Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Joyning relyefi. 
Relyef – yer qobig‘idagi har xil notekisliklar yig‘indisi, tuproqda 
eroziyaning yuzaga kelishida asosiy rol o‘ynaydigan omillardan biri.
 
Yuzada suv oqimining paydo bo‘lishi va u bilan birga tuproqda yuvilish 
(yemirilishi) jarayoni yuzaga kelishida joyning qiyaligi hal etuvchi ahamiyatga ega. 
1-rasm. 
Qiyalik quyidagi elementlar bilan tavsiflanadi: 
-
Tiklik α – gorizontal tekisli bilan unga egilgan yuza orasidagi burchak qiymati; 
-
Balandlik

- qiyalikning
 
baland nuqtasi bilan pastki nuqtasi orasidagi farq; 
-
Negiz 

– qiyalik uzunligining gorizontal tekislikdagi tasviri; 
-
Bukilish – qiyalik tikkaligining keskin o‘zgarishi – tikkalikdan nishablikka va 
aksincha. 


29 
Tuproqda eroziyaning yuzaga kelishi asosan qiyalikning tikligi, uzunligi, shakli 
va yo‘nalishlar bilan bog‘liq. Ayniqsa bu o‘rinda qiyalikning tikligi muhim rol 
o‘ynaydi. Joyning aniq holatiga ko‘ra tuproqda eroziyaning boshlanishi bo‘sag‘asi 
qiyalik tikkaligi -0,3°-0,5° dan 5°-10° gacha bo‘lishi mumkinligi aniqlangan 
(M.N.Zaslavskiy). Qiyalik tikligi gradusda, qiyalikda (
i = 
va foizda hisoblanadi. 
Qiyalik va foizdagi hisoblar ko‘proq sug‘oriladigan yerlarda qo‘llaniladi. 
Odatda qiyalikning tikligi ortib borgan sari tuproqda yuvilish xavfi kuchayadi. 
O‘zbekiston sharoitida qiyalikning tikligi 1,5 barobarga ko‘tarilganda tuproqning 
yuvilish darajasi10 va undan yuqori barobarga ortishi aniqlangan (A.A.Xonazarov). 
Adabiyotlarda yer qiyaligining tikligi bo‘yicha guruhlarga ajratishda har xil 
tavsiyalar mavjud. Masalan, O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari uchun qabul 
qilingan turkum quyidagicha.
*
0° - 2°; 2° - 5°; 5° - 12°; 15° - 18°; 18° < . Qilingan 
tavsiyalar ichida M.N.Zaslavskiy tomonidan mukammal ishlab chiqilgan va amalda 
qo‘llash uchun tavsiyalangan qiyaliklar tikligining turkumi e’tiborga ega (3-jadval). 
3-jadval 
Qiyalikni tikligi bo‘yicha turkumlanishi
*

Tikligi bo‘yicha 
qiyalikning nomi 
Qiyalikning tikligi 
Qiyalik 
gradusda 


Kuchsiz nishablik 
>1-3 
1,8> 
1,8-5,2 
0,018> 
0.018-0,052 

O‘rtacha nishablik 
4-5 
7,0-8,8 
0,070-0,088 

Kuchsiz qiyalik 
6-7 
10,5-12,3 
0,105-0,123 

Qiyalik 
8-10 
14,0-17,6 
0,140-0,176 

Kuchli qiyalik 
11-12 
13-15 
19,4-21,3 
23,1-26,8 
0,194-0,213 
0,231-0,268 

Tiklik 
16-18 
19-20 
28,7-32,5 
34,4-36,4 
0,287-0,325 
0,344-0,364 

Kuchli tiklik 
20-40 
36,4-83,9 
0,364-0,839 

Tik kesib tushgan 
40< 
83,9< 
0,839< 
Xo‘jalik yerida qiyalik tikligining o‘rtacha og‘irlik qiymati quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 
(2) 
Bunda: 
- qiyalik tikligining o‘rtacha og‘irlik qiymati, gradusda; 
- konturlar bo‘yicha qiyaliklar tikligi, gradusda; 
- konturlar maydoni, %. 


30 
Tuproqda eroziyaning bo‘lishida qiyalikning uzunligi ham katta rol o‘ynaydi, 
chunki oqayotgan suv massasining ko‘payishi va uning tushish balandligi kattalanishi 
natijasida oqim tezligi va energiyasi kuchayadi. Bu yerda tuproqning yuvilishi 
qiyalikning tikligi bilan uzunligi bir vaqtda ta’sir qilganda keskin kuchayadi. 
Qiyalikda tuproqning yuvilishini eroziya jarayonining o‘tishi bir qator omillar 
ta’sirida har xil darajada bo‘ladi. Ta’sir qiladigan omillar: tuproqning suv singdirish 
qobiliyati; yog‘ingarchilikning intensiv o‘tishi; o‘simlik qoplamining qalinligi. 
Masalan, qiyalikning tikkaligi butun uzunasi bo‘ylab o‘zgarmasa, yog‘inning 
intensivligi va tuproqning cuv singdirishi bir me’yorda davom etsa 500 metrli 
qiyalikning pastki qismida suvning to‘planishi boshlanish qismiga nisbatan taxminan 
besh barobarga ko‘payadi. (6-rasm) 
2-rasm. 
Qiyalik uzunligi bo‘yicha ham turkumlanadi: kalta – 100 m.>, o‘rta – 100 -200 
m, uzun – 200 – 500 m, juda uzun – 500 m<. 
Xo‘jalik hududida har xil uzunlikdagi qiyalik mavjud bo‘lsa uning tuproqda 
eroziya xavfini tug‘dirish darajasini aniqlash uchun qiyalikning o‘rtacha uzunligidan 
foydalaniladi, u quyidagicha aniqlanadi: 
(3) 
Bu yerda: 
– xo‘jalik hududida qiyalikning o‘rtacha og‘irlik uzunligi, m; 
– uchastkalarda qiyalikning uzunligi, m; 
– qiyaliklar bilan band bo‘lgan maydon, %. 
Qiyalikning qaysi qismida eroziya ko‘proq xavli ekanligini aniqlash uchun uning 
uzunasi bo‘ylab shakli (profili) ni bilish lozim. Joyda uchraydigan har xilshaklli 
qiyaliklarni asosan 4 guruhga birlashtirish mumkin: to‘g‘ri chiziqli; qubba (do‘nglik); 
botiq; murakkab (pog‘onali). S.S. Sobolev tomonidan o‘z vaqtida (1948) yuqoridagi 


31 
har bir guruhga kiritilgan qiyaliklarda eroziyaning o‘tishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot 
berilgan (7-rasm). To‘g‘ri chiziq shaklli qiyaliklar butun uzunasi bo‘ylab taxminan bir 
xil tikligi bilan farqlanadi. Qiyalik yuzasi orqali o‘tayotgan suv oqimining massasi 
uning pastki qismida ko‘payadi, oqim esa tezlashadi, natijada tuproq yuvilishining 
kuchayishi uchun sharoit vujudga keladi. 
Qubba shaklli qiyalikning pastki qismi katta tiklik (do‘nhlik)dan iborat. Shuning 
uchun unda eroziya jarayoni kuchli o‘tadi.eroziyaning kuchli o‘tishiga asosan ikkita 
omil bir vaqtda ta’sir qiladi: qiyalikning uzayishi va tiklikning kattalanishi. 
Botiq shaklli qiyalikning yuqori qismida eroziya jarayoni kuchli o‘tadi, pastga 
tomon borgan sari suv oqimi tezligi va eroziyaning o‘tishi sekinlashadi, qiyalikning 
pastki qismida yuqori qismidan yuvilib kelgan tuproq zarrachalarining qatlami paydo 
bo‘ladi. Qatlam qalinligi 50 sm va undan ortiq bo‘lishi mumkin. U quyidagicha 
turkumlanadi.: kuchsiz qatlam, qalinligi 20sm>, o‘rtacha qatlam, qalinligi 20 -40 sm, 
kuchli qatlam, qalinligi 40 sm<. (S.S.Sobolev). 
Murakkab (pog‘ona) shaklli qiyaliklar uzunasi bo‘ylab to‘g‘ri chiziq, tik va botiq 
shakllilarning navbatma – navbat almashib joylashuvi bilan band. Ushbu shakldagi 
qiyaliklarda eroziya jarayoni keskin pasayadi. 
Adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, agarda eroziya jarayonining o‘tish 
xavfi to‘g‘ri chiziq shaklli qiyaliklarda 1 deb olinsa, qubba (tik) shaklli qiyaliklarda 
1,5 va botiq shakllarda esa 0,5. Demak tik profilli qiyaliklar eroziyaga nisbatan kuchli 
xavfli hisoblanadi (B.V.Polyakov). 
3-rasm. 
Eroziya xavfini aniqlaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biri – qiyalik 
ekspozitsiyasi (dunyoning to‘rt tomoni – shimol, sharq, janub va g‘arbga yo‘nalishi). 
Qiyalik ekspozitsiyasi quyosh radiatsiyasi yer yuzasiga kelishini belgilaydi, bu esa 
qiyalik mikroiqlimi, o‘simliklarning rivojlanishi va hosildorligini aniqlaydi, o‘z 
navbatida eroziyaning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. 


32 
Janub va g‘arb yo‘nalishidagi qiyaliklar shimol va sharq yo‘nalishlaridagi 
qiyaliklarga nisbatan eroziyadan ko‘p zarar ko‘radi. Janub yo‘nalishidagi qiyaliklarda 
boshqalarga nisbatan harorat va tuproq namligi keskin o‘zgarib turadi. Yoz faslida bu 
yo‘nalishdagi qiyalik qattiq qiziydi va qovjiraydi, undagi o‘simliklar esa kuyib ketadi. 
Qiyalik yo‘nalishida ayniqsa qor suvi oqimi ta’sirida eroziya jarayoni kuchli o‘tadi. 
Ko‘p yillik kuzatishlar orqali tikkaligi bir xil ko‘tarilishda bo‘lgan qiyaliklarda qor 
suvi ta’sirida tuproq yuvilishining intensivligi g‘arb va janub yo‘nalishlarda tezroq 
kattalanishi aniqlangan. Janubga yo‘nalgan qiyalikda tuproqda chirindining kamayishi, 
o‘simlik qoplamining tuproqni himoyalash roli pasayishi tufayli jala yog‘ini ta’sirida 
ham eroziya jarayoni kuchayadi. 
Ko‘pincha eroziya xavfi faqat qiyalikning tikligi yoki tikligi va uzunligi 
ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadi. Lekin ba’zida qiyalik yo‘nalishining 
tuproq yuvilishiga ta’siri ulardan kam emas. Shuning uchun relyef bilan bog‘liq 
bo‘lgan eroziya xavfini baholashda qiyalik tikligi, shakli uzunligi va yo‘nalishining 
ta’siri hisobga olinishi lozim. 
Relyef – eroziya xavfini tavsiflovchi muhim omil. Lekin eroziya jarayonining 
kuchayishida relyefning ta’siriga ortiqcha baho berish noto‘g‘ri. Relyef qanchalik 
murakkab bo‘lmasin suvsiz, suv oqimi vujudga kelmasa eroziya bo‘lishi qiyin. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə