Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari


Kattalashtirishni tanlash



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

Kattalashtirishni tanlash 
Chiziqlarni yuqori aniqlikda to‗g‗irlashga qarab ayrim optik kattaliklari 
mavjud. Agar chiziqlar qancha nozik va qancha siyrak bo‗lsa, shuncha 
ko‗p kattalashtirish maqsadga muvofiq. O‗ta kattalashtirishda o‗lchashlar 
o‗tkazish xam maqsadga muvofiq emas, chunki bunda emulsiyaning ayrim 
nuqtalari xam ko‗rinib qoladi. Bu esa ko‗zimizning shu nuqtalarning 
maksimumini aniqlashi yomonlashadi. Bu nuqtalar (zerna) esa spektral 
chiziqlar ichida joylashgan bo‗ladi. Shuning uchun olgan hisobotimizda 
xatolik juda katta bo‗ladi. 
O‘lchash texnikasi 
Chiziqning holatlini tug‗ri ulchash uchun uni mikroskopning 
namunaviy holatliga mos qilib joylashtirish kerak. Buning uchun 
okulyarda iplar sistemasi (nitey) mavjud bo‗lib bu iplar yordamida 
chiziqning holatli to‗g‗irlanadi. 
Keraklicha kattalashtirish tanlab olingandan keyin, mikroskop 
okulyarini shunday joylashtirish kerakki, unda okulyar iplar juda aniq 
ko‗rinishi kerak. Shundan keyin istalgan bir nozik spektral chiziq okulyar 
iplari orasiga joylashtirilib mikroskopning trubkasini optik o‗q bo‗ylab 
siljitib, spektral chiziqlarning aniq tasviri hosil qilinadi. Agarda iplar bilan 
spektral chiziqlarning tasviri ustma-ust tushmasa, okulyarga nisbatan 
o‗zgartirilsa ip chiziqqa nisbatan siljiydi. Bunday parallaktik siljishni 
mikroskopni foksirovkasini o‗zgartirib to‗g‗irlash mumkin. 
Uzoqdan yoki yaqindan ko‗radigan talabalar ko‗z oynakda 
ishlamasliklari kerak, ko‗zni korreksiya qilish okulyarni foksirovka qilish 
orqali amalga oshiriladi. 
Dispersion egrilikni chizish 
3-rasmda ko‗rsatilgan shaklda okulyarning iplari ko‗rsatilgan. 4-
rasmda holatlga plyonkani xarakatga keltirib erishiladi. Keyinchalik 
komparator shkalasidan mos kelgan qiymat yozib olinadi. Bu nuqta hisob 
olishning boshlanish nuqtasi bo‗ladi. Koretkani kichik qadam bilan siljitib, 
chap gorizontal riskani xalqalar markazdan chapda joylashgan. 
«2», «3», «4» xalqalarga to‗g‗irlash va xalqalar markazidan ungda 
joylashgan «4, «3», «2», «1» xalqalar mos ravishda ung gorizontal 
riskga to‗g‗irlash kerak. Interferension xalqalarning radiusini aniqlash 
uchun chap va o‗ng tomondagi bir xil nomerli xalqalarning orasidagi farq 
va shu qiymatlarning modeli ikkiga bo‗linib olinadi. 


Shundan keyin xalqaning radiusini interferometrining chiziqli 
dispersiyasidan bog‗liqlik grafigini tuzish kerak. 
ADABIYOTLAR 
1.
Zaydel A.N. i dr. Texnika i praktika spektroskopii. M., nauka 1976g 
2.
Malo‘shev V.I Vo‘vedenie v eksperimentalnuyu spektroskopii M., 
nauka 1979g
3.
Optika i atomnaya fizika. Novosibirsk nauka 1983g 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Ishning maqsadi. 
2.
Obyektiv qanday qilib foksirovka qilinadi. 
3.
Spektral asboblarning vazifasi va ularning qo‗llanilish sohalari. 
4.
Fabri-Pero interferension etalonining dispersiya sohasi nima? 
5.
Fabri-Pero etalonining ajrata olish qobiliyati qanday aniqlanadi? 
6.
Interferension xalqalarning radiusi qanday qilib o‗lchanadi? 
7.
 
Komparatorning ishlash prinsipi.
 



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə