Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Mualliflar haqida 
Filipp Boll 
- «Nature» jurnali muharriri. Oksford universitetini kimyo mutaxassisligi 
bo‘yicha va Bristol universitetini fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ilmiy maqolalari 
bilan matbuotda va internetda muntazam chiqish qiladi. «H
2
O: Suvning tarjima holi»; «Yorqin 
Yer sayyorasi», «Musiqaviy instinkt: musiqa qanday taraladi va nega biz usiz tura olmaymiz?»; 
«Qiziquvchanlik» singari kitoblar muallifi. Filipp Boll kimyo fanini ommalashtirishga 
qo‘shgan hissasi uchun Amerika kimyo hamjamiyatining Greydi-Stak ilmiy mukofoti laureati 
bo‘lgan. Shuningdek u, murakkab ilmiy nazariyalarni tushunarli tilda bayon qilgani uchun, 
Lagranj mukofotiga ham loyiq ko‘rilgan.
Brayan Klegg 
– Kembrij universitetida tabiiy fanlar bo‘yicha, asosan amaliy fizika 
borasida ma’ruzalar o‘qiydi. «British Airways» kompaniyasi uchun qator texnologik 
innovatsiyalarni ishlab chiqqanligi bilan nom qozongan. Ilmiy konsultatsiya agentligi tashkil 
qilgan va unga o‘zi rahbarlik qiladi. «
Nature
», «
Times
» va «
Wall street Journal
» kabi 
nashrlarda muntazam chiqish qiladi. Oksford va Kembrij universitetlarida, hamda, Qirollik 
institutida ma’ruzalar o‘qiydi. Ilmiy kitoblarni tahlil qiluvchi va ularga sharhlar e’lon qiluvchi 
http://www.popularscience.co.uk/
sayti muallifi. «Cheksizlikning qisqacha tarixi», hamda, 
«Vaqt mashinasini qanday yasash mumkin?» nomli kitoblar muallifi. 
Leon Kilfford 
– ilmiy konsultant va ilmiy-ommabop asarlar yozuvchisi. Britaniya ilmiy 
ommabop asarlar yozuvchilari hamjamiyati a’zosi. «
New Sceintist
», «
Daily Telegraph
» va 
shunga o‘xshash ko‘plab ilmiy nashrlarda ilm-fan va texnikaga oid maqolalar bilan ko‘p yillar 
davomida chiqishlar qilgan. Astrofizika, iqlimshunoslik va zarrachalar fizikasi bilan 
shug‘ullanadi. 
Frenk Klouz 
– Oksford universiteti fizika professori. Bir necha yil davomida Rezerford 
laboratoriyasiga va YYTMning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga mudirlik qilgan. Kvark-
glyuon bog‘lanishlari sohasida izlanishlar olib boradi va ushbu mavzuga oid 200 ga yaqin 
maqolalarni turli ilmiy nashrlarda e’lon qilgan. Amerika fizika Jamiyati va Britaniya fizika 
instituti a’zosi. Ilm-fanni ommaviy targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun, Frenk Klouz 1996-
yilda Kelvin mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Ko‘plab kitoblari nashr etilgan. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə