Landshaftli yer tuzish


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
 
Ye
r tuzish nima, uning mazmuni, mohiyati va landshaftlarni tashkil etishdagi roli 
nimalardan iborat?
 
2.
 
Agrolandshaftlar nima va ularni tashkil etish tartibi nimalardan iborat?
 
3.
 
Ye
r tuzishda joyning landshaftliligi qay tarzda hisobga olinishi maqsadga muvofiq?
 
4.
 
Joylardagi relyefning ko‘rinishlari yer tuzish loyihalarini ishlashda qanday tarzda 
e’tiborga olinadi?
 
5.
 
Murakkab relyefli xududlarni tashkil etishda yer tuzishning o‘rni qanday?
 
6.
 
Landshaftlarni rejalashtirishda joyning ishchi uchastkalarini joylashtirish bilan 
bog‘liq talablar hisobga olinadi?
 
7.
 
Xududlarni ekologik jihatdan tashkil etish qanday tamoyillarga asoslanadi?
 
8.
 
Ye
r tuzishning konstruktiv elementlariga nimalar kiradi?
 
9.
 
O‘rmon polosalari landshaftlarni rejalashtirishda qanday o‘rin tutadi?
 
 


20 
III-BOB. TUPROQ EROZIYASI. EROZIYA TURLARI VA ULARNING 
IQTISODIY MOHIYATI, EROZIYAGA QARSHI TADBIRLAR VA 
ULARNING SAMARADORLIGI 
 
3.1. Eroziya turlari va ularning mohiyati. 
Eroziya – suv va shamol oqimlari harakati ta’sirida tuproq va uning ostki 
qatlamlarining yemirilishi, yemirilish mahsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga olib 
borish, ko‘chirish va qoldirish jarayonlarining yig‘indisi sifatida tushuniladi. 
Tuproq eroziyasining vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omillarga qarab uni ikki 
turga ajratishadi: suv va shamol eroziyasi. Eroziya jarayonlarini vujudga kelish va 
rivojlanish intensivligiga qarab, uni ikki xilga ajratiladi, ya’ni normal va tezlashgan 
shakllari. Odatda normal eroziya jarayonlari barcha joylarda kuzatiladi. Ularning 
intensivligi insonlarning xo‘jalik faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Eroziyaning bu 
shakli tuproq qatlamiga unchalik katta ta’sir ko‘rsatmagan holda doimiy tarzda yuz 
beradi hamda u halokatli oqibatlarga olib kelmaydi. Tezlashgan eroziya jarayonlari 
esa tuproqlarning eng qimmatli qatlamini yuvib ketishi yoki uchirib ketishi bilan 
normal eroziya jarayonlaridan tubdan farq qiladi. Ular insonlar faoliyati natijasida 
yuzaga keladi yoki kuchayib ketadi. Aynan eroziya jarayonlarini tezlatishga imkon 
beruvchi asosiy omillariga mos ravishda eroziyaning ikkita turi, shamol va suv 
eroziyalari ajratiladi. 
Shamol ta’sirida yer sirti bo‘yicha tuproq zarrachalari va uning ostki qatlamlarini 
intensiv ravishda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishiga shamol eroziyasi deyiladi. 
Qiyalik sirt bo‘yicha suv yordamida tuproq qatlamini yemirilish jarayoni suv eroziyasi 
deyiladi. Suv eroziyasi o‘z navbatida maydon va chiziqli turlarga bo‘linadi. 
Sug‘oriladjigan dehqonchilik mintaqalarida tuproq eroziyasining o‘ziga xos turi – 
sug‘orish eroziyasi vujudga keladi. 
Suv eroziyasi yomg’ir va erigan qor suvlarining yuqoridan pastga oqib tushishi 
natijasida paydo bo‘ladi, shamol eroziyasi esa shamol kuchi(havo oqomining kuchi) 
ta’sirida paydo bo‘ladi. Suv va shamol eroziyasining bir-biridan farqlovchi 
xususiyatlari quyidagicha: 
-
Suv eroziyasi yuz berishi uchun suv oqimi va relyefning elementi 
qiyalik(nishablik) zarur bo‘ladi. Qiyalik burchagi 0,5° bo‘lgan joyda sezilarli darajada 
tuproqning yuvilishi boshlanadi. Shamol eroziyasi bo‘lishi uchun joyning relyefi rol 
o‘ynamaydi, tekis joyda ham shamol tuproq zarrachalarini uchirib ketishi mumkin; 
-
Suv eroziyasi jarayonida suv oqimi ta’sirida faqat mayda zarrachalar emas, balki 
yirik (d=1m) harsang toshlar ham oqadi. Shamol oqimi esa d=3mm.gacha bщlgan 
zarrachalarnigina uchirib ketadi; 


21 
-
Suv eroziyasi jarayonida suv oqimini zarrachalarni faqat oqizibgina qolmay 
ularni parchalab yuboradi, tuproq zarrachalari tarkibidagi ozuqalarni eritib yuboradi, 
ya’ni bu yerda kimyoviy jarayon vujudga keladi. Shamol oqimi ta’sirida esa uchirilgan 
zarrachalar biror joyga borib tushish vaqtida u yerdagi zarrachalarga uriladi va ularni 
parchalab yuboradi, lekin tarkibidagi ozuqalar saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda fizik 
jarayon vujudga keladi. 
Kuchli shamol oqimlari katta miqdordagi qumlarni tekislangan dalalarga olib 
kelganlari holda, ya’ni yerlarni o‘zlashtirishga katta to‘sqinlik qiladilar, ikkinchi 
tomondan, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorliklariga katta zarar yetkazadilar. 
Shamollar, tuproqning ustki qismini quritgani holda qishloq xo‘jalik ekinlarini bir xil 
unub chiqishini qiyinlashtiradi. Ular yerning ustki qismini quritadilar, yosh nihollarni 
va urug‘larni uchirib yuboradilar, kattalashgan ekinlarning vegetativ organlariga zarar 
yetkazadilar. Kuchli shamollar ayniqsa Markaziy va G‘arbiy Farg‘onaga, 
Mirzacho‘lning janubiy-sharq qismiga, Surxon-Sherobod vodiysiga, Qarshi cho‘llariga 
va Buxoro o‘lkasiga xosdir, aynan ushbu hududlarda yilning aksariyat vaqtlarida 
kuchli shamollar esishi kuzatiladi. 
Buxoro, 
Xorazm 
viloyatlari, 
Qoraqolpog‘iston Respublikasining cho‘l 
mintaqalarida shamol eroziyasi ushbu viloyatlarning xo‘jaliklariga katta zarar keltiradi. 
Shamol eroziyasi, eng avvalo, qumli va qumoqli, shuningdek yengil qumoqli 
tuproqlarda yuz beradi. 
Shamol eroziyasiga ko‘pincha defelyasi jaryoni deyiladi. Odatda, shamol 
eroziyasi natijasida uni yemirili va ko‘chishi shamol tezligini ma’lum bir kritik 
miqdordan oshganida boshlanadi va bunda shamol tuproqningt alohida zarralarini 
yumalab ketadi yoki osmonga uchuradi. Shamol eroziyasini vujudga kelish shakllari
va intensivligi, ayniqsa Xorazm viloyatida kundalik yoki mahalliy eroziya hamda 
shamol to‘zonlari turlari ko‘rinishini olgan. Viloyat sharoitida yozgi paytlardagi keskin 
yuqori harorat va juda past darajadagi nisbiy namlik o‘simliklarga kuchli 
shamollarning salbiy ta’sirini kuchaytiradi. 
Mahalliy eroziya shamolning tezligi 15 m/sek. dan past bo‘lganda yuzaga keladi, 
u asta-sekin bilan yuz beradi, ammo u ham katta zarar keltiradi, tuproqni asta-sekinlik 
bilan va doimiy yemirib boradi, o‘simliklarni o‘sishiga salbiy ta’sir, ko‘rsatadi. 
Chang to‘zonlari shamolning eng faol va zarar keltiradigan turi bo‘lib, uning 
ta’sirida tuproqlar kuchli darajada yemiriladi va qishloq xo‘jalik ekinlari o‘lib qoladi. 
Ular asosan shamol tezligi 15 m/sek dan ortiq bo‘lganda vujudga keladi. Bunda 
tuproqning mayda zarrachalari havo oqimi yordamida yuqoriga ko‘tariladi, ancha 
yiriklari esa tuproqning ustki qismi bo‘ylab dumulanadi. Buning natijasida natijasida 
suv havzalari ko‘milib qoladi, sug‘orish tarmoqlari, yo‘llar tuproqlar bilan to‘ladi, 
qurilishlar va daraxtlarda tuproq qatlami paydo bo‘ladi. 


22 
Suv av shamol o‘zlarining tuproqqa nisbatan yemirish ta’siri va tabiati bo‘yicha 
har xil, lekin ularning ta’sir natijasida umumiylik mavjud. Ular tuproqda chirindi va 
o‘simliklar uchun kerakli ozuqa moddalarini kamaytiradi va oxir oqibat tuproq 
unumdorligini keskin pasaytiradi. 
Tezlashgan eroziya, yuqorida e’tibor etilganidek, ikki xil ko‘rinishda uchrashi 
mumkin: yuza bo‘ylab va chiziqli (vertikal). 
Yuza bo‘ylab eroziya – bu tuproqning qismidagi zarrachalarni bir tekisda yuvilib 
ketishi bilan izohlanadi. Bu eroziya, odatda, keng maydon bo‘yla o‘tadi. Suv oqimi 
qiyalikdan yoyilib o‘tmaydi, shildiratib(struyka) va ariqchali (rucheyka) 
ko‘rinishlarida tuproq yuzasini mayda chiziqlar qilib qo‘yadi. Yuza bo‘ylab eroziyada 
tuproqning yuzasi yemirilishining boshlanishida sezilmaydi, ko‘z ilg‘amaydi (ko‘zga 
ko‘rinmaydi), chunki paydo bo‘lgan chiziqchalar tuproqqa navbatdagi ishlov berish 
ishlarini bajarishda tekislanib ketadi. Bunday jarayonlarni uzluksiz takrorlanishi 
natijasida tuproq qatlami pasayadi, tuproqdagi ozuqa moddalari kamayadi. Yuza 
bo‘ylab kechadigan eroziya asta-sekin va ko‘zga ko‘rinmas holda o‘tishiga 
qaramasdan katta miqdorlarda zara keltiradi. 
Tuproqlarni yuvilishi natijasida paydo bo‘ladigan chuqurchalarning chuqurligi 
ba’zida 40-50 sm bo‘lganda ularni tekislashning plani bo‘lmay qoladi. Natijada ularni 
yanada kattalashib ketishi va bu yerda o‘pqonlar (provalinalar), ya’ni suv o‘yib ketgan 
chuqurlar vujudga keladi. O‘pqonlarning paydo bo‘lishi chiziqli (vertikal) eroziyaning 
boshlangan davri (birinchi bosqichi) hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi eroziya o‘zanli 
(rusloli) suv yo‘lidagi chegarada juda jadallashgan ravishda o‘tadi va u faqatgina 
tuproq emas, balki tuproq osti qatlamlarini ham yemira boshlaydi. O‘pqonlarga yana 
suvning kelib tushishi bilan bu joyda jarlik hosil bo‘ladi. Aynan jarliklar chiziqli 
eroziya jarayonlarining mahsuloti, natijasi hisoblanadi va u o‘zining aniq shakllangan 
elementlariga egadir. Buni quyidagi chizmadan ham ko‘rish mumkin. 
Chiziqli eroziya natijasida jarliklarning paydo bo‘lishi oqibatida ushbu maydon 
foydalanishdan umuman chiqib ketadi. Shu sababli chiziqli eroziyani kuchayib 
ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ikkala ko‘rinishdagi eroziyadan ham zarar 
ko‘radi, lekin yuza bo‘ylab eroziyadan ko‘riladigan zara narigisidan anchagina 
ko‘proq, negaki u katta maydonda sodir bo‘ladi. Chiziqli eroziya esa uncha katta 
bo‘lmagan (10-20ga) maydonda yuz beradi. 
Shuni qayd qilish zarurki, tuproqning sug‘orish eroziyasi sug‘oriladigan 
yerlardagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga katta zarar keltiradi. U asosan sug‘orish 
dehqonchildikdagi qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositalari yer va 
sug‘orish suvidan xo‘jasizlarcha foydalanish natijasida vujudga keladi. Eroziya 
jarayonlarini rivojlanishi tuproqlar genetik profilining fizik xususiyatlarini tubdan 


23 
o‘zgaartiradi. Ularni alohida bo‘laklarini olib chiqib ketishi va sug‘orish suvi bilan 
ko‘chirilishi tuproqlarning usti gorizontidagi yupqa fraksiyalar miqdorlarini 
ko‘payishiga imkon beradi. Natijada, ko‘pincha tuproqni shamollash jarayoni 
kuchayadi, bu holat ham tuproqning kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi. 
Yuvilgan tuproqlar gumus va azot, fosfor, kaliy kabi ozuqa moddalarini yo‘qotadi. 
Tuproqlarning yuvilish darajasi oshishi bilan ulardagi gumus, azot, fosfor 
miqdorlari kamayadi. Agarda kam yuviladigan tuproqlar gorizontida gumusning 
miqdori 1,4 % ni tashkil etsa, kuchli yuvilgan tuproqlar gorizontida – 0,68 % ni tashkil 
etadi. Kuchli va o‘rtacha yuviladigan tuproqlar ustki gorizonti yalpi fosforga juda 
kambag‘al bo‘lsa va aksincha, ulardagi karbonatning miqdori ko‘payadigan bo‘lsa, bu 
holat tuproqning suv-fizik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Bunday tuproqlarda 
po‘stloqni paydo bo‘lishi oson kechadi, ularda ishlash anchagina mushkul. Yuvilish 
darajasini oshishi bilan bunday tuproqlarning mexanik tarkibi ham yengillashadi. 
Yuviladigan tuproqlarda loyqa zarrachalarining miqdori kamayadi va aksincha, yirik 
changlar miqdori oshadi. Demak, tuproqlar qanchalik eroziyalangan bo‘lsa, shunchalik 
yuvilish tez bo‘ladi. Bunda asosan tuproqlarning yengil mexanik tarkirbi va ulardagi 
gumus miqdorlarini kamaygnaligi imkoniyat yaratadi. 
Tuproqlar eroziyasi qishloq xo‘jalik ekinlarini qaytadan ekish, irrigatsiya 
tarmoqlari va inshootlarni eroziya tufayli buzilishlarini tiklasho‘ga har yili qo‘shimcha 
harajatlarni talab qiladi, uni tashqarigatashlash bilan bog‘liq sug‘orish suvini 
yo‘qotilishiga olib keladi. Shunday ekan tuproqlar eroziyasiga qarshi kurash qishloq 
xo‘jalik korxonalari, ularda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining 
asosiy vazifalaridan biridir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə