Landshaftli yer tuzish


 Antropogen landshaftlar va ularning tiplari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

1.2. Antropogen landshaftlar va ularning tiplari
Barcha tirik mavjudotlar qatori inson hayotini ham atrof-muhitsiz, tabiatsiz 
tasavvur qilish qiyin. Inson organizmi ko‘p jihatdan tabiiy komponentlar havo, suv, 
o‘simlik, tuproq, hayvonot va hokazolar bilan bog‘liq. U tabiatdagi moddalar aylanma 
harakati doirasidadir va uning qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Bundan tashqari, inson 
ongli mavjudotdir va u o‘z mehnatini osonlashtirish, yuqori samaraga erishish uchun 
turli mehnat kurollardan, texnika kuchidan foydalanadi. U boshqa organizmlardan 
farqli ularoq ijtimoiy mavjudoddir. Shuning uchun uning hayoti biologik omillar bilan 
bir qatorda ko‘pgina ijtimoiy omillar bilan ham belgilanadi. Inson bevosita va bilvosita 
yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etadi. Bu bilan 
u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qiladi. Ammo ba’zan u o‘zi 
kutmagan, ayrim salbiy oqibatlaring yuzaga kelishiga ham sababchi bo‘lib qoladi. 
Bunday salbiy oqibatlarning ba’zilari dunyoviy tus olmokda va olimlarni, 
jamoatchilikni tashvishga solmoqda.
«Oxrana landshaftov» izoxli lug‘atida xususiyatlari inson faoliyati natijasida 
yuzaga kelgan landshaftlar antropogen landshaftlardir va ular o‘zining tabiiy
ta’riflarini saqlab qolgan taqdirda ham o‘zida madaniy o‘simliklar, o‘zgargan 
tuproq xususiyatlari, yer osti va usti suvlari tartibi bo‘yicha «antropogen» mazmun 
kasb etgan bo‘ladi, deb yozilgan. Bunday holda Yer yuzida tarqalgan 


11 
landshaftlarning ko‘pchiligini antropogen landshaftlar qatoriga kiritsa bo‘ladi. Ularda 
tabiiy sifatlardan bo‘lak ikkinchi xil, ya’ni, ijtimoiy sifatlar ham kasb etgan bo‘ladi.
Landshaftlardan xalq xo‘jaligi maqsadlarida to‘g‘ri va oqilona foydalanish, uning 
ifloslanishi va buzilishining oldini olish yoki muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarni to‘g‘ri hal etish landshaftlarning qaysi komponetga asosiy yetakchi yoki 
bosh rolni o‘ynashini to‘g‘ri hal qilib olish mumkin va bu prinsipial ahamiyatga 
egadir.
Landshaft hosil qiluvchi omillar haqida so‘z yuritilganda, ko‘pincha u yoki bu 
komponentning ayrim xususiyatlari ko‘zda tutilganligini yoki komponent landshaftda 
ma’lum bir kuch sifatida ishtirok etsagina uni omil deb hisoblash hollarini ko‘ramiz. 
Ayrim hollarda esa landshaftga tashqaridan bo‘ladigan kuchlar omil sanaladi. Masalan, 
quyosh radiatsiyasi, yerning gravitatsiya kuchi, yerning ichida bo‘ladigan tektonik 
kuchlar, havo sirkulyatsiyasi va hokazo.
Aslini olganda landshaftlar juda ko‘p turli tuman omillar ta’sirida shakllanadi. 
Ular landshaftlarda turli sifat va xususiyatlarning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb 
etadi. Agar landshaftlarning shakllanishida ma’lum bir turdagi omillar ahamiyatli 
hisoblansa, ularning tabaqalanishida yoki rivojlanishida boshqa bir turdagi omillar 
ahamiyatli bo‘ladi. Landshaftlarning o‘zgarishida esa yana bir boshqa guruh omillar 
ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai-nazardan qaraganda tabiiy landshaftlarning 
antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch sanaladi. Shuning 
uchun ham inson faoliyati ta’sirida o‘zgargan landshaftlarni antoropogen landshaftlar 
deb atashdan ko‘ra antropogen landshaftlar omil ta’sirida o‘zgargan landshaftlar deb 
atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. Bunda inson ta’sirida tabiiy jarayon hamda tashqaridan 
ta’sir etadigan omil deb qaralmog‘i lozim.
Hozirgi zamon landshaftlarining ko‘pchiligi insonning oqilona faoliyati natijasida 
o‘zgartirilgan bo‘lib, ularni madaniy landshaftlarga aylantirish lozim. Bunday 
landshaftlarning eng asosiy xususiyatlaridan biri maxsuldorlik va iqtisodiy 
samaradorlik bo‘lishi kerak. Landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy 
jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy 
maqsadga aylanishi kerak. Darhaqiqat, inson dexqonchilik bilan shug‘ullanar ekan, u 
o‘z oldiga eng avval bir narsani, ya’ni ilojn boricha ko‘proq qishloq xo‘jalik maxsuloti 
olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadga erishish uchun landshaftni tekislaydi, 
tuproqni ma’lum bir qalinlikda ag‘darib tashlaydi, o‘g‘it soladi. Ma’lum bir ekin ekadi, 
sug‘oradi, begona o‘tlar va zararkunandalar, xashoratlarga qarshi turli xil dorilarni 
ishlatadi, tuproqni sho‘rinn yuvadi, zax suvlarini qochiradi va hokazo. Xullas, ekin 
ekishdan to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar turli-tuman agrotexnik tadbirlarni 
qo‘llaydi va bu jarayonlar, yuzlab yillar mobaynida qaytalanaveradi. Natijada bizga 
yaxshi tanish bo‘lgan va antropogen landshaftlar ichida «madaniy landshaft» deb 


12 
atalishi mumkin bo‘lgan hamda yuqori maxsuldorlik, iqtisodiy samaradorlik kabi 
talablarga ozmi ko‘pmi mos kela oladigan landshaftlar hosil bo‘ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə