Landshaftli yer tuzish


O‘simliklarning tuproqni eroziyadan saqlash salohiyati



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

O‘simliklarning tuproqni eroziyadan saqlash salohiyati. 
Iqlim, relyef va 
tuproq ozmi – ko‘pmi tuproqda eroziyaning paydo bo‘lish xavfini tug‘dirish 
imkoniyatlari mavjud. O‘simliklar qoplami esa eroziya paydo bo‘lish xavfini 
kamaytiradi yoki to‘liq to‘xtatish imkoniyatiga ega. O‘simliklar, ko‘kat “qalqon” 
sifatida katta tikkalikdagi qiyaliklarda ham kuchli jala yog‘ini vaqtida tuproqni 
eroziyadan saqlaydi.
 
O‘simliklarning tuproqni eroziyadan saqlashdagi roli judayam keng qirrali. 
Yomg‘ir tomchilari avvalo o‘simliklar bargi yuzasiga tushadi, qolgan qismi esa bargda 
va tana (novda) larda qolib sekin – asta parlanib ketadi. O‘simliklar qanchalik qalin 
bo‘lsa tushadigan yomg‘ir tomchilari shunga ko‘p barglar yuzasida ushlanib qoladi
yuzada suv oqimining paydo bo‘lishiga imkon tug‘ilmaydi. Shunday qilib, o‘simliklar 
qoplami suv oqimi hajmini kamaytiradi va bu bilan eroziyaning kucheyish xavfini 
pasaytiradi. Ba’zida hosilni terib olgandan keyin dalada sochilib qolgan poyalar ham 
tuproqni eroziyaning kuchayish xavfini pasaytiradi. Ko‘pchilik ilmiy tadqiqotlar 
natijasiga ko‘ra tuproqni ag‘darmasdan ishlov berish va yuzada qolgan o‘simlik 
qoldiqlari eroziyaning oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlangan. 
O‘simliklarning ildiz tizimi ham eroziya xavfiga qarshi salmoqli rol o‘ynaydi, 
ular tuproqni eroziyaga qarshi tura olishida “armatura” vazifasini bajaradi. 
O‘simliklarning ildizlar tizimi aynib chiqishi natijasida tuproqda ilma – teshiklik 
ortadi, tuproq serqovoqlashadi. Bu esa tuproqning suv singdiruvchanligini orttiradi va 
o‘z navbatida suv oqimi hajmini kamaytiradi, qiyalikda oqim intensivligi pasayadi. 
O‘simliklar ildiz tizimi tuproq tuzilishini yaxshilaydi, tuproqni organik moddalar bilan 
boyitadi, bu bilan uning unumdorligi oshishiga va eroziyaga tura olishiga xizmat 
qiladi. Yuqorida keltirilgan bir qator to‘liq bo‘lmagan o‘simliklarning ijobiy tomonlari 
tuproqda eroziya jarayonining pasayishida, ba’zida butunlay uning oldini olishdagi roli 
qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadi. 


34 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə