Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

1.3.
 
Landshaftlarni bashoratlash
Landshaftlarning 
kelajagini 
oldindan 
aytib 
berish, 
bashorat 
qilish 
landshaftshunoslik fani oldida turgan dolzarb, ammo murakkab va muammoli 
masalalardan biridir. Bu borada bajarilgan ilmiy nazariy ishlarning soni ham salmog‘i 
ham nisbatan katta emas. Bunday bashoratning mohiyati mazmuni hatto qanday 
atalishi haqida ham turli fikr va mulohazalar mavjud.
Keng ma’noda olganda bashorat grekchadan kirib kelgan «Rgofnosis" 
atamasining tarjimasi bo‘lib qandaydir voqea, hodisa jarayonlarning rivojlanish va 
yakunidagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish demakdir. Umuman bashorat haqida 
aytilgan mulohazalarning birida bashorat qilish deganda, kelajak haqida aynan kuzatib 
o‘rganishning iloji bo‘lmagan malum turdagi hodisalar haqida ularning rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish asosidagina tassavvurga ega bo‘lish tushuniladi.
F.N.Milkov (1990) tabiiy-geografik bashoratning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy 
maqsadi geografik qobiqda, landshaftlarda va ularning komponentlarida yaqin va uzoq 
kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarning yo‘nalishi va jadalligini aniqlashdan iboratdir 
deb hisoblaydi.
Tabiiy geografik bashoratda asosan malum muddatdan so‘ng geografik qobiqda 
landshaftlar, o‘lkalar, zonalar kabi turli ko‘lamdagi tabiiy geografik majmualarda
yoki geotizimlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarning yo‘nalishi va jadalligini oldindan 
aniqlash maqsad qilib olinadi.
Tabiiy geografik bashorat qilish jarayonida bir vaqtning o‘zida uch turdagi 
o‘zgarishlarni e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi. Bular:
1.Insonning ta’sirisiz geotizimlarning o‘z rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq 
holda ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
2.Tabiat qonuniyatlariga asoslangan ammo insonning malum maqsadlarni 
ko‘zlangan holda ta’sir etishi natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
3. Inson tomonidan ongli ravishda biror maqsadni ko‘zlagan holda tabiatga 
ta’sir etishi natijasida yuz beradigan o‘zgarishlardir.
Inson tomonidan barpo qilinadigan turli muhandislik- texnik inshootlar (suv 
omborlari, kanallar, meliorativ tizimlar va h.k.) ning atrof-muhitga bo‘ladigan ta’siri 
natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashorat qilish, asosan mahalliy 
miqyosdagi bashorat hisoblanadi. Ammo landshaftlar turlarining o‘zgarishini bashorat 
qilish orqali regional bashorat miqyosiga chiqish mumkin.
Geografik bashoratning muddatini belgilashda geotizimlarda kutiladigan 
o‘zgarishlarning asosiy sabablarn va omillarini belgilab olishning ahamiyati kattadir. 


13 
Ko‘pgina bashorat tajribalarida asosan ikki xil yirik omillar asos qilib olinadi. 
Ularning birinchisi tabiiy omillar (quyosh faolligidagi o‘zgarishlar tektonik 
o‘zgarishlar va h.k.) bo‘lsa, ikkinchisi antropogen ya’ni insonning xo‘jalik faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan omillardir. Regional landshaft bashoratlarida bir tomondan 
o‘rganilayotgan regionni yaxlit holda ikkinchi tomondan shu regiondagi hukmron 
landshaft xillarining rivojlannshidagn barkaror yo‘nalishlarni aniqlab olish muhim 
ahamiyatga ega Shuning uchun ham landshaftlarning kelajagini oldindan aytib berish 
uchun paleogeografik usul bilan birga landshaftlarning utmishini tahlil qilishni 
birgalikda olib borish lozim bo‘ladi.
Landshaftlarni bashorat qilishning tamoyillari kabi usullari ham turli-tumandir. 
Umummilliy bashoratlarning 50 dan ortiq metod va usullari mavjud. Ammo ularning 
har biridan landshaftlarni bashorat qilishda unumli foydalanish mumkin deb 
bo‘lmaydi. Ularning ayrimlaridagiga foydalanish mumkin xolos. Buning asosiy sababi 
bashorat qilinadigan ob’ekt geotizimlarning murakkabligi serqirraligi va ko‘p 
omilligidir. Shuning uchun ham landshaftlarni bashorat qilish tajribalariga asosan 
geografik usullardan foydalanilganligi sezilib turadi. Ko‘proq amaliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan ekstropolyatsiya geografik o‘xshamalarni tanlash, ekspert baholash, 
indikatsiya, kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish, kartografik va boshqa usullarni sanab 
o‘tish mumkin. Bunday bo‘linish shartli bo‘lib, amalda esa bir usul bilan ikkinchisi 
kirishib ketadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə