Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

 
6.
 
Tuproqni eroziyadan saqlash tadbirlaridagi iqtisodiy foydalilik. 
Eroziyani 
oldini olishda foydalaniladigan tadbirlarga kerakli yerlarni kam ajratish, kam harajatlar 
qilish va o‘z navbatida yuqori samaraga erishishni ta’minlash qizil chiziqday o‘tishi 
lozim.
 
7.
 
Tuproqni eroziyadan saqlash tadbirlar majmuini loyihalashda ekologik 
muvozanatning saqlanishini ta’minlash kerak. 
8.
 
Tuproqni eroziyadan saqlashda foydalaniladigan tadbirlar majmuining 
hosildorlikni oshirish tadbirlari bilan bog‘liqligini ta’minlash. 
Yuvilgan yoki 
yemirilgan tuproqlar unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar bir vaqtda 
eroziyaning oldini olishga yordam bera olishi lozim.
 
Tuproqni eroziyadan saqlash tadbirlarining o‘zaro bog‘liqligi ularni eroziya xavfi 
bo‘lgan barcha toifadagi yerlarda qo‘llash uchun loyihalashni nazarda tutadi. 
Eroziyadan saqlash tadbirlarining mintaqaviyligi eroziyaga uchragan (xavfli) 
hududlarning tabiiy va iqtisodiy sharoitini to‘liq hisobga olishni o‘z ichiga oladi. 
Eroziyadan saqlash uchun qo‘llanadigan tadbirlarining majmuiyligi deganda eroziyaga 
qarshi tadbirlar guruhi (majmui) ni bir vaqtda qo‘llash tushuniladi. Eroziya 
jarayonining o‘tishiga qarab unga qarshi qo‘llaniladigan har - bir tadbir guruhining 
salmog‘i har xil bo‘lishi mumkin. Lekin, har qanday holatlarda ham tuproqni 
eroziyadan saqlaydigan agrotexnik tadbirlar keng qo‘llanishi kerak, chunki ular 
anchagina sodda va samarali hisoblanadi. 
 
Eroziyadan saqlash tadbirlarining iqtisodiyligi eroziyaga qarshi qo‘llanadigan 
tadbirlar (ishlar) ni amalga oshirishda kam mablag‘ va mehnat resurslarini sarflash 
bilan yuqori darajada samaraga erishishni nazarda tutadi. 
3.10. Tuprog‘i eroziyaga xavfli mintaqalarda xo‘jalikda ichki yer 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə