Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari


FIZIKAVIY KATTALIKLARNI O‘LCHASH VA XATOLIKLAR



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

FIZIKAVIY KATTALIKLARNI O‘LCHASH VA XATOLIKLAR 
NAZARIYASI XAQIDA QISQACHA MA’LUMOTLAR 
1. Fizikaviy kattaliklarni o‘lchash. 
Biror-bir
kattalikni o‘lchash deganda bu 
kattalikning birlik sifatida qabul qilingan bir jinsli etalon kattalik bilan solishtirilib, 
undan necha marta katta yoki kichikligini bilish tushuniladi. 
Fizikaviy kattaliklarni 
absolyut aniq o‗lchab bo‗lmaydi. Fizikaviy kattaliklarni o‗lchash jarayonida o‗lchov 
asboblarining tuzilishiga xamda kuzatuvchining sezgi organlarining sezgirligiga 
bog‗liq ravishda o‗lchash natijalari ma‘lum xatoliklar bilan aniqlanadi. Topilgan 
natijalar o‗lchanayotgan kattaliklarning taqribiy qiymatini beradi. O‗lchashda ro‗y 
beradigan xatoliklar ikki guruxga bo‗linadi: 
sistemali va tasodifiy xatoliklar.
a)
s
istemali xatoliklar. 
Bunday xatoliklar odatda tajriba o‗tkazilguncha 
aniqlanishi mumkin bo‗lgan xatoliklardir. Ular asosan ishlatiladigan asboblarning 
ayrim kamchiliklari tufayli yuz beradi va ayni bir kattalikni takroriy o‗lchashlar 
jarayonida ularning qiymatlari doimo bir xil bo‗ladi. Masalan, masshtabli chizg‗ich 
shkala bo‗limlarining bir xil emasligi, kapillyar naycha diametrining uning turli 
qismlarida turlicha bo‗lishi, elektr o‗lchov asboblari strelkalarining nol qiymatidan 
siljib qolganligi va x.k.lar sistemali xatoliklarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. 
Sistemali xatoliklardan ko‗p xollarda ularni o‗lchov asbobi ko‗rsatishiga tuzatma 
sifatida xisobga olish yo‗li bilan yoki o‗lchov asboblarini etalon o‗lchov asboblari 
bilan solishtirish natijasida qutilish mumkin. 
b) tasodifiy xatoliklar
o‗lchash jarayonining turli bosqichlariga ta‘sir etuvchi 
aloxida sabablar oqibatida paydo bo‗ladigan xatoliklardir. Masalan, o‗lchov 
asboblarining ko‗rsatishidagi noaniqliklar, sezgi organlarimizning nomukammalligi 
va tashqi (temperatura, bosim, namlik va x.k.) muxitning o‗lchash jarayoniga 
uzluksiz ta‘siri tufayli paydo bo‗ladigan xatoliklar shular jumlasidandir. Bu 
xatoliklarni tajriba oldidan e‘tiborga olishning imkoniyati yo‗q. Bunday xatoliklarni 
butunlay yo‗qotib bo‗lmaydi, lekin ularning sonini minimal qiymatgacha kamaytirish 
mumkin. Tasodifiy xatoliklarning extimollik qonuniyatlariga bo‗ysunishi ularning 
o‗lchanayotgan kattalikning xaqiqiy qiymatini o‗z ichiga oladigan chegaraviy 
qiymatlarini aniqlash imkonini beradi. Eksperimentatorlarni e'tiborsizligi tufayli 
vujudga keladigan xatoliklar 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə