Landshaftli yer tuzish


Turli qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqlarni yo‘qotilish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Turli qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqlarni yo‘qotilish 
koeffitsientlari 
№ 
Qishloq xo‘jalik ekinlari 
koeffisienti 

Doimiy, almashtirmasdan haydalma ekinlar ekish natijasida 
1,0 
2 Bir yillik o‘tlardan keyin haydalma ekinlar ekish 
0,40 
3 Xuddi shunday ikki yillik o‘tdan keyin 
0,35 
4 Xuddi shunday uch yillik o‘tdan keyin 
0,30 
5 Xuddi shunday donli ekinlardan keyin 
0,90 
6 Birinchi yil foydalanishdagi ko‘p yillik o‘tlar 
0,01 
7 Ikkinchi va uchinchi yil foydalanishdagi ko‘p yillik o‘tlar 
0,005 
Eroziyaning rivojlanishi ko‘p jihatdan joylardagi o‘simliklar to‘shamiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. ushbu o‘simliklarning ildiz tizimlari tuproq gruntlariga chirmashgani 
holda tuproqni mahkamlaydi, yuvilishga qarshilikni oshiradi. Ko‘p yillik o‘tlarni 
eroziyaga qarshi kuchli rol o‘ynashini va aksincha, haydalma yerlarni, haydalma 
ekinlarni eroziya jarayonlarini kuchaytirishini S.S.Sobolev va M.I.Zaslavskiylar ham 
o‘zlarining tadqiqotlarida qayd qilishgan. Ularning ma’lumotlari bo‘yicha 
makkajo‘xori ekilgan dalalarda arpa va suli ekilgan dalalarga nisbatan eroziyani 
namoyon bo‘lishi 1,7-1,9 marta kuchi bo‘lgan. Umuman olganda, turlicha qishloq 


48 
xo‘jaligi ekinlari eroziyaning namoyon bo‘lishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Eroziya 
jarayonlarini murakkabligi sababli birinchi yaqinlashish sifatida tuproqni yo‘qotish 
koeffitsientidan foydalanish mumkin (4-jadval). Ammo ular ham amaliyotda 
uchraydigan son-sanoqsiz sharoitlarni to‘la hisobga olishga imkon bermaydi. 
Sug‘orish eroziyasiga hosilni yig‘ishtirib olish usullari, ekish usullari, ekin 
turlarining qalinligi, nishablikka nisbatan qatorlarning yo‘nalishlari ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Yana bir karra qayd qilish zarurki, sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini amalga oshirish texnologiyasini buzilishi sug‘orish 
eroziyasini vujudga keltirishda asosiy sabab bo‘ladi. shu bilan bir qatorda
sug‘oriladigan dehqonchilikda sug‘orish eroziyasini vujudga kelishida qator boshqa 
omillar ham rol o‘ynashini hisobga olib, unga qarshi kurashish ham ko‘p qirrali 
xarakterga ega ekanligi e’tirof etish zarur. Bu yerda biz faqatgina sug‘orish eroziyasi 
bilan kurashishning umumiy vazifalarinigina eslatib o‘tamiz: 
-
Sug‘orish oqimlarini maydalashtirish va uni bir to‘rlab bo‘lib oqishini bartaraf 
etish yo‘li bilan sug‘orish suvini tuproq qatlamini yuvish va yuvilishdagi energetik 
omilini susaytirish; 
-
Sug‘orish suvi tezligini pasaytirish va uni tashlash koeffitsientini kamaytirish; 
-
Eroziyaga uchragan yerlardan mumkin qadar samarali foydalanish va ular 
unumdorliklarini tiklash. Bu esa, o‘z navbatida, tuproqlarni eroziyaga uchraganlik 
darajasiga qarab tuproq muhitining elementlariga turli qishloq xo‘jalik ekinlarini 
talabini hamada ularni tuproqlar xususiyatiga ta’sirini hisobga olgan holda ekinlarni 
almashlab ekish va joylashtirishni tabaqalangan holda amalga oshirish evaziga 
erishiladi. 
Yuqorida qayd qilingan vazifalarni hal qilish eroziyaga qarshi tadbirlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirishga asoslanadi. Eroziyaga qarshi kurash tadbirlari majmuasi 
deganda turlicha sifatlarga ega bo‘lgan usullarni – tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, 
agroo‘rmonmeliorativ, gidrotexnik va boshqa usullarni bir-birlarini o‘zaro bog‘liq 
holda to‘ldirishini ilmiy va iqtisodiy asoslangan tarzdagi to‘plami tushuniladi. Bu 
to‘plam aniq olingan hududda eroziyalanish jarayonlaridan ogoh qiladi, bartaraf etadi 
yoki eroziyani anchagina pasaytiradi, shuningdek eroziyalangan tuproqlar 
unumdorligini tiklaydi. 
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlarining umumiy majmuasidan tuproq eroziyasi 
bilan kurashish bo‘yicha tadbirlarning nisbati aniq tabiiy va iqtisodiy sharoitlar bilan 
aniqlanadi va eroziya turlariga, eroziyaga uchragan yerlardan foydalanish xarakteri va 
o‘lchamlariga mos tarzda o‘rnatiladi. Xususan, sug‘orish eroziyasi namoyon 
bo‘ladigan sharoitlarda asosiy tadbir sifatida gidrotexnik tadbirlar, shamol eroziyasi 


49 
mavjud bo‘lgan sharoitda –agroo‘rmonmeliorativ tadbirlari qo‘llaniladi. Ammo barcha 
holatlarda ham eroziyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari quyidagilar bo‘ladi: 
-
Eroziya namoyon bo‘ladigan barcha hududlarda (suv to‘planish basseynida, 
ma’muriy yoki geografik tuman va h.k.) gi himoyalash tadbirlarini o‘zaro bog‘liqligi; 
-
Hududlarning tabiiy xususiyatlari va iqtisodiy sharoitlarini mumkin qadar to‘la 
hisobga olishni ko‘zda tutuvchi eroziyaga qarshi tadbirlarni mintaqaviyligi. Turlicha 
tabiiy-tarixiy sharoitlarda eroziya bilan bilan kurashning turli usullari qo‘llaniladi. 
Holatlarni amalga oshirilishini maqsadga muvofiqligi iqlim sharoitlarini, relyefi, 
tuproq va o‘simlik qoplamlarini, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini 
hisobga olgan holda hal qilinishi mumkin. 
-
Himoya qilish tadbirlarining iqtisodligi – bunday iadbirlar uchun mumkin qadar 
kamroq qimmatli yerlarni ajratgan holda va ularni amalga oshirish uchun kamroq 
mehnat va moddiy resurslar sarf qilgan holda loyihalanadigan tadbirlardan ko‘proq 
samara olish. Shu sababli himoyalash usullarining eroziyaga qarshi tadbirlar 
loyihalashda mumkin qadar yuqori eroziyaga qarshi samarada kamroq xarajatlarni 
ta’minlaydigan turli yechimlar va variantlarni taqqoslash zarur. 
O‘zaro bog‘liq tadbirlar (tashkiliy-xo‘jalik, o‘rmonmeliorativ, gidrotexnik) ning 
qo‘llashni zaruriy nisbatlarini bir vaqtning o‘zida qo‘llashni ko‘zda tutadigan 
himoyalash chora-tadbirlarining majmuaviyligi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə