Landshaftli yer tuzish


 Yer tuzishning konstruktiv elementlari: agrolandshaft tarkibidagi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

2.3. Yer tuzishning konstruktiv elementlari: agrolandshaft tarkibidagi 
o‘rmon polosalari 
Dalalarni himoyalovchi ixota daraxtzorlari oldiniga hududning mikroiqtimini 
yaxshilash 
maqsadida 
tashkil 
etilgan. 
Umuman, 
agrolandshaftlar 
o‘rmon 
melioratsiyasining 
nazariyasi 
va 
amaliyotini 
rivojlantirishga 
V.N.Sukachev, 
S.S.Sobolev, K.Mirzajonov, Muhammadjonovlar katta hissa qo‘shganlar. 
O‘rmon polosalarining asosiy funksiyalari mikroiqlimni optimallashtirish va 
yerlarni muhofazalash – bir tomondan, bir tomondan o‘rmon polosasining kengligi, 
ikkinchi tomondan polosaga ekilgan daraxtlarning qalinligi, uchinchi tomondan esa 
polosaga ekilgan daraxtlarning navlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli ham bunday 
o‘rmon polosalarini ikki qatorli, uch qatorli, to‘rt qatorli, besh qatorli turlarga ajratish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘rmon polosalaridagi daraxtlarning 
balandligiga qarab ularni shamolni to‘sish va kuchini kamaytirish xususiyatlarini 
aniqlash mumkin. Shular bilan bir qatorda asosiy shamolga perpendikulyar tarzda 


19 
o‘rmon polosasini joylashtirganda eroziyadan muhofaza qilinadigan maydon eng katta 
biqdorga teng bo‘ladi. Shu sababli ham o‘rmon polosalarini asosiy shamolga nisbatan 
imkon boricha to‘g‘ri burchak bilan joylashtiriladi. Nihoyat, o‘rmon polosasini shamol 
tezligini pasaytirishga ta’siri ko‘p jihatdan polosaga ekilgan daraxtlar navlariga ham 
bog‘liqdir: barglari tushadigan navlardan tashkil bo‘lgan o‘rmon polosasini shamolga 
ta’siri yil davomida turlicha bo‘ladi, ya’ni barglari to‘kilgan polosalarning shamol 
esishiga qarshiligi barglar shoxlarda turgan paytga nisbatan 1,3-1,8 marta kam bo‘ladi. 
O‘rmon polosalari asosan ikki turga bo‘linadi: asosiy shamollarga perpendikulyar 
joylashtiriladigan asosiy, bo‘ylama polosalar va ko‘ndalang, ya’ni qo‘shimcha o‘rmon 
polosalari.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə