Landshaftli yer tuzish


 Eroziyaga qarshi tadbirlar tizimi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

3.6. Eroziyaga qarshi tadbirlar tizimi 
Shamol va suv eroziyasi jarayonlari intensivligini pasaytirish maqsadida 
O‘zbekiston olimlari va amaliyotchilari tomonidan eroziyaga qarshi tadbirlar tizimi 
ishlab chiqilgan. Bu tizim qumlarni mahkamlash, nishabliklarni pog‘onalash, dalalarni 
himoyalaydigan o‘rmon polosalarini ekish, sug‘orish kanallarini qaytadan 
rejalashtirish, sug‘orish uchastkalarining o‘lchamlarini optimal miqdorlargacha 
kamaytirish, tuproqlarni himoyalovchi almashlab ekishlarni joriy etish hamda turlicha 
eroziyalanganlik darajalariga qarab dalalarga tabaqalangan tarzda mineral o‘g‘itlar 
solish asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproqni himoyalovchi texnologiyalar 
yordamida yetishtirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 


42 
Ishlab chiqilgan tizimni qo‘llash suv va shamol eroziyalari o‘lchamlarini 
anchagina qisqartirishga, tuproqlar unumdorligini saqlashga va qishloq xo‘jalik 
ekinlari hosildorliklarini oshirish uchun shart-sharoit yaratishga hamda tabiiy yem-
xashak maydonlarining mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. 
Eroziyaga qarshi tadbirlarni tashkiliy xo‘jalik, agrotexnik, o‘rmon meliorativ va 
gidrotexnik tadbirlarga ajratish qabul qilingan. Agrotexnik va texnik imkoni yatlarni 
asoslash, shuningdek taklif etiladigan tadbirlar va majmuali tadbirlarning har bir 
variantini baholash ishlari loyihalash jarayonida ishlab chiqiladi. Tavsiya qilinadigan 
tadbirlar aniq tabiiy - iqlimiy sharoitlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. Shuningdek, 
har bir tumanda bu yo‘nalishda to‘plangan tajribalar ham hisobga olinishi zarur. Bitta 
tumanda qabul qilingan texnik va agrotexnik tadbirlar va usullarni o‘zgartirmagan 
holda boshqa tumanga ham avtomatik ravishda ko‘chirish ko‘zda tutilmagan, asossiz 
xarajatlarni sarflanishiga olib kelishi mumkin.
Har bir qo‘llaniladigan tadbir u yoki bu turda namoyon bo‘ladigan eroziya 
jarayonlariga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari yerlan foydalanishlar va ular ishlab chiqarish 
bo‘limlarining chegaralarini o‘zgartirishni, qishloq xo‘jalik yer turlarining tegishli 
tarkibini o‘rnatishni, ekin maydonlari va boshqalarni belgilashni ko‘zda tutadi. 
Agrotexnik tadbirlar ko‘p jihatdan dalalarni ishlash texnologiyalarini ko‘zda 
tutuvchi eroziyaga qarshi kurashning tegishli usullarini ko‘zda tutadi. Jumladan, 
nishablikka ko‘ndalang tarzda haydash, konturli yer haydash, tuproq gruntlarini yorib 
chiqish, dalalarni haydashni chuqurlashtirish, haydalgan yerni boronalash ana shunday 
tadbirlar majmuasiga kiradi.
O‘rmon meliorativ tadbirlar balkalar oldi va jarlanishga qarshi o‘rmon 
polosalarini ekish, jarliklarni mahkamlash, suv ayirgich nishabliklarda va daryo 
qirg‘oqlari bo‘ylab o‘rmon polosalarini yaratish kabi ishlar majmuasini o‘z ichiga 
oladi. 
Gidrotexnik inshootlar yer usti suv oqimiga to‘g‘ridang‘to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi 
hamda u suv eroziyasi bilan kurashishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. 
Shu bilan bir qatorda eroziyaga qarshi gidrotexnik inshootlar qishloq xo‘jaligi yerlarini 
ko‘payishini ta’minlamaydi, negaki ular faqat yerlarni qishloq xo‘jaligida saqlanishga 
va qishloq xo‘jalik ekinlarini barqaror bo‘lishigagina imkon beradi. O‘zlarining 
mohiyatiga qarab barcha eroziyaga qarshi gidrotexnik inshootlar suvni yo‘naltiruvchi, 
suvni chiqarib tashlovchi,tubni mustahkamlovchi turlarga bo‘linadi. U yoki bu turdagi 
eroziyaga qarshi gidrotexnik inshootlarni ma’lum hududlarga qo‘llash joyning 
relyefiga, tuproq-gidrologik va boshqa sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Ammo qayd etish zarurki, O‘zbekistonda bunday inshootlarni bunyod qilish eng 
miqyosda faqatgina keyingi yillarda ancha rivojlandi. Fikrimizcha bu gidrotexnik 


43 
inshootlarni boshqa eroziyaga qarshi tadbirlardan anchagina yuqori qiymatga egaligi 
sabab bo‘lgan, negaki ular qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorliklarini oshirishda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishmaydi. Ma’lum bir miqdorda bunday holat qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishida yerlarni saqlash samaradorligini aniqlash metodikasini 
mavjud bo‘lganligi bilan ham tushuntiriladi. 
Eroziyaga qarshi gidrotexnik inshootlarni qurish quyidagi turlardagi qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi zaralarni bartaraf etishga imkon beradi: 
- yuvilish mintaqasida ham, yuvilgan mahsulotlarni to‘planish joyi-daryo 
o‘zanlarida, daryoli vodiylarda ham yerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan 
chiqib ketishi; 
- dalalardan gidrotexnik tarmoqlarga tuproqlardan ozuqa elementlarini chiqib 
ketishi; 
- yuvilish mahsulotlari bilan o‘zanlardagi yem-xashak yer turlarini, tabiiy va 
sun’iy suv havzalarini bulg‘anishi; 
- yerlarni yaxshi toifadan past toifaga o‘tishi. 
Eroziyaga qarshi inshootlar mavjud bo‘lmagan holda jarliklar mintaqasida 
jarliklararo uzunchoq hududlar vujudga keladi, qaysikim ular yer maydonlarini 
mexanizmlar bilan ishlashni qiyinlashtiradi yoki umuman imkon bermaydi. Bu 
yerlardagi ekinzorni, eng yaxshi holda, pichanzor yoki yaylov sifatida foydalanish 
mumkin bo‘ladi. Nishabliklarni pog‘onalash, jarliklar do‘ngliklarini tekislash yoki 
chuqurlarini to‘ldirish kabi eroziyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish natijasidagina 
bunday yerlarni qishloq xo‘jaligi oborotiga tortish mumkin. 
Har bir aniq xo‘jalikda eroziyaga qarshi tadbirlar hududlarni oqilona tashkil 
etish asosida amalga oshiriladi. U yerlardan va sug‘orish suvidan to‘la foydalanish, 
eroziya jarayonlarini bartaraf etish yoki undan ogohlantirish uchun sharoit yaratilishini 
ta’minlaydi.
Eroziya jarayonlaridan ogohlantiruvchi yoki bunday jarayonlarni 
chegaralovchi eroziyaga qarshi tadbirlarning har bir guruhi, bir vaqtning o‘zida 
o‘zlarining alohida xususiyatlariga ham egadir. 
Eroziyaga qarshi tadbirlar o‘z mohiyatiga ko‘ra xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik 
turlariga bo‘linadi. Xo‘jaliklararo turlariga quyidagilar kiradi: 
-
Hududlarni xo‘jaliklararo tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-xo‘jalik tavsiyalari, 
jumladan, injenerlik kommunikatsiyalarini, xo‘jaliklararo himoya o‘rmon polosalari va 
o‘rmon daraxtlarini, gidrotexnik va boshqa xo‘jaliklararo ahamiyatdagi boshqa 
inshootlarni joylashtirish, nishabliklarni pog‘onalash, yaylov massivlarii va 
boshqalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar, eroziyaga uchraydigan tuproqlarda 
almashlab ekish massivlarining o‘lchamlari bo‘yicha tavsiyalar; 
-
Har bir aniq mintaqaning erooziyaga uchragan yerlarida qishloq xo‘jalik 
ekinlarining tarkibi bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar, qishloq xo‘jalik ekinlarini 


44 
yetishtirishning namunaviy texnologik xaritalari (eroziyaga uchragan har bir yer 
toifalari bo‘yicha); 
-
Himoyalovchi o‘rmon polosalari va tarkibi bo‘yicha, ko‘p yillik daraxzorlarni 
meva berish bosqichigacha yetishtirish va parvarish qilish agrotexnikasi bo‘yicha va 
himoya o‘rmon daraxtzorlarini bir-birlari bilan birlashib ketish vaqtlarigacha 
agroo‘rmonmeliorativ tavsiyalar; 
-
Har bir aniq mintaqa uchun inshootlarning konstrutsiyalari va parametrlari 
bo‘yicha gidrotexnik tavsiyalar, yerlarni eroziyalanishini hisobga olgan holda 
sug‘orish texnikasi bo‘yicha tavsiyalar. 
Xo‘jaliklararo eroziyaga qarshi tadbirlar maydonlarni tashkil etish, qishloq 
xo‘jaligi va ichki xo‘jalik tadbirlari bo‘yicha har bir xo‘jalik uchun keyingi ishlab 
chiqish va aniqlashtirish asosi bo‘ladi. Ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik ta’minlanish 
zarur, ya’ni ularni ishglab chiqish va amalga oshirishda qat’iy ketma-ketlik 
ta’minlanishi zarur. Faqat shu holatdagina ichki xo‘jalik tadbirlari xo‘jaliklararo 
tadbirlarning davomi bo‘ladi va umumiy tizimda samarali bo‘ladi. 
Har bir xo‘jalik bo‘yicha ishlab chiqiladigan eroziyaga qarshi tadbirlar 
quyidagicha bo‘ladi: 
-
Tashkiliy-xo‘jalik – eroziyani rivojlanishiga mumkin bo‘lgan eng yuqori 
xavflilik (relyef, nishablikning ekspozitsiyasi, ya’ni ko‘rinishi va boshqalar) ka ega 
bo‘lgan sharoitlarni va yerlarni eroziyalanganlik darajasini hisobga olgan holda 
bajariladigan maydonlarni oqilona tashkil etish; 
-
Agrotexnik – eroziyalangan yerlarda tashkil etiladigan almashlab ekishlardagi 
qishloq xo‘jalik ekinlarining tarkibi va nisbatlarini tuproq eroziyasi bilan samarali 
kurashishga mosligini o‘rnatish, shuningdek ushbu ekinlarni yetishtirishning maxsus 
texnologik xaritalarini ishlab chiqish; 
-
Agroo‘rmonmeliorativ – himoyalovchi o‘rmon daraxtzorlarini joylashtirish; 
mahkamlanadigan 
va 
o‘rmonlashtiriladigan qumlik uchastkalarni aniqlash; 
nishabliklarni pog‘onalash zaruriyatlarini o‘rnatish; dalalarni himoyalash o‘rmon 
polosalarining konstruksiyasi, kenglig va navlar tarkibini asoslash hamda ular 
tanalarini kuchli bo‘lib birlashib ketguniga qadar parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish; 
-
Gidrotexnik – sug‘orish eroziyasi vujudga kelishini bartaraf etuvchi shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda sug‘orish tarmoqlarini qayta qurish; sug‘orishning 
oqilona texnikasini qo‘llash; berilgan maydon bo‘yicha oqimniiartibga keltirishga 
tartibga o‘tkazish; jarlik-balkali tizimni kuchayib ketishini bartaraf etish maqsadlarida 
gidrotexnik inshootlar qurish. 
Eroziyaga qarshi tadbirlar, o‘zlarining ta’sirini davomiyligi bo‘yicha nisbatan 
uzoq muddatlarda ta’sir etuvchi hamda bitr vaqtning o‘zida ta’sir etuvchi turlarga 


45 
bo‘linadi. Uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchilarga hudularni oqilona tashkil etish, 
himoyalovchi daraxtzorlar, gidrotexnik inshootlar va boshqalar kiradi. Bir vaqtning 
o‘zidagi eroziyaga qarshi tadbirlarga asosan agrotexnik tadbirlar kiradi. 
Ayniqsa, yer tuzishda e’tiborga olish zarurki, eroziyaga qarshi kurash tadbirlari 
quyidagilarga bo‘linadi: 
-
Ma’lum bir yer maydonlarini ajratishni talab qiladigan eroziyaga qarshi 
tadbirlar; 
-
Tadbirni o‘tkazish yer ajratishni talab qilmaydigan tadbirlar. 
Birinchi guruhga asosan agroxo‘jalikmeliorativ va gidrotexnik tadbirlar, 
ikkinchi guruhga esa tashkiliy-xo‘jalik va agrotexnik tadbirlar kiradi. Birinchi 
guruhga kiradigan tadbirlarni loyihalash ular uchun foydalanilayotgan yerlarni bir 
qismini ajratish bilangina bog‘liq emas, balki shu bilan bir qatorda, aksincha, qishloq 
xo‘jaligiga ma’lum bir yer maydonlarini qo‘shimcha ravishda kiritish (ochiq sug‘orish 
tarmoqlarini yopiq tarmoqlar bilan almashtirish, jarlik va chuqurliklarni tuproq bilan 
to‘ldirish) bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holda eroziyaga qarshi 
tadbirlarni iqtisodiy jihatdan tahlil qilishda ushbu maydonlardan olinishi mumkin 
bo‘lgan mahsulotning o‘sishi hisobga olinishi zarur. Har bir alohida olingan holatda 
birinchi guruh tadbirlarini o‘tkazish zarurligi va maqsadga muvofiqligini har 
tomonlama o‘rganish zarur. Bunda asosiy shartlardan biri – ishlab chiqarishdan 
qimmatbaho yerlarni mumkin qadar kamroq ajratib olib bo‘lishi zarur. 
Turlicha eroziyaga qarshi kurash tadbirlari turlicha vositalar sarfini talab qiladi, 
alohida usullarni esa umuman qo‘shimcha xarajatlarsiz (nishablikka ko‘ndalang holda 
yerni haydash, past oqim bilan sug‘orish va h.k.) o‘tkazishi mumkin. Agrotexnik 
tadbirlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida xo‘jaliklarning shaxsiy 
vositalari hisobiga amalga oshiriladi. 
Eroziyaga qarshi kurash tadbirlarini loyihalashda hamda ularni amalga oshirishda 
quyidagi asosiy qoida-talablar hisobga olinishi zarur: 
-
Xo‘jaliklararo va ichkixo‘jalik tadbirlarini o‘zaro bog‘liqligi; 
-
Uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatuvchi tadbirlarni bir vaqtini o‘zida ta’sir ko‘rsatadigan 
tadbirlar bilan oqilona birikishi; 
-
Eroziyaga qarshi majmualar uchun mumkin qadar kamroq yer ajratish; 
-
Mumkin qadar kamroq xarajatlar, ya’ni birinchi navbatda katta miqdordagi 
kapital xarajatlar talab qilmaydigan tadbirlarni o‘tkazish. 
Eroziyaga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish yer resurslarini salash va tuproqlar 
unumdorligini oshirish bo‘yicha umumiy dasturning tarkibi bo‘lishi zarur. Ushbu 
tadbirlarning barchasi tuproqlar unumdorligini doimiy ravishda oshib borishiga, ularni 
eroziyadan himoyalanishini yaxshilashga, ikkilamchi sho‘rlanishdan, qurib ketishdan, 
suv bosimidan va sanoat chiqindilari bilan ifoslanishdan himoyalashni yaxshilashga, 


46 
unumdor yerlarni noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishda qat’iy iqtisodgarioya 
qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə