Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

3.3.
 
Tuproqda eroziya va deflyatsiyaning 
yuz berishiga ta’sir etadigan omillar 
Tuproqda eroziya va deflyatsiyaning yuz berish va intensiv o‘tish jarayoniga 
ta’sir etadigan omillar ikkiga bo‘linadi: tabiiy tarixiy: inson faoliyati bilan bog‘liq 
ijtimoiy – iqtisodiy (antropogen). 
Tuproqdagi eroziya va deflyatsiya jarayoni ana shu ikkala guruhdagi omillar 
ta’sirida yuzaga keladi. Tabiiy omillar tuproqda eroziya va deflyatsiya yuz berishi 
uchun sharoit yaratadi, yerdan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq insonning xo‘jalik 
faoliyati esa ularning vujudga kelishiga asosiy sababchi bo‘ladi. Tabiiy-tarixiy 
omillarga kirdiganlar: iqlim, relyef, tuproq, o‘simliklar. 
Iqlim. 
Joyning iqlim sharoiti tuproqda eroziya yoki deflyatsiya bo‘lish xavfini 
ko‘proq aniqlaydi. Iqlim omillari quyidagilar: harorat, yog‘ingarchilik, shamol. 
Harorat.
Haroratning kecha-kunduz ichida keskin o‘zgarishi natijasida 
yog‘ingarchilik va shamol paydo bo‘ladi, ya’ni eroziya va deflyatsiya vujudga keladi. 
Bahor faslida haroratning kun sayin ko‘tarilib borishi qor qatlami erishini tezlashtiradi, 
natijada tuproq yuzasida katta oqim paydo bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi. Haroratning 
keskin o‘zgarishi havo oqimi shamolning kuchayishiga olib keladi, agarda kuchli 
shamol 2-3 kun uzluksiz davom etsa changli bo‘ronga aylanishi mumkin. Qisqasi, 
harorat qanchalik keskin o‘zgarsa eroziya va deflyatsiyaning o‘tishi shunchalik kuchli 
bo‘ladi. 
Atmosfera yog‘ini.
Tuproqda eroziyaning yuz berishida atmosfera yog‘ini bosh 
rolni o‘ynaydi, chunki qiyalik yuzasida suv oqimini vujudga keltiradi. Suv singdirishi 
kuchsiz bo‘lgan tuproqli qiyaliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va qorlarning intensiv 
eriy boshlashi bilan qiyalik yuzasida suv oqimi vujadga keladi. Oqimninh salmog‘i 
oqish koeffitsienti bilan tavsiflanadi. U quyidagicha aniqlanadi: 
yoki 
(1) 
Bu yerda: 

– yuzadan oqib tushayotgan suv massasi, mm/min; 
– vaqt birligida yuzaga tushayotgan yog‘in suvi hajmi, mm/min; 
β 
– filtrlash koeffitsienti; 

– yuzaga tushayotgan yog‘in suvi hajmi, mm; 

– yog‘in yog‘ish davomiyligi, mm. 
Tuproqda eroziyaning yuz berishiga yomg‘ir katta ta’sir qiladi. Yomg‘irning 
tashish intensivligi va davom etish vaqti eroziyaning yuzaga kelishini aniqlaydi 
(belgilaydi). Demak, yuzada suv oqimining paydo bo‘lishi va eroziyaning yuz berishi 
ana shu omillar bilan bog‘liq. Yog‘in qisqa vaqt ichida bir tekisda o‘tganda, 
eroziyaning yuz berish xavfi kuchayadi. 
Jala yomg‘irlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ish va tuproqqa qattiq urilish kabi 
xarakterli xususiyatlar mavjud. Jala yog‘ini qanchalik intensiv va davomli o‘tsa 


27 
tuproqda eroziya jarayoni shunchalik ko‘zga yaqqol ko‘rinarli bo‘ladi. Mavjud 
ma’lumotlarga ko‘ra (P.S.Zaxarov) jala yog‘inining yog‘ish intensivligi 0,15 dan 0,30 
mm/min. gacha oshganda tuproqning yuvilishi 4 barobarga oshar ekan. 
Tomchilab yoqqan yomg‘ir qanchalik uning yig‘indisi katta bo‘lmasin tuproqda 
yuvilish bo‘lmaydi, yoki juda kuchsiz bo‘lishini kuzatish mumkin, chunki yuzaga 
tushgan yomg‘ir suvini tuproq o‘ziga singdirib olishga ulguradi. 
Jala yog‘ini ta’sirida eroziyaning kuchayishi yomg‘ir tomchilarining katta 
kichikligiga ham bog‘liq. Katta tomchilar tuproq bo‘laklarini buzadi, uni tig‘izlab 
tuproqning singdirish imkoniyatini pasaytiradi. Tuproqqa tushadigan yirik tomchilar 
energiyasining qariyb 1/3 tuproq zarrachalarini ajratib sachratishga ketadi. Tuproqning 
singdirish imkoniyati pasayishiga uning g‘ovaklariga loy (loyqa)lar kirib qolishi ham 
ta’sir qiladi. Yirik yomg‘ir tomchilarining tuproqqa urilishi natijasida yuzaga 
lyossimon tuproq zarrachalari 50-90 % gacha ko‘payadi. Shuning uchun yomg‘ir 
tomchilari qanchalik katta bo‘lsa tuproqning singdiruvchanlik imkoniyati shunchalik 
kam bo‘ladi. 
Qor ham tuproqda eroziyaning yuz berishiga ta’sir qiladi. Eroziya jarayonining 
intensiv o‘tishiga asosan qor qatlami qalinligi va u bilan bog‘liq tuproqning muzlanish 
qalinligi va qorning erish intensivligi ta’sir qiladi. 
Qor qatlami qalin bo‘lsa tuproqni qalin muzlashdan saqlaydi, tuproq ostidan 
chiqadigan issiqlik uning intensiv erishiga yordam beradi. Qor qatlami erishi bilan 
muzlamagan tuproq uning suvini yaxshi singdirib oladi va yuzada suv oqimini 
pasaytiradi. 
Qor uncha qalin bo‘lmagan yerlarda tuproqning muzlashi anchagina qalin bo‘ladi, 
bahorda bunday tuproqning yuza qismi tez eriydi, yuqoridan kelayotgan suv oqimi bu 
erigan qismni osonlik bilan yuvib ketadi. 
Sekin erigan qorning eroziyaga bo‘lgan ta’sirini kuchsiz yomg‘ir ta’siri bilan 
tenglashtirish mumkin. 
Qorning erishi janubga yo‘nalgan qiyalikda ancha tez o‘tadi, shimolga 
yo‘nalganda esa 10-15 kun keyinroq eriydi. Kuchli yoki kuchsiz eriydigan yomg‘irlari 
ta’siridagi eroziya joy qiyaligining yo‘nalishi bilan bog‘liq emas. 
Shamol eroziya va deflyatsiyaning asosiy sababchilaridan hisoblanadi. 
Eroziyaning paydo bo‘lishida shamolning roli tuproq yuzasida qorni qayta 
“taqsimlashdan” iborat. O‘simliklar bilan qoplanmagan, yoki siyrak qoplangan tuproq 
yuzasidan kuchli shamol qorni jarlik va boshqa pastliklar tomon uchiradi. Ayniqsa 
shamol uriladigan do‘nglikda qor kuchli uchiriladi. Natijada yalang‘ochlangan 
tuproqning qalin muzlashi uchun sharoit tug‘uladi. Pastliklarda va tashqi qiyaliklarda 
esa qor qatlami kuchayadi. Dala bo‘ylab qorning notekis taqsimlanishi tufayli bahor 
faslida uning erishi, suv oqimining vujudga kelishi bir vaqtda o‘tmaydi. Tuprog‘i qalin 


28 
muzlagan yer uchastkalarida suvni singdirishi yomonlashadi. Natijada yuzada kuchli 
suv oqimi vujudga keladi, tuproq zarrachalari yuviladi (eroziya paydo bo‘ladi). 
Tuproqda deflyatsiya jarayonining paydo bo‘lishida shamol bosh omil rolini 
o‘ynaydi. Uning ta’sirida tuproq buziladi (yemiriladi), ayniqsa bu jarayon iqlimi quruq 
va o‘simliklar bilan qoplanmagan yerlarda kuchli o‘tadi. Deflyatsiyaning kuchli yoki 
kuchsiz o‘tishi shamolning tezligiga bog‘liq. Kuchli shamol ta’sirida tuproq 
zarrachalari uchirilib olib ketiladi. P.S.Zaxarovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 
shamolning tezligi 10 m. balandlikda 8-12 m/sek. bo‘lsa deflyatsiya boshlanadi, 12-15 
m/sek. tezlikda bo‘lganda deflyatsiya o‘rtacha bo‘ladi. Deflyatsiya kuchli bo‘lishi 
uchun shamolning tezligi 16-25 m/sek. bo‘lishi kerak. Diametri 0,05-0,15 mm bo‘lgan 
zarrachalarning uchirilishi shamolning tezligi 15 m balandlikda 3,5-4 m/sek bo‘lganda 
boshlanadi. 
Yog‘ingarchilik eroziyaning bosh omillaridan hisoblanadi, lekin deflyatsiya 
jarayonini sekinlashtiradi, chunki u tuproqni namlaydi. 
Haroratning yuqori bo‘lishi va havo namligining pastligi tuproq yuzasini quritadi 
va deflyatsiya paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə