Lingvistika linguistics



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

Unlilar masalasi

O‘zbek  tili  unlilari  miqdorini  belgilashda  o‘sha  davrda                 

turli  fikrlar  mavjud  edi.  Fitrat  o‘zbek  tili  unlilar  tizimi  masalasida 

ikki xil fikr yuritadi. 1921-yilda bo‘lib o‘tgan 1-o‘lka til va imlo qurul

-

toyida u o‘zbek tili uchun  6 (cho‘zg‘i) unlili imlo qabul qilish taklifi 



bilan chiqadi. Mazkur qurultoyda ma’ruza qilgan Ashurali Zohiriy 

o‘zbek tilida 5 ta unli borligini aytadi. Mashhur tilshunos Y.D.Poliva-

nov  o‘zining  “Фонетика  Ташкентского  говора”  asarida  turkiy 

tillar  fonologik  tizimida  ro‘y  bergan  konvergensiya,  divergensiya                                  

hodisalarini ochib berish asosida Toshkent dialektida singarmonizm 

qonuniyati yo‘qolgani, olti unli fonema mavjudligini ko‘rsatgandi. 

O‘zbek yozuvining ham shunga asoslanishi lozimligini ta’kidlaydi 

[Нурмонов 2012, 350].   

1925-1926-yillardan so‘ng o‘zbek adabiy tili vokalizmini bel- 

gilashda singarmonizmli qishloq shevalari xususiyatidan kelib chi-

qish kerak, degan g‘oya ustun kela boshlaydi, shu asosda adabiy tilda 

ham unlilarning qalin va ingichka juftliklari mavjudligi e’tirof etilgan 

holda, bu unlilar uchun alifboda 10 ta, hatto 12 harf belgilash tav-   

siya etiladi. Shuning ta’sirida Fitrat ham yuqoridagi fikrlaridan qay- 

tib, o‘zbek tilshunosligi muammolariga bag‘ishlab yozilgan “Sarf” 

asarida 9 ta unli haqida bahs yuritadi. Fitrat o‘zbek tilini turkiy tillar 

tarkibidagi bir til sifatida barcha turkiy tillarda u yoki bu darajada 

mavjud bo‘lgan singarmonizm qonuniyatini aks ettirishini, bu ho-

lat  esa  shahar  shevalarida  fors-tojik  tilining  ta’sirida  buzilganini,           

shuning uchun umumturkiy fonetik xususiyatni ko‘proq saqlab qol-

gan qishloq shevalariga tayanish juda to‘g‘ri ekanini ta’kidlaydi. Ana 

shu asosda o‘zbek tilida unlilarning “yo‘g‘on”lik va “ingichka”lik  bel- 

gisi farqlovchi belgi vazifasini bajarishi va shu belgiga ko‘ra unlilar 

ikki qatorga bo‘linishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, yo‘g‘on-ingichka- 

lik belgisi bo‘yicha farqlanishga ega bo‘lmagan “e” unlisining mavjud 

ekanini, jami o‘zbek tilida 9 unli fonema borligini bayon qiladi.  



15

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


Ashurali Zohiriyning “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1929-

yil 29, 3-mart sonlarida e’lon qilingan “Til va imlo masalasi” maqo- 

lasida adabiy til, imlo, atama, singarmonizm va o‘zbek tilining bosh-

qa masalalari to‘g‘risida bahs yuritilgan. Mazkur maqolada olim 

unlilar masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Bu haqda tilshunos 

olim A.Nurmonov shunday yozadi: “Ashurali Zohiriy o‘zbek adabiy 

tilida oltitamas, to‘qqizta unli mavjudligini, lotin alifbosida ham ana 

shu to‘qqizta unli uchun harf olish kerakligini aytadi. Garchi muallif 

bu  fikrini  dalillar  asosida  isbotlamasa  ham,  Farg‘ona  (Andijon, 

Marg‘ilon,  Qo‘qon  kabi)  shevalarida  ma’no  farqlash  uchun  xizmat 

qiladigan  to‘qqizta  fonema  borligini  his  qiladi.  Darhaqiqat,  unlilar-                           

ning palatal belgisi Farg‘onaning bir qator shevalarida bugungi kun-

da ham farqlovchi belgi bo‘lib xizmat qiladi va fonologik qimmatga 

ega. Shu bilan birga, Ashurali Zohiriy ayrim mualliflarning to‘qqiz

-

tadan    ortiq  unli  fonemalarga  egaligi  haqidagi  fikrlarining  yеtarli           



isbotlanmaganini tanqid qiladi” [Нурмонов 2012, 350-351]. 

Adib merosini tadqiq qilgan T.Tog‘ayev ham yuqoridagi fikr

-

larni tasdiqlaydi: “A.Zohiriy o‘zbek tilida unlilar haqida to‘xtalar ekan, 



ularning sonini to‘qqizta deb belgilaydi. Bunda olim “sof o‘zbek tili- 

da singarmunizm borligi”ga asoslangan. Uning fikricha, “singarmu

-

nizm bilan cho‘zg‘ining to‘qqiztalig‘i bir-birig‘a qattiq bog‘lang‘on”. 



A.Zohiriy unlilar masalasida o‘zbek shevalarida ma’no farqlash 

uchun xizmat qiladigan 9 ta unli fonema borligini nazarda tutgan. U 

unlilar 6 ta deb qarovchilarga qarshi chiqib, “uni qisqartirish kerak- 

ligi to‘g‘risida so‘z ochish mantiqsizlik va to‘qqizta bo‘lishining aso-

sini tushunmaslikdir” deb ta’kidlaydi. Shu bilan bir qatorda, unlilar 

sonini 9 tadan ko‘p deb qarovchilarni ham tanqid qiladi. Ularning o‘z 

fikrlarini isbotlab bera olmaganini yozadi. A.Zohiriy unlilar soni 9 

ta degan fikrda qat’iy turadi: “Demak, hozirgi 9 cho‘zgi shu topdag‘i          

ilmiy asosg‘a qurilg‘on, uni orttirmaymiz ham, kamaytirmaymiz 

ham” [Тоғаев 2006, 86]. 

Lekin bu fikrlar qat’iy yakuniy emasligini, unlilar balki ortishi 

yoki kamayishi mumkin ekanligini ham ta’kidlaydi: “




Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə