Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

3.5.
 
Eroziyaning tuproqlarning sifatiga va ekinlar hosildorligiga salbiy ta’siri 
Mirzajanonov Q.M., Maqsudov X.M., Tolipov G‘.A. kabi olimlarning olib 
borgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tuproq zarrachalarini yuviishi bo‘z 
tuproqlarda sug‘orish eroziyasi natijasida gektariga 100-150t.ga yetgan, bunda 
tuproqdagi gumus miqdorini yo‘qotilishi 0,5-0,8 t, azot- 110-120 kg, fosfor esa 110-
160 kg ni tashkil etgan. Agarda ushbu suv eroziyasi oqibatida azot va fosfor 
yo‘qotishlarni mineral o‘g‘itlar tarkibida qishloq xo‘jalik ekinlariga solinayotgan azot 
va fosfor o‘g‘itlarining miqdorlari bilan taqqoslasak, tuproq eroziyasi natijasida 
solingan o‘g‘itning 70,0 foizi yo‘qotilmoqda, fosfor esa tuproqqa solinganidan ham 
10-35,0 foiz ko‘proq yo‘qotilmoqda. Bu tabiiyki tuproqlar unumdorligiga va ekinlar 
hosildorligiga o‘zining salbiy ta’siri ko‘rsatadi.
Suv eroziyasini namoyon bo‘lish darajasi joyning nishabligi (qiyaligi) bilan uzviy 
bog‘liqdir. Qoidaga binoan, 1° gacha bo‘lgan nishablik joylarda eroziyaga 
uchramagan, 1 dan 3° gacha hududlarda kam eroziyalangan, 3-5° o‘rtacha 
eroziyalangan hamda 5° dan yuqori hududlarda kuchli eroziyalangan yerlar 
shakllanadi. Eroziyalanganlik darajasi 2-3 marta oshishi bilan tuproq profilining 
qalinligi kamayadi, hamda o‘rta va kuchli eroziyalangan bo‘z tuproqlar turlarida 
tuproqning haydov qatlamiga endi tuproq paydo qiluvchi jinslar jalb qilinadi, bu yerda 
gumus, azot miqdorlari tubdan kamayadi, ya’ni tuproqning unumdorligi pasayadi
demak qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorliklari kamayadi (7-jadval) 


41 
7-jadval 
Suv yoki shamol eroziyasining darajalariga qarab tipik bo‘z tuproqlar 
unumdorligini o‘zgarishi 
№ 
Eroziyalanganlik 
darajasi 
A+B 
gorizontining 
qalinligi, sm 
Singdirish 
hajmi mg-
ekv/100 g 
Gumus 

Azot


Eroziyalanmagan
90 
12-15 
2,5 
0,1 

Kam 
eroziyalangan
50 
12-15 
2,0 
0,08 

O‘rta 
eroziyalangan 
40 
10-12 
0,9 
0,07 

Kuchli 
eroziyalangan 
30 
8-10 
0,7 
0,04 
Olib borilgan tadqiqotlar shundan darak beradiki, paxta ekinining vegetatsiya 
davrida tuproq zarrachalarining yuvilishi tog‘oldi tekisliklarida yil davomida gektariga 
100-160 tonnani tashkil etgan. Tuproqning suv eroziyasi oqibatida undagi gumus va 
ozuqa moddalari yo‘qotiladi. Qishloq xo‘jaligidan eng qimmatli sug‘oriladigan yerlar 
oqib ketadi. Tuproqdan deyarli uchdan bir qism mineral o‘g‘itlar va yadoximikatlar 
yuviladi va ular tuproq havzalarida to‘planadi, bu esa atrof-muhitga va insonlar 
salomatligiga katta zarar yetkazadi. 
Kamyuviladigan tuproqlarda hosilni yo‘qotilishi 15-20 % ga, o‘rtacha yuvilgan 
tuproqlarda 20-25 % ga va kuchli yuvilgan tuproqlarda 30-35 % gacha yetishi 
kuzatiladi. Tuproq eroziyasi qishloq xo‘jalik ekinlarini qaytadan ekishga qo‘shimcha 
xarajatlar sarflashga sabab bo‘ladi, sug‘orish suvini ortiqcha sarflanishiga olib keladi, 
sug‘orish kanallari va inshootlari tiklanishiga qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi. 
Aksariyat hollarda tuproq eroziyasi haydalma yerlarni qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishidan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə