Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

 
 



I-BOB. LANDSHAFTLAR, ULARNING
TURLARI VA XUSUSIYATLARI. 
1.1.
 
Landshaftlar to‘g‘risida tushunchalar 
Tabiiy landshaft – bu ma’lum bir joy iqlimi, relyefi, o‘simliklari va tuproq 
qatlami xarakterlarini yagona garmonik yaxlitligi sifatida, yerning ma’lum 
mintaqalarida takrorlanuvchan birlashuvidir. Bunday birlashuvning qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fan – bu landshaftshunoslikdir. U yerning landshaftli qobig‘i hamda uning 
tabiiy elementlari(tabiiy-hududiy va tabiiy-antropogen majmualar) to‘g‘risidagi fandir. 
“Landshaftli qobiq” tushunchasi bilan bir qatorda klassik landshaftshunoslikda 
tabiiy-hududiy majmua(THM) va landshaft tushunchalari ham asosiy o‘rinni 
egalladilar. 
THM o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan tabiiy komponentlar(miyogen asoslar, havo 
iqlimi, suv, tuproq, o‘simlik dunyosi va hayvonot dunyosi) ning turli darajalaridagi 
hududiy birikmalar shaklidagi jamlanmasi sifatida aniqlanadi. 
Bugungi kunga qadar “landshaft” tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Asosiysi, 
turlicha qoidalarni o‘ziga jamlagan holda landshaftni tabiat bilan uyg‘unligi, bir 
butunligi, shuningdek landshaftni yerning landshaftli qobig‘ini tarkibiy elementi 
sifatida tushunishdir. 
Landshaftlar kenglikda yoki ma’lum bir makonda qonuniy tarzda birlashgani 
holda fizik-geografik proinsiyalar va mamlakatlar, landshaftli viloyatlar kabi yirik 
fizik-geografik tizimlarni vujudga keltiradilar. O‘z navbatida landshaftlarning o‘zi bir 
necha mayda tarkibiy elementlardan – lokal o‘lchamli THM lardan tashkil topgan. 
Tabiiy hududiy majmualar(geotizimlar)ning asosiy tarkibiy qismlari – bu modda 
almashinuvi, energiyalar, axborotlarning o‘zaro bog‘liq jarayonlari sifatidagi tabiiy 
komponentlardir. 
Bugungi kunda ularni uchta kichik tizimlargaguruhlash qabul qilingan: 
-
geoma – noorganik tabiiy komponentlar: litogen asoslar(er qobig‘ining ustki 
qismi va yer sirtining relyefi), yer atrofidagi havo massasi, tabiiy suvlar; 
-
biota – o‘simlik va hayvonot dunyosi; 
-
tuproq-oraliq yoki biokosli(organomineral) kichik tizim. 
Har bir komponent o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Odatda moddiy, energetik
axborotli alohida-alohida ajratiladi. 
Geografik qobiqni tashkil etuvchi va uning rivojlanishini ta’minlovchi 
geosferalarning o‘zaro tasiri va aloqadorligi asosida uning komponentlari va qismlari 
orasida ro‘y beradigan modda va energiya almashinishi yotadi. Bu almashinish 
moddaning aylanishi (masalan: suvning aylanishi, kimyoviy unsurlarning aylanishi, 
biologik aylanish kabilar) shaklida bo‘ladi.



Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir butunligi va 
yaxlit tabiiy geografik komples ekanligidir. Lekin uning bir butunlngi, uning turli 
qismlarida turlicha tabiiy geografik sharoit mavjudligini inkor etmaydi. Boshqacharoq 
qilib aytganda, geografik qobiqning o‘zi yaxlit tabiiy-geografik komples bo‘lishi bilan 
bir vaqtda u turli-tuman katta-kichik tabiiy geografik komplekslarga tabaqalangandir. 
Bu tabiiy-geografik komplekslar katta-kichikligiga qarab turli ko‘lamni egallaydi. 
Masalan, ularning eng kattasi geografik qobiq bo‘lsa, undan kichikrog‘i materiklar va 
okeanlar, yanada kichikrog‘i tabiiy-geografik o‘lkalar va h. k.
Biz yuqorida sanab o‘tgan tabiiy geografik komplekslarning har biri, shu 
jumladan landshaft ham geotizimdir. Landshaft geotizimlar orasida o‘ziga xos 
ko‘lamga ega bo‘lib, ma’lum bir tabiiy geografik rayonni hosil qiluvchi qismdir. Ayni 
vaqtida o‘zidan kichik geotizimlarning murakkab va dinamik majmuidan iborat 
hosiladir.
Geotizimlar, jumladan landshaftlar ham insonning yashash muhiti hisoblanadi. 
Ular inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo, suv, tuproq unumdorligi, biomassa kabi 
ko‘plab o‘zini - o‘zi qayta tiklab turadigan tabiiy boyliklar manbai hamdir. Bunday 
boyliklarni qayta tiklab o‘zini-o‘zi to‘ldirib turishi uchun geotizimlardagi modda va 
energiya almashinishi tabiatdan qanday yaratilgan bo‘lsa, o‘shanday saqlanishi lozim 
bo‘ladi. Ammo inson o‘zi yashashi uchun qulayroq, yaxshiroq sharoit yaratishga, 
tabiiy landshaftlarga nisbatan maxsuldorroq bo‘lgan madaniy landshaftlarni yaratishga 
harakat qiladi.
Kishilik jamiyati rivojlanib borgani sari uning tabiatga ta’siri tabiiy boyliklardan 
foydalanish me’yor va tabiiy sharoitini o‘zgartirish imkoniyati ortib borishi shak-
shubxasiz. Buning oqibatida tabiatning inson hayotiga va uning xo‘jalikdagi 
faoliyatiga tashqaridan teskari ta’siri ham namoyon bo‘la boshlaydi. Jamiyat bilan 
tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda yuzaga keladigan nomutanosiblik ayrim 
joylarda salbiy oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. Natijada bu mavjud tabiiy resurslardan 
to‘g‘ri foydalanish, ularni zaharlanish va ifloslanishini oldini olish, inson yashab 
turgan muhitni har tomonlama yaxshilash yoki samaradorlashtirish masalasi yuzaga 
keldi. Bu masala ko‘p tomonlama o‘rganilishn dolzarb bo‘lgan, murakkab, juda ham 
serqirra, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ilmiy masaladir. Bu 
masalani ijobiy hal qilish, qay jihatdan bo‘lmasin, u mustahkam ilmiy asosga ega 
bo‘lishi kerak. Ana shu ilmiy asosni ishlab chiqishda ko‘plab turli-tuman fanlar, 
jumladan landshaftshunoslik ham alohida ahamiyatga egadir.
Landshaftlarni tadqiq qilish albatta dala ishlarini o‘tkazishni talab qiladi. U yoki 
bu hududda mavjud bo‘lgan geotizimlarni aniqlashda qo‘llaniladigan tabiiy geografik 
izlanishlarning birdan-bir yuli ham landshaft tadqiqotlaridir. Bunday izlanishlar 
natijasida yaratiladigan landshaft kartalari esa keyinchalik turli-tuman maxsus amaliy 



kartalarni ishlashga, yer tuzishda, tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan oqilona 
foylalanishning chora-tadbirlarini ishlab chiqishda aniq va ishonchli ilmiy asos bo‘lib 
xizmat qiladi.
Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur malumotlarning yana biri bu umumilmiy 
landshaft xaritasida aks ettirilgan har bir landshaft majmuani har tomonlama yoritib 
bora oladigan ta’rifdir. Masalan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida bir turdagi 
ma’lumotlar kerak bo‘lsa, shaharsozlik nuqtai-nazaridan esa boshqa turdagi 
ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Bunday ma’lumotlarnn to‘g‘ri va oqilona ajratib ola bilish 
ishning natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Boshqacharoq qilib aytganda, 
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ham shaharsozlik yoki boshqa maqsadlarda ham 
joyning iqlimi, tog‘ jinslari, relyefi, tuprog‘i, suv rejimi kabilarni hisobga olish kerak 
bo‘ladi. Ammo qishloq xo‘jaligi maqsadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim 
xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tahlil qilinsa, shaharsozlik bilan 
shug‘ullanuvchi muhandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks ettiruvchi 
ko‘rsatkichlar ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarga taaluqli ma’lumotlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida 
landshaftlarning ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda guruhlarga birlashtirish, ya’ni 
landshaft turlarini aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Ularni xalq xo‘jaligining u yoki bu 
tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda inson tomonidan amalga 
oshiriladigan tadbir (inshoot kurilish, melioratsiya, agrotexnika va hokazo)larga 
qanday ta’sir ko‘rsatishiga qarab ayrim guruhlarga birlashtirish landshaftlarni amaliy 
jihatidan baholashni osonlashtiradi.
Xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlaridagi 
tavsifnomalarni ishlab chiqishda, albatta landshaftlarning tabiiy rivojlanishi davomida 
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar va insonning xo‘jalik faoliyati natijasida yuz 
beradigan o‘zgarishlar inobatga olinishi kerak. Bunday o‘zgarishlarnnng bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligini oldindan ko‘ra bilish (prognozlash) amaliy landshaftshunoslikning 
muhim masalalaridan biridir.
Landshaftlarni iqtisodiyotning yoki bu tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlarida 
baholash amaliy lanlshaftshunoslikning yo‘nalishidir. Shuning uchun landshaftlarni
baholash muammosi amaliy landshaftshunoslikning shu kundagi asosiy 
muammolaridan biri hisoblanadi.
Landshaftlarni u yoki bu maqsad uchun baholashning asosiy mazmuni kishilik 
jamiyatining u yoki bu talablaridan kelib chiqqan holda landshaftlarning yaroqliligini, 
qulay yoki noqulayligini aniqlab berishdan iboratdir. Shu jihatdan tabiiy majmualarni 
baholashning uch jixati aniq bo‘lishi kerak.
Birinchidan, baholashning ob’ekti aniq bo‘lishi kerak. Bunda tabiiy 
komponentlardan biri masalan, iqlim, relyef, tuproq yoki o‘simlik baholash ob’ekti 



bo‘lishi mumkin. Ammo bunday baholash bir tomonlama bo‘lib, joy tabiiy 
sharoitining har tomonlama bahosini berishi mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun 
baholashning ob’ekti sifatida geotizim olingani ma’quldir. Mavjud baholash 
tajribalarinig natijasi ham landshaftlarni ob’ekt sifatida qarashni maqsadga muvofiq 
bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ikkinchi, baholashning sub’ekti ham bo‘lishi kerak. Ya’ni, tabiiy majmualar yoki 
landshaftlarni baholayotganda nima uchun, kim uchun baholanayotganligi ham aniq 
bo‘lishi kerak. Sub’ekt sifatida qishloq xo‘jaligi yoki uning biron bir tarmog‘i, 
shaharsozlik yoki biron bir sanoat qurilishi, yo‘l qurilishi kabilar olinishi mumkin.
Uchinchi, ob’ekt va sub’ektdan tashqari baholanayotgan vaqtdagi iqtisodiy 
geografik, sotsial, tabiiy geografik, ilmiy-texnik sharoitlar kabilar ham hisobga olinishi 
kerak. Sharoit makon va zamonda o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun baholashning 
natijalari ham mos holda o‘zgartirib turishga to‘g‘ri keladi. Boshqacharoq qilib 
aytganda, tabiiy majmualarni u yoki bu maqsadda baholash natijalari makonda ham, 
zamonda ham nisbiydir.
Landshaftlarni baholash natijalari to‘g‘ri bo‘lishi uchun baholashning asosiy 
maqsadi aniq belgilab olingan bo‘lishi kerak. Landshaftlarni baholashning eng asosiy 
maqsadi, ularni o‘zlashtirish navbatlarini ulardan foydalanishning qulay va yaxshi 
variantlarini aniqlab berishdan iborat. Bunday maqsadda olib borilgan baholash ishlari 
ishlab chiqarish uchun bajarilgan baholash deyiladi.
Baholash ishlaridagi yana bir yo‘nalish ekologik baholash yo‘nalishidir. Unda 
sub’ekt sifatida inson, aholi xizmat qiladi. Bunday baholashdan asosiy maqsad - 
kishilarning ishlash sharoitini, dam olishini to‘g‘ri va oqilona tashkil qilish, ularning 
salomatligini muhofaza qilish uchun ilmiy asos yaratishdan iborat. Landshaftlarni 
estetik jihatdan rekreatsiya maqsadlarida baholash ishlari ham shular jumlasiga kiradi.
Tabiiy sharoitni, jumladan, landshaftlarni iqtisodiy baholash o‘ziga xos 
yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada ancha ishlar qilinganligini nashr qilingan ilmiy 
adabiyotlardan ham bilish mumkin. Ammo tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashning 
nazariy asoslari ko‘p hollarda tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashda iqtisodchilar 
tomonidan bir yoqlamalikka moyil bo‘lish va tabiiy geografik asosini ko‘pam hisobga 
ola bilmaslik hollari mavjud ekan. Shuning uchun hududlarni har tomonlama 
landshaftlar doirasida baholash maqsadga muvofiqdir.
Baholanishi lozim bo‘lgan tabiiy sharoit yoki tabiiy muhit faqat turli xil tabiiy 
element qismlarining tasodifiy yig‘indisi bo‘lmay, balki yaxlit qismlarining o‘zaro 
ta’siri va aloqasida bo‘lgan tizim hamdir. Ana shu yaxlitlik yoki bir butunlik 
landshaftlarda aniq aks etadi.
Tabiiy sharoitni qishloq xo‘jaligi uchun baholash dastavval landshaftlarning 
qishloq xo‘jaligida foydalanilishini cheklashi mumkin bo‘lgan xususiyatlarni aniqlab 



olishdan boshlanishi kerak. Landshaftlarning bunday xususiyatlari ularning relyef
tuproqlar, yer osti suvlarining holati kabilar bilan bog‘liqdir. Landshaftlarni baholash 
sug‘oriladigan dexqonchilik uchun ham lalmi dexqonchilik uchun ham qishloq xo‘jalik 
nuqtai nazaridan eng muhim hisoblangan 3 ta komponent: iqlim, tuproq, relief
bo‘yicha bajarilgani maqsadga muvofiq.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi va rivojlanishiga iqlim tuproq relyefning 
turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olsak, ularni baholash usullari ham 
turlicha bo‘ladi.
Landshaftlardan qishloq xo‘jaligida foydalanishda, ularning relyef tuzilishi ham 
katta ahamiyatga ega. Relyefning baholash asosida esa yer landshaftlarning umumiy 
bahosini chiqarmay komponentlar bahosi asosida landshaft haqida to‘la tasavvurga 
kelish qiyin.
Baholash ob’ekti sifatida turli xil geotizimlar u yoki bu komponent, birorta tabiiy 
resurs, masalan foydali qazilmalar, o‘simlik boyliklari, yer boyliklari, suv va hokazo 
ishtirok etsa, baholash sub’ekti sifatida esa jamiyat xalq xo‘jaligining birorta tarmog‘i, 
u yoki bu sanoat korxonasi, turli xil qurilish inshooti va boshqalar xizmat qilishi 
mumkin. Har qanday baholash natijalari nisbiy va tarixiydir.
Chunki, vaqt o‘tishi ijtimoiy iqtisodiy sharoitining rivojlanish natijasida 
sub’ektning ob’ektga bo‘lgan munosabat va talablari kuchayishi mumkin. Undan 
tashqari, har qanday baholash ishlarini amaliy landshaftshunoslikning vazifasi deb 
qarash har doim to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Masalan, bir irrigatsiya kanalini paxta 
yetishtirish nuqtai nazaridan baholash tor ma’nodagi maxsus baholashga kiradi.
Baholashdagi ikkinchi yo‘nalish ijtimoiy ekologik baholash deb ataladi. Unda 
landshaftlar inson hayotining turli jabhalari nuqtai nazaridan baholanadi. 
Landshaftlarni u yoki bu maqsad uchun baholar ekanmiz, sub’ekt ta’sirida keyinchalik 
qanday o‘zgarishlarga moyil bo‘lishi va ular qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini oldindan ko‘ra bilishimiz kerak. Inson faoliyati ta’sirida (qishloq 
xo‘jaligidami, shaharsozlikdami yoki biror inshoot qurilishimi) landshaftlarni 
o‘zgarishi va bu o‘zgarishning oqibatlarini oldindan aytib berish, ya’ni bashoratlash 
lozimdir.
Landshaftdagi har bir komponent uzluksiz rivojlanishda va o‘zgarishdadir, agar 
ulardan birining xususiyati (masalan, iqlim) o‘zgarib, yangi sifatga ega bo‘lsa, qolgan 
komponentlar yoki ularning xususiyati (masalan, tuproq) unga moslashib olishga 
harakat qiladi. Bunday jarayon turli komponentlarda turlicha jadallik bilan va ba’zan 
ancha vaqtni o‘z ichiga oladi. Ammo birinchi bo‘lib o‘zgargan komponent bu vaqt esa 
yana rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Qolgan komponentlar yana unga 
moslashishga harakat qilaveradi. Demak, landshaftdagi ichki muvozanat vaqtincha va 
nisbiy bo‘lishi mumkin. Landshaftning komponentlari ichida eng faol hisoblanadigan 


10 
biota (o‘simlik va hayvonotdir). U doimo biotik bo‘lmagan komponentlar bilan 
qarama-qarshilikdagi va atrof muhitga moslashishga harakat qiladi. Natijada bir butun 
landshaftni qayta sozlaga olib keladi. Harakat bilan muvozanat uzluksiz o‘zgaruvchan 
aloqadadir. Landshaftdagi muvozanat landshaftdagi harakat bilan harakatsizlik 
orasidagi muvozanat sharoitdagina saqlanishi mumkin. Lekin bundan muvozanat 
nisbiy va vaqtinchalikdir.
Landshaftning ichidagi komponentlarning o‘zaro ta’siri va qaramaqarshiliklari 
landshaftning sust, bir maromda va keskin o‘zgarishlarsiz rivojlanishiga sabab bo‘lsa, 
tashqaridan bo‘ladigan ta’sir va aloqadorliklar, bu jarayonni tezlashtirishi yoki keskin 
o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Landshaftning rivojlanishi, uning ichki tuzilishiga xos bo‘lgan belgilarni yangi 
tarkib belgilari tomonidan siqib chiqarish demakdir. Bu jarayon landshaftda sifat 
o‘zgarishlarini hosil qilib, yangi landshaftni barpo bo‘lishiga olib keladi. Ammo bir 
landshaftning o‘zida bir vaqtda hozirgi kunga xos belgilar bilan yonma-yon uzoq 
o‘tmishda shakllangan belgilar ham uchrashi mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda 
landshaftda uchraydigan ayrim hodisa va jarayonlarni bilan landshaftning tarixini, 
yoshini bilish zarur bo‘ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə