Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Tuproq sharoiti. 
Eroziya yuz berishiga tuproqning quyidagi asosiy elgilari ta’sir 
qiladi: 1. Suv singdiruvchanligi; 2. Eroziyaga qarshi tura olishi; 3. Umumiy 
unumdorlik darajasi.
 
Tuproqning suv singdiruvchanligi ko‘p jihatdan qor erish suvi oqimi va jala 
yog‘inining intensivligi bilan bog‘liq. 
Muzlamagan tuproqlarning suv singdiruvchanligi asosan yengil tuproqlarning 
mexanik tarkibi, og‘ir tuproqlarning esa tuzilishi (strukturasi) hamda ustki qismining 
zichligi va namligi bilan aniqlanadi. 
Qum va qumloq yaxshi tuzilgan (strukturasi) qumoq va gul, yangi haydalgan yoki 
kultivator yordamida yangi ishlov berilgan tuproqlar yuqori darajada suv 
singdiruvchanligi bilan tavsiflanadi. 
Tuproqning suv singdiruvchanligi pasayishi bilan qiyalik yuzasida katta suv 
oqimi tashkil bo‘lishi xavfi tug‘iladi, bu esa eroziyaning ko‘payishiga olib keladi. 
Tuproqning eroziyaga qarshi tura olishi uning mexanik va kimyoviy tarkibi
fiziko-kimyoviy xossalari, fizikaviy holati va biogenligi bilan aniqlanadi. 
Tuproqning eroziyaga qarshi tura olishi uning tarkibida gilsimon fraksiyalar, 
chirindi, ekvivalientli kationlar, ayniqsa kalsiyning ko‘payishlari bilan ortadi. Agarda 
tuproq tarkibida changli va mayda qumloq fraksiyalar ortib bors, karbonatlar ko‘paysa 
chirindi kamaysa tuproqning eroziyaga qarshi tura olishi aksincha pasayadi. 


33 
Tuproq yuvilishining o‘sishi bilan uning ustki qatlamida chirindi va gil fraksiyasi 
kamayadi, korbonat ko‘payadi. Yuvilgan va yuvilmagan tuproqlarning eroziyaga 
qarshi tura olishi o‘rtasidagi farqi ko‘pincha har xil genetika tipidagi tuproqlar 
orasidagi farqqa nisbatan katta bo‘ladi. 
Odatda tuproqning eroziyaga qarshi tura olishi uning tarkibida suvga mahkam 
tuzilmalar agregatining mavjudligi bilan baholanadi. Shuning uchun ham tuproqdagi 
suvga mahkam tuzilmalar agregati mavjudligiga ta’sir qiladigan barcha omillar, bir 
vaqtning o‘zida tuproqning eroziyaga qarshi tura olishini aniqlovchi omillar bo‘lib 
hisoblanadi. 
Tuproq tarkibidagi chirindi ko‘pincha uning eroziyaga qarshi tura olishini 
aniqlaydi. Chirindi tuproqda suvning ta’sirida o‘zgarmaydigan mustahkam tuzilma 
(struktura) tashkil bo‘lishi va saqlanib qolishi omili hisoblanadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə