Landshaftli yer tuzish


Sug‘orish eroziyasining vujudga kelish sabablari va ularga qarshi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

 
3.7.Sug‘orish eroziyasining vujudga kelish sabablari va ularga qarshi 
kurashish tadbirlari 
Bunday eroziyani rivojlanish xarakteri, yer maydonlarida tarqalishi va ta’sir 
etishi, uni vujudga kelish sabablari bilan tushuntiriladi. Bunday eroziya rivojlanishini 
asosiy sabablaridan biri huduning tabiiy sharoitlari (joyning relyefi, shamollar, 
o‘simliklarning mavjudligi va h.k.) bilan aniqlanadi. Amaliy jihatdan ular turli joylarda 
eroziyaning rivojlanishiga (sug‘orish eroziyasidan tashqari, negaki u faqatgina 
sug‘orishda vujudga keladi) potensial imkoniyat yaratadi. 
Sug‘orish eroziyasi sug‘orish suvini nishablik bo‘ylab oqishidagi og‘irlik kuchi 
ta’sirida yuzaga keladi. Nishabligi uncha katta bo‘lmagan joylarda suvning tezligi 
bilan belgilanuvchi kuchning ta’siri tuproq qatlamidagi yuvilishdan kam bo‘ladi. shu 
sababli ham bunday hollarda uncha katta bo‘lmagan eroziya jarayoni yuz beradi. Oqim 
kuchining ortishi va oqish tezligining ko‘tarilishi bilan ularning zarrachalarga ta’sir 
kuchi o‘sadi, hamda uning tezligini tuproq qatlamini yuvilishiga qarshiligidan katta 
bo‘lganda tezlashgan eroziya jarayoni boshlanadi. 
Sug‘orish eroziyasining intensivligi katta miqdorlardagi o‘zaro bog‘liq omillarga, 
jumladan tuproqlar xususiyatlariga, iqlim sharoitlariga, joyning relyefiga, o‘simliklar 
qoplamasiga, tuproqning faunasiga va boshqalarga bog‘liqdir. Sug‘orish eroziyasining 
rivojlanish intensivligiga suv oqimining ta’sir ko‘rsatishigacha bo‘lgan namlik, suv 
o‘tkazuvchanlik, namlik hajmi, suvga barqarorlik, mexanik tarkibi va turli kationlar 
bilan to‘yinganligi kabi tuproqning xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Sug‘orish eroziyasining intensivligiga iqlim omillaridan quyidagilar ta’sir 
ko‘rsatadi: atmosferadagi yog‘ingarchilik miqdori, namlik, bug‘lanish va boshqalar. 
Eroziyaning intensivligiga shuningdek, joyning relyefi, qiyalik yonbag‘irlar uzunligi 
va ekspozitsiyasi, suv to‘planadigan basseynning o‘lchamlari, mikrorelyefga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Sug‘orish eroziyasini rivojlanish intensivligini keltirib chiqaradigan omillarni 
ikkita guruhga birlashtirish mumkin: sug‘orish suvini oqimini yaratuvchi yoki uni 
o‘zgartirishga imkon beruvchi omillar; zarrachalarni ajralishaga qarshilikni aniqlovchi 
omillar. Ikkala guruh ham o‘zaro bog‘liq bo‘ladilar. Sug‘orish eroziyasini keltirib 
chiqaruvchi alohida omillar rolini o‘rganish undan ogoh qilish yoki chegaralash 
yo‘llari va tadbirlarini belgilashga imkon beradi. Birinchi guruhdagi asosiy omil bo‘lib 
joyning relbefi xizmat qiladi. 
Eroziya jarayonlarini rivojlanishiga yerdan foydalanish xarakteri katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalaniladigan haydalma 


47 
yerlarda, barcha sharoitlarning bir xilligida, sug‘orish eroziyasi boshqa turlariga 
nisbatan anchagina intensiv ravishda namayon bo‘lishi aniqlangan va aksincha, ko‘p 
yillik daraxtzorlar yer maydonlarida, tomorqa yerlarida intensivligi anchagina past 
darajada namoyon bo‘ladi. bu sug‘orish me’yorlaridagi farqlar va sug‘orish usullari 
bilan, shuningdek dehqonchilik ekinlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer 
uchastkalarining o‘lchamlari bilan tushuntiriladi. 
Sug‘orisheroziyasini rivojlanishini aniqlaydigan hamda qishloq xo‘jalik ekinlari 
hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillar ichida sug‘orish suvi bilan 
ta’minlanish va sug‘orish soni muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘orish sonini 
qisqartirish va sug‘orish me’yorlarini kamaytirish, ya’ni suv bmlan ta’minlanishni 
rejadan bir muncha kamaytirish holatida eroziyani ham kamroq bo‘lishi aniqlangan. 
Sug‘orish eroziyasini namoyon bo‘lish sabablari sug‘orish usulini noto‘g‘ri 
tanlanishi va sug‘orish texnologiyasini buzilishidir, ya’ni ortiqcha miqdorda suv 
berish, katta nishabliklar bo‘ylab, egatlar olish, sug‘orish me’yorlarini haddan 
tashqarishi ko‘paytirish. Egatlar qiyaligini oshishi, uni uzunligi va sug‘orish suvini 
sarfini oshishi natijasida sug‘orish eroziyasini ham intensiv tarzda rivojlanishi qator 
olimlar tadqiqotlarida isbotlangan. Dala sharoitlarining bir xilligi holatida (relyef, 
tuproqlar va boshqalar) ancha katta o‘lchamlamlardagi sug‘orish eroziyasi ancha 
kuchli tarqalgan. 
8-jadval 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə