-fandan to‘laqonli xabardor bo‘lishi, Hind ilm-fani butun 
jahon ilm-fanining rivojlanish darajasi bilan hamnafas bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan 
barcha ishlarni qilgan. Xususan, Shatyendranat Boze, zamonaviy ilm-fan Hindistonda 
ham taraqqiy etishi uchun, hind yoshlari zamonaviy bilimlarni o‘z ona tillarida 
olishlari kerak deb hisoblagan va shu maqsadda, eng ilg‘or, yangi ilmiy adabiyotlarni, 
buyuk fiziklarining yangi-yangi ilmiy asarlarini jahon tillaridan hind tiliga muntazam 
ravishda tarjima qilinishiga katta e’tibor qaratgan. Aynan shu maqsad yo‘lida u, ko‘p 
millatli va ko‘p tillarda so‘zlashuvchi hind yoshlariga o‘z ona tillarida bilim beruvchi 
oliygoh tashkil etishga qaror qiladi va 1948-yilda Bengaliya ilmiy hamjamiyatiga asos 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə