Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt 
 
Kvant mexanikasining 
tunnel effekti, 
superpozitsiya va kvant 
chigalligi singari 
hodisalari ayrim 
biologik jarayonlarda 
o‘ta muhim ahamiyat 
kasb etishi aniqlangan.
Aloqador mavzular: 
 

Tunnel effekti
 
(73-sahifa)
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Kvant effektlarining 
biologik ahamiyati 
haqidagi bahsli 
nazariyani 1990-yillar 
boshida fizik olim 
Rojer Penrouz va 
neyrobiolog Styuart 
Xameroff tomonidan 
o‘rtaga tashlangan edi. 
Ularning fikricha, inson 
ongi bu - 
«mikrotrubkalar» deb 
nomlanuvchi oqsil 
tolalarida yuzaga 
keladigan 
superpozitsiya 
holatining natijasi 
bo‘lib, unga ko‘ra, 
mazkur holatda to‘lqin 
funksiyasi kollapsga 
duchor bo‘ladi va miya 
o‘ziga xos kvant 
hisoblashlarini amalga 
oshirib, oddiy mantiq 
vositasida yechib 
bo‘lmaydigan 
savollarga ham javon 
topa olish imkoniga ega 
bo‘ladi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Grem Fleming
(1849) 
Fotosintez jarayonidagi 
energiyaning 
uzatilishida kvant 
kogerensiyasi yuz 
berishini birinchi bo‘lib 
aniqlagan Amerikalik 
fizik.
Pol Deyvis
(1846) 
Ingliz fizigi 
Qushlarning parvoz 
vaqtida manzil va 
masofani aniqlash 
qobiliyati kvant 
effektlarining biologik 
sistemalarda ham 
namoyon bo‘lishini 
ko‘rsatadi.
 




Kvant gravitatsiyasi
Kvant gravitatsiyasi nazariyasini ishlab chiqish 
masalasi
 
zamonaviy fizika fani qarshisida turgan eng 
dolzarb 
masalalardan 
biridir. 
«Barcha 
narsa 
nazariyasi», qisqacha qilib «umumiy nazariya» deb 
nom olishi rejalashtirilgan va hozircha hech qanaqasiga 
bir tayinli ko‘rinishga keltirishning iloji bo‘lmayotgan 
xayoli «mukammal» nazariyada olimlar Eynshteynning 
zamon va makonning egrilanishi haqidagi umumiy 
nisbiylik nazariyasi bilan, subatom zarralar va 
jarayonlarni bayon qiluvchi kvant nazariyasini 
umumlashtirishni maqsad qilishgan. Muvaffaqiyatli 
chiqqan «umumiy nazariya» Ulkan Portlashdan keyingi 
dastlabki lahzalarda nimalar sodir bo‘lganini, yoki, 
galaktika markazidagi qora tuynuk ichkarisida nimalar 
ro‘y berayotganini ifodalash imkonini bergan bo‘lur 
edi. Lekin, bunday nazariyani barpo qilish oson emas. 
Deyarli imkonsiz. Vaziyatni chigallashtiruvchi eng 
asosiy omillardan biri – nisbiylik nazariyasida va kvant 
nazariyasida vaqt va fazoning boshqacha-boshqacha 
tarzda talqin qilinishi, ya’ni, umuman farqli kattalik va 
jarayonlar sifatida qaralishidir. Xususan, kvant 
nazariyasida vaqt va fazo – zarrachalarning o‘zaro 
ta’siri yuz beradigan o‘zgarmas (doimiy) joy yoki, fon 
tarzida qaralsa, nisbiylik nazariyasida esa, o‘z nomi 
bilan, vaqt va fazo (zamon va makon) tushunchalari 
nisbiy, 
ya’ni, 
o‘zgarishi 
mumkin 
bo‘lgan 
tushunchalardir. 
Gravitatsiya 
nazariyasini 
kvant 
nazariyasi bilan birlashtirishning bundan ham mushkul 
joyi shundaki, kvant gravitatsiyasi nazariyasini 
tekshirib ko‘rish uchun, oddiy laboratoriya sharoitlarida 
hosil qilish imkonsiz bilan energiya va masofalar talab 
etiladi. Shunga qaramay, optimistik ruhdagi ayrim 
fiziklar, ushbu nazariyalarni birlashtirishni iddao 
qiluvchi birmuncha jur’atli takliflarni o‘rtaga 
tashlamoqdalar. Shunday takliflardan biri «torlar 
nazariyasi» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, elementar 
zarralar xuddi cholg‘u asbobi torining tebranishi singari 
ravishda tebranib turuvchi favqulodda juda-juda kichik 
o‘lchamlardagi energetik tolalar tarzida tasavvur 
qilinadi. Ushbu energetik tebranishlar 9 yoki, 10-
o‘lchamli fazoni egallaydi deb taxmin qilinadi. «Tolali 
kvant nazariyasi» deb nomlanadigan yana bir kvant 
gravitatsiyasi nazariyasiga ko‘ra, fazo (makon) – o‘zaro 
spin tarmog‘ini hosil qiluvchi tugunlar bilan bog‘langan 
diskret hujayralardan iborat ixcham struktura sifatida 
tasavvur qilinadi. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə