Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari


 bosqich: Obyektivlarni yustirovka qilish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

2 bosqich:
Obyektivlarni yustirovka qilish.
Obyektivlarni yustirovka qilish uchun pentaprizma o‗rniga ichiga 
suyuqlik to‗ldirilgan kyuveta joylashtiriladi. Suyuklikni shunday tanlab 
olish kerakka bunda, nur kyuveta orqali o‗tganda
(2-rasm) yaxshi sochilishi va 90
0
burchak ostida qaraganda ko‗rinishi 
kerak. 
2- rasm. IZA-2 okulyarning kuzatish maydoni 
Bunday suyuqlik sifatida sovunning suvdagi eritmasini ishlatish 
mumkin. Muxitda ko‗rinayotgan «SHNUR» yorug‗lik bo‗lishiga erishish 
uchun uni L
1
, kondensor linza yordamida fokusirovka qilish kerak. 
Shuningdek uni ham bir belgi bo‗yicha joylashtirish kerak. 
L
2
kollimator obyektivini foksirovka qilish uchun 1 nurni L
2
linzaning fokusida joylashtirish kerak. Bunday holda L

obyektiv optik 


o‗qiga parallel bo‗lgan yorug‗lik dastasini hosil qiladi va kollimator 
vazifasini bajaradi. 
Kollimator obyektivini fokusirovka qilish uchun, cheksizlikka 
to‗g‗irlangan ko‗rish trubkasidan foydalaniladi. (agarda uzoqda joylashgan 
predmet ko‗rinsa biz kuzatish trubkasi cheksizlikka to‗g‗irlangan deymiz). 
Obyektivni optik o‗q bo‗ylab siljitib nur chiqarayotgan sterjenni ko‗rish 
trubkasida aniq ko‗rinishiga erishiladi va shundan keyin L
2
obyektiv relsga 
maxkamlanadi. (Shunga e‘tibor berish kerakki 2 nur belgidan siljimasligi 
kerak). 
Shundan keyin L
3
kamerali obyektivni foksirovka qilinadi. Agarda 

fokal tekisligida nur tarqatayotgan sterjenning aniq tasviri hosil qilinsa 
kamerali obyektiv fokuslangan deb hisoblanadi. Bu yerda ko`pol 
foksirovkani aniq foksirovkadan ajratish muxim axamiyatga ega. 
Ko`pol foksirovka uchun linzadan yoki optik trubkadan foydalanish 
mumkin. Bunda linza yoki optik trubkani fokal tekisligida tirqishning 
chekkasiga tug‗ri olinadi. Keyin noniyusli mikrovint yordamida 
obyektivning kameradagi holatli topiladi. Bu xolda «ShNUR» tirqishning 
chekkasi bilan bir vaqtda aniq ko‗rinishi kerak. 
Aniq foksirovka qilish uchun nur tarqatayotgan «ShNUR» ni 
fotografik qayd qilish kerak. Buning uchun bir xil ekspozitsiyada 
kameraning xar xil holatlarida
16: 16,2: 16,4: 16,8 : 17 : 17,2 : 17,4. 
nur tarqatuvchi shnur plyonkaga qayd qilib olinadi. Shundan keyin 
plyonkaga ishlov berilib undan keyin eng aniq tasvir aniqlanadi., aytaylik 
shu tasvir 17 shkalaga tug‗ri kelsin. Shundan keyin keyingi rasmlar juda 
kichik qadamlarda 16,9 : 17 : 17,1. Amalga oshiriladi. Eng aniq tasvir biz 
izlayotgan aniq foksirovka bo‗ladi. 
3 bosqich: Fabri-Peri interferometrini yustiovka qilish. 
Aniq interferension manzara hosil qilish uchun interferometrning 
ko‗zgusi yuqori aniqlik bilan bir-biriga parallel joylashtirilishi kerak. 
Ko‗zgularni aniq parallel joylashtirish uchun uchta prujinali vintlardan 
foydalaniladi. Fabri-Pero interferometri ko‗zgulari orasidagi masofa 02-2 
sm gacha bo‗lsa yustirovkani istalgan yorug‗lik manbanyi yordamida 
amalga oshirish mumkin. 
Fabri-Pero interferometrini yustirovka qilishda He-Ne lazeri ideal 
yorug‗lik manbayidir, Chunki lazerning nurlanish chizig`‗i juda nozikdir. 
a). FPI da plastinkalarni joylashtirishning eng ko‗p tarqalgan usuli bu 
cheksizlikka lokallangan polosalarning bir xil naklonini kuzatish usulidir. 
Agarda plastinlar qat‘iy parallel joylashgan bo‗lsa unda xalqa cheksizlikka
lokallashtirilgan bo‗ladi. Buni ko‗z bilan yoki optik truba yordamida 
kuzatish mumkin. Bunda optik truba cheksizlikka to‗g‗irlangan bo‗lishi 


kerak. Agarda plastinkalar parallel bo‗lsa, ko‗zni plastinka bo‗ylab 
xarakatlantirsak xalqaning diametri o‗zgarmay qoladi. Agarda plastinkalar 
bir-biri bilan qandaydir bir burchak ostida joylashgan bo‗lsa, ko‗zni 
yuqoridan pastga qarab xarakatlantirsak xalqanining kengayishini 
ko‗ramiz, teskari tomonga xarakatlantirganimizda esa sistema o‗rtasiga 
qarab xalqalarning qislishini kuzatamiz. Agarda platinkalar bir-biri bilan 
parallelligi kamgina buzilsa, xam ko‗zni xarakatlantirganimizda xalqalar 
navbatma-navbat paydo bo‗ladi, yoki yo‗qolib ketadi. Shuning uchun
yustirovka qiluvchi vintlar yordamida ko‗z butun plastinka yuzasi bo‗ylab 
xarakatlanganda kuzatilayotgan manzarani o`zgarmasligiga erishiladi. 
b). Plastinkalar orasidagi masofa 2-5 sm gacha o‗zgartirilsa, interferometr 
bilan kuzatuvchi masofani xam o`zgartirish kerak.
Bu xolda shunday holatlga erishish mumkinki, bunda birinchi xalqa yoki 
birinchi xalqaning bir qismi kuzatish maydonini butunlay qoplashi 
mumkin. U xolda boshni ozgina xarkatlantirib darxol parallellik 
buzilganligini kuzatish mumkin. Yustirovka qilishning bu usuli plastinlar 
orasidagi masofa 5 sm gacha bo‗lganda juda qo‗l keladi. 
v). Agarda plastinlar orasidagi masofa juda kichik (0,1-02 sm) bo‗lsa 
yustirovka qilish uchun bir xil qalinlikdagi plastina yuzasiga 
lakallashtirilgan polosalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
4 bosqich: Interferension xalqalarni suratga olish. 
Agarda FP interferometri va spektral asbob butunlay yustirovka 
qilinmagan bo‗lsa, interferension manzaralar xar xil ekspozisiyada va xar 
yoritilganlikda bir nechta rasmga olinadi. Agarda manzara juda yoritilgan 
bo‗lsa u xolda kameraning oldiga loyka eritmali kyuveta yoki neytral filtr 
qo‗yib rasmga olish kerak. 
5 bosqich: Interferension manzaralarning dispersiya egriligini tuzish.
Ishning bu qismini bajarish uchun IZA-2 komparatorining ish metodi 
bilan tanishib chiqish kerak. Komparator bu chiziqlar orasidagi masofani 
o‗lchash uchun xizmat qiladi. Buning uchun presizasion shkala va 
spektrogrammadan 
foydalaniladi. 
Komparatorda 
spektrogrammani 
kattalashtirib kuzatish uchun mikroskop va shkalani kuzatish uchun spiralli 
okulyarli mikrometrli mikroskop mavjud. Uzunligi 150 mm bo‗lgan shkala 
shisha plastinkaga tushirilgan, bitta bo‗limlarining qiymati 0,1 mmga teng. 
Shkala joylashgan stolik qo‗l bilan ancha ko`pollik bilan sijitiladi, aniq 
sijitish mikrometr yordamida amalga oshiriladi. 
Millimetrning undan bir qismi bevosita shkaladan hisoblaniladi, 
yuzdan va mingdan bir ulushlari esa spirali okulyarli mikrometr yordamida 
aniqlanadi. Bunday asbob yordamida chiziqlar orasidagi masofani 1-2 
mkm aniqlikda o‗lchash mumkin. 3-rasmda okulyarning kuzatish 


maydoni ko‗rsatilgan. Bu yerda sifrlangan uzun shtrixlar millimetr 
shkalasini tashqil qiladi. 
Mikroskopni yustirovka qilishda tubusning uzunligi o`zgarishiga qarab 
obyektivning shunday kattalashtirishiga erishish kerakki, bunda ikkita 
qo‗shni shtrixlar orasidagi masofa birinchi va oxirgi spirallar orasidagi 
masofaga teng bo‗lishi kerak. Bu xolda spiral bir o‗ramining qiymati va 
qo‗zgalmas shkalaning bir delansining qiymati 0,1 mm ga teng bo‗ladi. 
Aylana shkalaning bo‗limi esa 0,001 mmga teng bo‗ladi. 
3-rasm. Komparator shkalasidagi hisoblar. 
O‗lchash o‗tkazish uchun maxovikni burab shkalani shunday burash 
kerakki, unda o‗ramlar zonasida joylashgan millimetrli shkalaning shtrixi 
o‗ramlarga yaqin bo`lgan spiralning o‗ramlari bilan chiziqlarining 
o‗rtasida bo‗lishi kerak. Hisob uchun indeks bo‗lib qo‗zg‗almas 
shkalaning nolinchi shtrixi xizmat qiladi.
2-rasmda «12» shtrix nolinchi shtrixdan bir nechta ulushga o‗tib turibdi, 
«V» shtrix esa nolinchi shtrixga yetmay turibdi. 
Bu yerda hisob 12 mm va «12» shtrixdan nolinchi shtrixgacha 
bo‗lgan ulushi bo‗ladi. Bizning bu xolimizda ulushning qiymati ikkiga 
teng. Millimetrning qolgan yuzdan va mingdan bir ulushini aylana 
shkaladan aniqlab olamiz. Demak natijaviy hisob 12,27, 25 mm ga teng. 
Spektrogrammani shunday joylashtirish kerakki, spektrning siljishi 
kuzatish maydonida asbobning dispersiyasi yo‘nalishi bilan bir xil 
yo‘nalishda bo‗lishi kerak. Buning uchun okulyarning gorizontal ipini 
spektral chiziqlarning oxiriga to‗gi‘rlab olinadi. Komparatorning 
stolchasini siljitganda okulyarning ipini gorizontalligi buzilmasligi kerak. 
Spektrogrammani ulchash uchun plyonka ikkita plastinka oralig‗iga 
qisqich yordamida qisiladi.Spektrogrammaning ko‗rinishi va uni chiziqqa 
tug‗ri joylashtirish kuzatish maydonining yoritilganligiga bog‗liq. Agarda 


kuzatish maydoni bir xil yoritilgan bo‗lsa olingan natijalar shuncha aniq 
bo‗ladi. O‗ta yoritilgan yoki juda kam yoritilganlik natijalar aniqligini 
kamaytiradi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə