Landshaftli yer tuzish


Eroziyaning antropogen omillari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

 Eroziyaning antropogen omillari. 
Tabiiy omillar eroziya vujudga kelishi uchun 
sharoit yaratish va uning ozmi – ko‘pmi rivoj topishiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. 
Lekin tezlashgan eroziyaning o‘zi insonning eroziyaga xavfli bo‘lgan yerlarda 
noto‘g‘ri xo‘jalik faoliyati tufayli vujudga keladi.
 
Odatda eroziyaning omillari tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy va boshqa 
antropogenlarga bo‘linadi. Buning birinchisiga iqlim, relyef, tuproq va o‘simliklar 
kiradi. Ikkinchisiga esa insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyati. Lekin bunday 
bo‘linish shartli hisoblanadi, chunki inson o‘zining ishlab chiqarish faoliyati bilan 
eroziya jarayonining omillariga tez – tez ta’sir qilib turadi va ularni o‘zgartiradi. 
Inson o‘simliklarni yo‘q qilib, shu bilan eroziyaning xavfini kuchaytirishi 
mumkin va aksincha, o‘rmonzorlar barpo qilib, ko‘p yillik o‘tlar va bir yillik 
o‘simliklardan foydalanib, u o‘simliklarning tuproqni himoya qilish rolini maksimal 
kuchaytirishi va shu bilan eroziya xavfini butunlay tugatishi yoki pasaytirishi mumkin. 
Inson tuproqqa ishlov berish bilan uning eroziya paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi 
xossasini asta – asta o‘zgartirishi mumkin. Tuproqning fizik xossasini yomonlashtirib 
kuchli eroziya vujudga kelishini osonlashtirishi mumkin. Aksincha ularni yaxshilash 
bilan eroziya jarayoni xavfliligini anchagina pasaytirishi mumkin. Qiyalik yerlardan 
noto‘g‘ri foydalanish bilan inson eroziyaning kuchayishiga yordam berishi mumkin. 
Lekin u qiyalik yerlardan to‘g‘ri foydalanib eroziyaga qarshi antropogen nano va 
mikrorelyef tashkil qilishi, relyefning noqulayligini keskin pasaytirishi ham mumkin. 
Insonning ishlab chiqarish faoliyati eroziyaning yuzaga kelishiga yordam berishi 
mumkin, aksincha uning vujudga kelishi va o‘sishiga to‘siqlik qilishi ham mumkin. 


37 
Eroziya jarayonining vujudga kelishi umuman insonning ishlab chiqarish faoliyati 
bilan emas, balki uning noto‘g‘ri faoliyati bilan bog‘liq. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə