Landshaftli yer tuzish


 Tuproq eroziyasiga xavfli mintaqalar tavsifi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

3.2 Tuproq eroziyasiga xavfli mintaqalar tavsifi 
O‘zbekiston hududi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy 
omillarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bu omillar tuproqda eroziyaning barcha 
turlarini vujudga keltirish salohiyatiga ega. 
Ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda respublika bo‘yicha 25,7 mln.ga qishloq 
xo‘jalik yer turlarining 94 % dan ko‘prog‘i (24,2 mln.ga) har xil darajada suv va 
shamol eroziyasiga uchragan (1-jadval). 
Respublika hududida tuprog‘i har xil darajada suv eroziyasiga uchragan yerlar 
4mln,ga dan ortiq, yoki sug‘orilmaydigan yerlarning (lalmi va yaylovlar bilan birga) 
19 % ni tashkil etadi. Ayrim viloyatlar (Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo) da 
bu ko‘rsatkichlar 50 – 80 % gacha yetib boradi. 


24 
1-jadval 
Respublika hududida qishloq xo‘jalik yer turlarining har xil darajada eroziyaga 
uchraganligi haqida ma’lumot 
Tuprog‘i har xil 
darajada eroziyaga 
uchragan yerlar 
Jami yer 
maydoni, 
mln.ga 
Mintaqalar bo‘yicha 
Sug‘oriladigan 
Sug‘oriladigan 
(lalmi) 
Yaylovlar 
Suv eroziyasiga 
Kuchsiz 
O‘rtacha 
Kuchli 
4100 
1480 
1580 
1140 
700 
310 
210 
180 
3400 
1170 
1370 
960 
Irrigatsiya eroziyasiga 
Kuchsiz 
O‘rtacha 
Kuchli 
620 
380 
190 
50 
620 
380 
190 
50 
Shamol eroziyasiga 
Kuchsiz 
O‘rtacha 
Kuchli 
19500 
2350 
11230 
5920 
1950 
1020 
680 
250 
250 
220 
30 

17300 
1110 
10520 
5670 
Respublika bo‘yicha 
hammasi 
24220 
2570 
950 
20700 
Suv eroziyasi asosan tog‘, tog‘ oldi va adir yerlarning qiyaliklarida vujudga 
keladi. Bunday eroziya ayniqsa qiyaliklarda joylashgan lalmi yerlarga juda xavfli 
hisoblanadi. Uning xavfliligi shundan iboratki u tuproqning ustki qoplamini yuvish 
(yemirilish) bilan kerakli ozuqalarni olib ketadi. Qumoq tuproqlarda yuvilish qiyalik 
burchagi 0,5-1° bo‘lganda, qumoqlarda esa 1-2° boshlanadi. 
Eroziya jarayonining intensivligi yog‘ingarchilik suv oqimining hajmi va tez 
o‘tishi bilan bog‘liq. Suv eroziyasi natijasida vegitatsiya davrida bir gektar yerdan 40 -
80 tonnagacha tuproq zarrachalari yuvilib ketishi mumkin. 
1 – jadvalda keltirilganidek sug‘oriladigan mintaqalarda tarqalgan irrigatsiya 
eroziyasi 620 ming gektar yer yoki sug‘oriladigan maydonning taxminan 18 % ni 
tashkil etadi. Bu toifadagi eroziya sug‘orish rejimining buzilishi, normal sug‘orish 
texnikasini ta’minlanmasligi natijasida paydo bo‘ladi.
Suv (irrigatsiya) eroziyasining eng xavfli o‘tish shakllaridan biri jarliklar paydo 
bo‘lishi. Qambar yerlarda suv oqimining kuchayishi natijasida chiziqli (vertikal) 
eroziya paydo bo‘ladi, uning natijasi esa jarlikdir. 
Respublika xalq xo‘jaligiga katta xavf soladigan eroziya – bu sel oqimi. Sel oqimi 
katta yemiruvchi kuchga ega va to‘satdan (kutilmaganda) paydo bo‘lishi bilan 
tavsiflanadi. Nisbatan katta xavf soladigan sel oqimi havzalari Farg‘ona vodiysi 


25 
tog‘lari qiyaligida, bir qancha sel oqimi markaz (ochag) lari esa Samarqand, Toshkent 
va Qashqadaryo viloyatlarining tog‘li mintaqalarida joylashgan. 
Yuqorida aytilgan eroziyaning xillari ichida Respublika hududida eng ko‘p 
tarqalgani bu shamol eroziyasi. Bu eroziya hozirgi kunda 19,5 mln.ga maydonga 
tarqalgan, ya’ni qishloq xo‘jalik yer turlarining 76 % ni tashkil etadi. 
Kuchli shamol ta’siri ostidagi yerlar: g‘arbiy va markaziy Farg‘ona; 
Mirzacho‘lning janubiy sharqi (Xovos, Bekobod, Dalvarzin va boshqalar); Qarshi 
cho‘li; Buxoro va Termiz vohalari. 
Shamol tuproq zarrachalarini uchirib ketish bilan birga ekinlarga ham salbiy ta’sir 
qiladi, ayniqsa bu o‘rinda mahalliy xalq o‘rtasida “garmsel” nomi bilan tanilgan issiq 
shamol vegetatsiyaning birinchi yarmida ekinlar hosilini to‘kib yuborish o‘simliklarni 
quritish imkoniyatiga ega. 
Eroziyadan xalq xo‘jaligi ayniqsa, qishloq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi. Masalan: 
M.N.Zaslavskiyning ma’lumotiga ko‘ra kuchli yuvilgan yerlarda ekinlarning 
hosildorligi 80 – 90 % gacha kamayishi mumkin. (2-jadval).
2-jadval 
Tuproqning yuvilish darajasi bilan bog‘liq ekinlar hosildorligining pasayishi 
Tuproqning yuvilish 
darajasi 
Tarkibida chirindi miqdori, 

Ekinlarning hosildorlik ko‘rsatkichi,

Yuvilmagan
100 
100 
Kam yuvilgan 
90 – 80 
80 – 60 
O‘rtacha yuvilgan 
80 – 60 
60 – 30 
Kuchli yuvilgan 
60 – 40 
30 – 20 
Juda kuchli yuvilgan 
< 40 
< 20 
Shamol eroziyasining salbiy ta’siri ham taxminan jadvaldagi ma’lumotlarga 
to‘g‘ri keladi. Hisobga ko‘ra suv (irrigatsiya) va shamol eroziyasiga xavfli bo‘lgan 
qishloq xo‘jalik korxonalari yerida hosildorlikning pasayishi natijasida har yili yuzlab 
tonnalab o‘simlik va chorva mahsulotlarini olish imkoniyati bo‘lmaydi. Eroziya 
natijasida olinadigan hosilning miqdori faqatgina kamayib qolmasdan, uning sifati 
ham pasayadi. 
Suv eroziyasining kuchli o‘tishi, ayniqsa sel oqimi ko‘rinishidagi eroziya 
natijasida yo‘l tarmoqlari, gidrotexnik inshootlar, sanoat korxonalari ishdan chiqadi, 
vayronaga aylanadi, aholi punktlari yemiriladi. Kuchli bo‘ron ta’sirida suv va havo 
transportining harakati vaqtincha to‘xtaydi, odamlarning salomatligi xavf ostida 
bo‘ladi. Hamma xildagi eroziyaning oldini olish yoki to‘xtatish, shamolning salbiy 
harakatini yumshatish faqat tegishli tadbirlar majmuini muntazam va majburiy 
ravishda olib borgandagina ta’minlanishi mumkin. 


26 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə