Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

tuzishning xususiyatlari. 
Tuprog‘i eroziyaga uchragan (xavfli) mintaqalarda xo‘jalikda ichki yer tuzishni 
o‘tkazish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyat asosan xo‘jalikda ichki yer tuzish 
loyihasida tuproqni eroziyadan saqlashda qo‘llanadigan tadbirlar majmuini ishlab 
chiqish lozimligi bilan aniqlanadi. Demak xo‘jalikda ichki yer tuzishni o‘tkazish 
jarayonida faqatgina tuproqni eroziyadan saqlashga qaratilgan hududni tashkil etish 
loyihasini ishlab chiqibgina qolmay balki uning tarkibida agrotexnik, meliorativ 
o‘rmon va gidrotexnik tadbirlar ham ishlab chiqiladi. Eroziyaning oldini olish uchun 
qo‘llaniladigan tadbirlarni ishlab chiqish xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihasini bajarish 
bilan bir vaqt ichida amalga oshiriladi. Ayrim vaqtlarda oldingi ishlangan 
loyihalarning mazmunini to‘ldirish uchun qo‘shimcha eroziyaga qarshi tadbirlar ishlab 


60 
chiqiladi. Yangi loyihani ishlash yoki oldingi loyiha mazmunini to‘ldirish 
jarayonlaridan qat’iy nazar, eroziyaga qarshi qo‘llanadigan tadbirlar majmuini ishlab 
chiqish bu sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning yangi natijalari asosida 
amalga oshirilishi kerak. 
Eroziyaga uchragan va eroziya xavfi bor yerlarda joylashgan xo‘jaliklar 
hududlarini tashkil etish (hududni eroziyaga qarshi tashkil etish) o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Ular eroziyaning to‘xtalishini ta’minlash, buzilgan yerlarning 
unumdorligini tiklash va ularning kenglik tavsiflarini yaxshilash zarurati bilan 
bog‘liqdir. 
Hududni eroziyaga qarshi tashkil etishning asoslari eroziyaga qarshi tadbirlarni 
bashoratlash, mos rejalash oldi va loyiha oldi yechimlari bosqichlaridayoq yaratiladi, 
ularga yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar ishlab chiqarishini joylashtirishda va 
rivojlantirishda majburiy tarzda rioya qilish kerak. Bu maqsadlar uchun rejalashtirilgan 
resurslar (davlat byudjeti va hususiy shaxslar mablag‘larini ham qo‘shib) yer egalari va 
yerdan foydalanuvchilarning ishlab chiqarish rejalarida hisobga olinishi kerak. 
Hududni eroziyaga qarshi tashkil etishning maqjud tizimi eroziya xavfi bor va 
eroziyaga uchragan yerlardan foydalanishni bashoratlash, rejalash va loyihalashni o‘z 
ichiga oladi, yaqin yillardagi eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha 
tashkiliy – xo‘jalik, texnik ishlarni hamda yerlarni eroziyadan himoyalash bo‘yicha 
strategik maqsadlarni va ularga erishish yo‘llarini aniqlaydi. Uning ob’ektlari 
quyidagilar bo‘ladi: butun mamlakat, respublika, viloyatlar va mintaqalar, 
mamlakatimiz yer fondi toifalari, qishloq xo‘jalik korxonalari yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlarni, yer turlari, almashlab ekishlar, almashlab ekish dalalari, ishchi 
(sug‘orish) uchastkalari. Qabul qilingan yechimlar o‘zaro chambarchas bog‘langan 
qator loyiha oldi va loyiha hujjatlari shaklida rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə