Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

3.4.
 
Respublika hududida tuproq eroziyasini vujudga kelish xususiyatlari 
O‘zbekiston Respublikasi hududida turli xil tuproq eroziyasi jarayonlari kechadi 
va ma’lum darajada intensiv ravishda rivojlanmoqda. “Davergeodezkadastr” davlat 
qo‘mitasining bergan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra mamlakat yagona yer fondining 
deyarli 96,0 foiz maydoni turli xillardagi eroziyaga u yoki bu darajada uchragan. Ular 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi, 5-jadvalda keltirilgan. Keyingi yillari paxta 
g‘osildorligini keskin tushib ketishida tuproq eroziyasi ham katta rol o‘ynagan. 
5-jadval 
O‘zbekistonda tuproq eroziyasini tarqalish ko‘lamlari 
Ko‘rsatkichlar 
1990 yil 
2018 yil 
ming.ga 

ming.ga 

Umumiy yer maydoni: 
Shundan turli tuproq eroziyalariga 
uchragan yerlar maydoni 
44884,0 
30870.0 
100 
68.8 
44892,4 
100 
Suv eroziyasiga uchragan jami maydon 
Shu jumladan: 
-
Tog‘ yaylovlari 
-
Ekin yerlari 
7067.0 
5645.0 
1422.0 
15.8 
12.7 
3.1 
Sug‘orish 
eroziyasiga 
uchragan 
sug‘oriladigan ekin yerlari 
722.0 
1.9 
Shamol eroziyasiga uchragan jami 
yerlar 
Shu jumladan: 
-
Cho‘l yaylovlari 
-
Sug‘oriladigan yerlar 
21873.0 
20031.0 
1812.0 
48.7 
44.6 
4.1 
Bir vaqtning o‘zida shamol va suv 
eroziyasiga uchragan yerlar 
1929.0 
4.3 
Eroziyaga uchramagan yerlar 
14014.0 
31.2 
O‘zbekistonda 
tuproq 
eroziyasining 
tarqalish 
ko‘lamlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud 44,9 mln.gektar barcha 
yerlarning deyarli 70 % ida, ya’ni 30,9 mln.gektar yerlarda u yoki bu darajalarda 
shamol yoki suv eroziyasiga uchragan. Bularning katta qismini ekin yerlari tashkil 
etadi. Chorva mollarini noto‘g‘ri boqilganligi oqibatida yaylovlarning katta qismi ham 
eroziyaga uchragan. Keyingi yillari qishloq xo‘jaligida yuz bergan tarkibiy 
o‘zgarishlar, ixota daraxtzorlarining kamayib ketganligi oqibatida shamol eroziyasiga 


38 
uchragan maydonlar anchagina ko‘paygan. Bundan tashqari, joylarda yetarli darajada 
eroziyaga qarshi tadbirlarning mavjud emasligi sababli suv eroziyasi, ayniqsa 
sug‘orish eroziyasi ko‘payib ketmoqda. Bunday eroziyaga uchragan yerlarning 
aksariyat qismi nishabligi 3° dan yuqori bo‘lgan, yangidan sug‘orilayotgan hududlarga 
to‘g‘ri keladi. 
Respublika hududining katta qismini egallagan kulrang-qo‘ng‘ir, taqir va qumli 
tuproqlarning, shuningdek qumlar asosan tuproq eroziyasiga uchragan. Qum 
barxanlari shamollar ta’sirida bir joydan boshqa joyga ko‘chib yaylovlarni, unumdor 
yerlarni aholi punktlari, yo‘llarni bosadi va natijada respublika iqtisodiyotiga katta 
zarar yetkazadi. Sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida shamol eroziyasiga asosan 
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy va markaziy qismlari, Buxoro o‘lkasi, Mirzacho‘l 
shimoliy-g‘arb qismi, Qarshi va Sherobod yo‘llari uchragan. Respublikaning bu 
qismlaridagi shamol eroziyasiga uchragan yerlarning umumiy maydoni 1841,6 ming 
gektarni tashkil etadi, shundan 775, 6 ming gektar yer maydonida o‘rtacha va kuchli 
darajadagi shamol eroziyasi kuzatiladi. 
Qayd qilish zarurki, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda shamol eroziyasining 
eng yuqori zararlari namoyon bo‘ladi. Bunday tuproqlarda haydaladigan ekinlarning 
yakka hokimligi, ko‘p yillik o‘tlarni ekish nisbatlari uncha katta bo‘lmagan holatlarda 
keltiriladigan zarar yanada yuqori bo‘ladi, negaki ko‘p yillik o‘tlarsiz shamol 
eroziyasidan haydalma ekinlarni himoya qilish unchalik yuqori samara bermaydi. 
Sug‘orish eroziyasining kuchli rivojlanishi asosan eroziyaga qarshi agrotexnik 
tadbirlarni asoslanmagan holda dalalarga qo‘llash natijasida ro‘y beradi. Bunda, 
xususan, sug‘orish uchastkalari maydonlarini joydagi mavjud nishabliklarni e’tiborga 
olmagan holda yiriklashtirish katta rol o‘ynaydi. Bunday yirik sug‘orish uchastkalarida 
sug‘orish suvini nishablik bo‘yicha oqish tezligining oshishi va tuproqlarning ko‘p 
miqdorda yuvilishi kuzatiladi. Sug‘orish uchastkalarining yiriklashtirilishi va bir 
vaqtning o‘zida ixota daraxtzorlarini yo‘q qilinishi suv va shamol eroziyalarini 
ko‘payishiga zamin yaratgan. 
Sug‘orish eroziyasiga uchragan yerlarni ham respublikaning ko‘pgina 
regionlarida kuzatish mumkin. Ularning aksariyat maydonlari Chirchiq-Angren 
vohasining janubiy-g‘arb qismida, Jizzax viloyatining janubiy-sharq qismida, Farg‘ona 
vodiysining shimoliy va janubiy qismlarida, Qashqadaryo daryosining ustki qismida, 
zarafshon vodiysining shimoliy va janubiy qismlarida joylashgan. Ushbu hududlardagi 
237,0 ming gektar maydonda asosan sug‘orish eroziyasi ancha rivojlangan (6-jadval). 


39 
6-jadval 
Sug‘orish davri va eroziyaga uchrash darajasiga qarab yerlarni taqsimlanishi, 
ming.ga 
№ Sug‘orish davri 
Er maydoni 
Eroziyaga uchrash darajasi 
kuchsiz 
o‘rtacha 
kuchli 

Qadimdan 
sug‘oriladigan 
96,6 
88,7 
7,9 


Qadimdan-yangidan 
sug‘orilayotgan 
84,2 
50,1 
10,8 
23,3 

Yangi sug‘orilayotgan 
56,2 
23,5 
27,9 
4,8 
Jami 
237,0 
162,3 
46,6 
28,1 
Respublika qishloq xo‘jaligiga jarliklar vujudga keltiradigan eroziya ham katta 
zarar keltiradi. Jarliklar asosan chiziqli eroziyaning ivojlanishi natijasida paydo 
bo‘ladi. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, jarliklarning uchdan bir qismi yiliga 2,0 m. 
gacha tezlik bilan kattayish, 40,0 %ga yaqini -3,0 m. dan 8,0 m.gacha, to‘rtdan biri esa 
10 m.dan 40 m.gacha kattayish evaziga vujudga kelgan. 
Xo‘jalik yerlarining nishablik uchastkalarida yerlar mayda, ishlashga o‘ng‘aysiz 
maydonlarga bo‘lingan. Jarlikli eroziya yer uchastkalarini qurib qolishi tezlashganligi 
sababli dalalar hosildorligini oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi, negaki yoz 
paytlarida jarliklar yog‘ingarchiliklarning sirtqi oqim miqdorlarini oshirishga sharoit 
yaratadi. 
Cho‘l tekisligidagi mintaqada shamol eroziyasi katta zararlar keltiradi. Suv 
eroziyasi esa asosan tog‘osti tekisliklarida, tog‘oldi, shuningdek past va o‘rta baland 
tog‘larda kuzatiladi. Tog‘osti tekisliklarida, tog‘oldi va pastqam tog‘lar mintaqasida 
ba’zan ikkala, suv va shamol eroziyalari ham kuzatiladi. 
Respublikaning turli tabiiy-iqlim sharoitlarida eroziyaga moyil bo‘lgan qishloq 
xo‘jalik yerlari tarkibini taqqoslash ma’lumotlarini o‘rganish shundan dalolat beradiki, 
sug‘oriladigan va lalmi yerlarda suv eroziyasi, asosan tog‘li hududlarda, shamol 
eroziyasi esa, asosan tekislik mintaqalarida kuzatiladi. 
Alohida qayd qilish zarurki, qishloq xo‘jaligi uchun faqatgina jarliklarning fizik 
maydoni emas, balki jarlik orqasidagi yer maydonining miqdori ham muhimdir, negaki 
jarlikka tutashgan yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanishga o‘ng‘aysiz hamda 
jarliklarni ta’sirida bu yerlar kam hosilli yerlar bo‘ladi. Shu sababli ham jarliklar 
orqasidagi yerlar maydonini hisoblashda ikki barobar katta qilib hisoblash zarur. 
O‘zbekistonning sug‘oriladigan mitaqalarida jarliklar asosan daryo qirg‘oqlari, 
yirik kanallar va zovurlar qirg‘oqlari bo‘ylarida vujudga keladi. Respublikaning tog‘, 
tog‘oldi mintaqasida jarliklar asosan yirik daryo va soy bo‘ylarida, shningdek suv 


40 
toshqinlarini tashlaydigan tarmoqlar bo‘ylarida paydo bo‘ladi. Jarliklar bilan band 
bo‘lgan katta maydonlar Qashqadaryo – 19,5%, Surxondaryo – 18,2 % va samarqand 
viloyatlarida – 12,0 % mavjud. Jarliklarning eng katta qismi – Toshkent 
viloyatida(76,1%) mavjuddir. 
Yuqorida keltirilgan umumlashgan ma’lumotlar shundan guvohlik beradiki
jarliklarning vujudga kelishi natijasida katta maydonlar qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishdan chiqib ketgan. Amalga oshirilgan qator tadbirlarga qaramasdan jarliklar 
paydo qiluvchi eroziya jarayonlari bugungi kunga qadar dolzarb masala bo‘lib 
qolmoqda. Bunday eroziyalanishga qarshi katta tadbirla ayniqsa Toshkent, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va jizzax viloyatlarida amalga oshirilgan. 
Demak, eroziyaga qarshi ishlarni reja asosida va qat’iy ravishda amalga oshirib borish 
sug‘oriladigan ekin yerlarini ishlab chiqarishdan chiqib ketishini oldini oladi va 
aksincha oldinlari qishloq xo‘jaligidan qishloq xo‘jaligidan chiqib ketgan maydonlarni 
qayta tiklashga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə