Landshaftli yer tuzish


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Tabiiy landshaftlar deb nimaga aytiladi? 
2.
“Landshaftli qobiq” tushunchasi nimani anglatadi? 
3.
Tabiiy xududiy majmua nima va u qanday kichik tizimlardan iborat? 
4.
Amaliy landshaftshunoslik nima? 
5.
Landshaftlarni baholashning asosiy mohiyati nimadan iborat? 
6.
Antropogen landshaftlar qanday vujudga keladi? 
7.
Antropogen landshaftlarning qanday belgilari alohida ajratiladi? 
8.
Landshaftlarni bashoratlash nima va u qanday amalga oshiriladi? 
9.
Landshaftlarni tabiiy geografik bashoratlashda nimalar e’tiborga olinadi? 
10.
Landshaftlarni bashoratlashda qanday usullardan foydalaniladi?\ 


14 
II-BOB. LANDShAFTNI REJALASHTIRISH VA YER TUZISH 
 
2.1. Yer tuzish va landshaftning mavjud tarkibini o‘zgarishi. 
Qishloq xo‘jaligi yer tuzish sohasidagi landshaftli rejalashtirish imkoniyatlari 
davlat darajasidagi qonunchilik aktlari bilan belgilangan. Bunday qonunchilik aktlariga 
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi kiradi. U yerdan foydalanish va muhofaza 
qilish tushunchalarini yer kodeksining barcha moddalarindagi tenglik holatini 
ta’minlagan holda yer munosabatlarini yerlardan foydalanish va muhofaza qilish 
bo‘yicha munosabatlar sifatida aniqlaydi. Shunga qaramasdan landshaftli rejalashtirish 
usullarini yer tuzishda qo‘llash yerlarning mavjud imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va 
ularda funksional mintaqalashni o‘tkazishga imkon beradi. Bunda turli mohiyatga ega 
bo‘lgan yerlarni sifati bo‘yicha ham turlichaligini hisobga olgan holda bir-birlaridan 
ajratish orqali mintaqalashni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday 
holda yerlarning huquqiy rejimi ularni u yoki bu toifaga qarashli ekanligi bilan 
belgilanadi, albatta. Shundan so‘ng landshaftli ekologiyaning ba’zi masalalarini ko‘rib 
chiqish mumkin. Aynan ushbu masalalar amaliy yer tuzish bilan uzviy bog‘liq hamda 
u mahalliy darajadagi, ya’ni alohida olingan qishloq xo‘jalik korxonasi bo‘yicha 
landshaftli rejalashtirishda foydalanilishi mumkin. Har qanday mamlakatning madaniy 
landshafti, eng birinchi galda qishloq xo‘jaligini yuritish hududlarni tashkil etish bilan 
bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi landshafti sifatida shakllangan. 
Mahalliy darajadagi landshaftli rejalashtirish yer tuzish bilan uzviy bog‘liqdir, 
negaki yer tuzish jarayonida yerda ma’lum bir tartib o‘rnatiladi, agrolandshaftlar 
elementlarining nisbatlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi. Demak, mahalliy 
darajadagi landshaftli plan yer tuzishning ekologik qirrasi sifatida namoyon bo‘lashi 
zarur, ya’ni joyning muhitini muvozanatlashtiruvchi ekologik tashkil etuvchilarni 
shakllantiruvchi 
vosita 
yordamida 
tabiatni 
o‘zgargan komponentlari va 
agrolandshaftlarning elementlari o‘rtasidagi ekologik o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish 
amalga oshiriladi va ularni maqsadga yo‘naltirilgan muvofiqlashtirish bajariladi.
Agrolandshaftlar tarkibini belgilaydigan yer tuzish tadbirlarining tizimi, ko‘p 
yillik davomida, zaruriy ekologik baholash o‘tkazilmasdan ishlab chiqildi. Bu esa, o‘z 
navbatida, katta salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi. Bu oqibatlar tabiatga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (qishloq xo‘jalik yer turlari maydonlarini qisqarishi, eroziya 
jarayonlarini kuchayishi, hosildorlikni pasayishi) va ikkilamchi ta’sir(tuproqlar 
degradatsiyasi, o‘simliklar qoplamini degradatsiyasi, suv va havoni ifloslanishi, 
qushlar va hayvonlari kamayib ketishi) ko‘rinishida bo‘lishi kuzatiladi. Bularning 
barchasi, oxir-oqibatda – ekologik tizimlardagi teskari aloqalar qonuniga binoan-
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdori va sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. 


15 
Ko‘p yillardan beri ishlab kelingan va hayotga tadbiq etishga harakat qilib 
kelingan ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari joyning landshaftli hlati aksariyat hollarda 
e’tiborga olinmaganligi sabali ba’zi bir kamchiliklardan xoli bo‘lmagan. Jumladan: 
-
Joy landshaftining topologik xususiyatlarini e’tiborga olmasdan ichki 
uchastkalarini (sug‘orish uchastkalarini) joylashtirish; 
-
Joyning relyefiga mos kelmagan tarzda dalalar chegaralarini to‘g‘ri chiziqli qilib 
belgilash; 
-
Yerlardan foydalanish intensivligiga tabaqalangan yondoshuv tamoyiliga 
e’tiborni yo‘qligi; 
-
Dadalar chegaralarini asossiz tarzda gidrografik tarmoqlar bilan kesish natijasida 
ular uzun tomonlarini sug‘orish kanalllari bilan noo‘rin bog‘langanligi. 
Yuqoridagilar asosida fikr bildirish mumkinki, joyning ekologik xususiyati 
konsepsiyasi yeo tuzishning amaliy jihatdan tadbiq qilinish tamoyillari bilan joyning 
topografiyalilik darajasida hududlarni ekologik jihatdan tashkil etish to‘g‘risidagi 
qarashlar o‘rtasidagi ko‘proq bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu vazifani hal qilish madaniy 
landshaftlar tarkibidagi tabiiy va antropogen elementlar o‘rtasidagi moddalar energiya 
almashinuvi jarayonlarini boshqarishni qishloq xo‘jaligini iqtisodiy va ekologik 
masalalarini hal qilishga optimal yondoshuvga erishishni o‘rganishni bildiradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə