Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan


«kvantlar» ko‘rinishida chiqarilishini isbotlab berdi. Garchi, ushbu g‘oya energiyaning



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

«kvantlar» ko‘rinishida chiqarilishini isbotlab berdi. Garchi, ushbu g‘oya energiyaning 
spektr bo‘ylab taqsimlanishiga oid ko‘plab faktlarni ilmiy asoslab bergan bo‘lsa-da, lekin, 
Plankning ushbu nazariya ichida qo‘llagan ayrim matematik isbotlashlari, xususan, Plank 
qonunining matematik asoslanishi unchalik ham ishonarli bo‘lib ko‘rinmasdi. Plank 
nazariyasidagi mazkur boshliqni aynan Boze to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun 
hind olimi Plank qonunini biroz boshqacha yondoshuv bilan talqin qiladi. Ya’ni, 
Plankning o‘zi, o‘z nazariyasida alohida olingan kvantlarni boshqa kvantlardan farqlash 
mumkin deb hisoblasha, Boze bunga aksincha munosabat bildiradi. Unga ko‘ra, kvant 
zarralari o‘zaro birlashib, yaxlit jism holida harakatlanishi mumkin deb olinadi.
Shatyendranat Boze o‘zining ushbu sohaga oid ilmiy ishlarini maqola tarzida qog‘ozga 
tushirib, Angliyada chop etiladigan mashhur ilmiy nashrlardan biriga yuboradi. Biroq, 
Angliyadagi jurnaldan hind olimiga rad javobi keladi. Ruhan tushkunlikka tushmagan 
olim, ushbu ilmiy izlanishlarini yana bir bora mukammal tekshirib, taqriz va tahlil qilish 
uchun , o‘sha zamonning eng mashhur va yetuk fizik olimi – Albert Eynshteynga yuboradi. 
Eynshteyn Bozening ishlarini sinchiklab o‘qib chiqadi va unda bayon qilingan 
masalalarga va umuman, mavzuning nechog‘lik mukammal yoritilganligiga qoyil qoladi. 
U hind olimining mazkur ishini o‘ta yuqori baholaydi va ingliz tilidan nemis tiliga o‘girib, 
shuningdek, taqriz jarayonida o‘zida paydo bo‘lgan qo‘shimcha g‘oya va izohlar bilan 
to‘ldirib, Germaniyada chop etiladigan mashhur ilmiy jurnallardan biriga nashrga 
beradi. Eynshteynning to‘ldirishlari va izohlari bilan yanada mukammallashgan maqola 
«Boze-Eynshteyn statistikasi» deb nomlangan edi va uni «

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə