Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari


Laboratoriya ishlarini bajarish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

 
3. Laboratoriya ishlarini bajarish. 
Har bir laboratoriya ishini bajarish 
quyidagi tartib asosida olib boriladi: 
3.1. Ushbu qo‗llanmada berilgan laboratoriya ishining tafsiloti diqqat bilan
o‗qib, chiqiladi va puxta o‗zlashtiriladi. 
3.2. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun kerak bo‗ladigan asbob-uskunalar 
bilan tanishgandan so‗ng qo‗llanmaga muvofiq asboblarni o‗rnatish yoki qurilmani 
yig‗ishga kirishiladi. Ba‘zida ishlar tayyor qurilmada bajariladi. 
3.3. Kuzatish va o‗lchash ishlari bajariladi. Ishning bu qismi juda ma‘suliyatli 
bo‗lib, uni bajarishda, ushbu qo‗llanma ko‗rsatmalariga qat‘iy amal qilish kerak. 
Barcha o‗lchash natijalari xar bir ish uchun ko‗rsatilgan jadvalga yoziladi. 
3.4. O‗lchash natijalari ishlab chiqiladi, ya‘ni o‗lchanayotgan kattaliklar ishchi
formulalar yordamida topiladi va uning nisbiy xatoligi foiz xisobida aniqlanadi. 
 
4. Bajarilgan laboratoriya ishi bo‘yicha xisobot tayyorlash. 
4.1. Ishning nomi va tartib raqami yoziladi. 
4.2. Ishning maqsadi. Bunda bajarilgan laboratoriya ishida tajriba yo‗li bilan 
aniqlanishi kerak bo‗lgan fizik kattalik ko‗rsatiladi. 
4.3. Ishchi formula. Bunda aniqlanishi kerak bo‗lgan kattalikning xisoblab 
topilgan ishchi formulasi va formulaga kirgan kattaliklarning nomi, shuningdek 
topilishi kerak bo‗lgan kattalikning o‗lchov birligi SI sistemada ko‗rsatiladi. 
4.4. Jadval yoki grafik. Bunda jadvalga o‗lchash natijalari va xisoblab topilgan 
kattaliklar, absolyut va nisbiy xatoliklarning qiymatlari yoziladi. Agar qo‗llanma 
bo‗yicha talab qilinsa, fizik kattaliklarning bog‗liqlik grafigi chiziladi. 
4.5. Xulosa. Xulosada tajribadan olingan natijaning mazmuni qisqacha bayon 
qilinadi. 
ESLATMA.
Ish yuzasidan tayyorlangan xisobotni aloxida varaqqa yozish 
mumkin. 
Hisobotni yozish formasi oxirgi varaqdagi ―Ilova‖da berilgan. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə