Lingvistika linguistics



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

bo‘lsa, ikkinchi bo‘g‘inida ham o‘tru berish kerak”

  degan  qoidani               

ilgari surdilar. 

Singarmonizmning  yo‘g‘on-ingichkalik  ko‘rinishiga  ijobiy          

munosabatda bo‘lgan Elbek lab ohangini “bir talay tortishishg‘a      

sabab bo‘laturg‘on masalalar qatorig‘a” kiritadi. Lab ohangi qirg‘iz, 

usmonli turk shevalarida to‘liq saqlangan, “lekin o‘zbek shevasi lab 

ohangidan butinlay uzoq desak, yanglishmag‘on bo‘lamiz. Chunki 

bu shevada usmonli va qirg‘iz shevalarida ko‘rilgan hol uchramay-

dir.  Bunda  so‘zlar  ust  va  ostig‘a  qarab  cho‘ziladir.  O‘tru  –  qorshig‘a           

qarab cho‘zilg‘on so‘zlar o‘tru cho‘zg‘isini faqat birinchi hijoda 

saqlab, qolg‘on hijolarda ostig‘a qarab cho‘ziladir va o‘tru cho‘zg‘isi 

ost cho‘zg‘isig‘a aylanadir” [Жамолхонов, Умаров 2017, 244].

Necha yillardan beri xalq og‘zaki ijodi namunalari, turli qish-

loq shevalari ustida izlanishlar olib borayotgan Elbek “

Bu kun lab 

ohangini qirg‘iz, usmonli turklari yanglik yuz pirasant bo‘lmasa ham, 

o‘rta darajada saqlash kerak, degan oqim va qarash bizda ko‘pdan 

beri surgalib kelmakdadir. Lekin bu qarash ilmiy yoqdan ancha bo‘sh 

bo‘lg‘oniday,  mantiq  yog‘idan  butunlay  kelishmagan  narsadir.  Lab 

ohangi bo‘lsa, yo yuz pirasant (qirg‘izlardag‘i kabi) saqlanmog‘i, 

yo bo‘lmasa butunlay tashlanmog‘i lozimdir”

,  degan  fikrni  aytadi, 

o‘zbek tilida lab ohangi yo‘q degan xulosaga keladi. Shuning uchun 

birinchi  bo‘g‘inni  “o‘,  u”  tovushlari  bilan  boshlangan  so‘zlarning                                  

keyingi bo‘g‘inlarini “i” bilan yozmoq va shunday o‘qimoqni lozim 

deb biladi. Bunday qilinsa, birinchidan, til qoidasidan bir qoida ka- 

maygan bo‘ladi, ikkinchidan, yozish ishida bir qiyinchilikdan qutilib, 

til qoidasining istisnolarsiz tugal bo‘lishiga yo‘l ochiladi, degan fikrni 



11

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


bildiradi [Жамолхонов, Умаров 2017, 246].

Elbekning fikricha, o‘zbek tilida xuddi qirg‘iz, turk tillaridagi 

kabi lab ohangi mavjudligini e’tirof etsak, unga to‘la amal qilishimiz, 

imlo qoidalariga kiritilishi, aksincha, lab ohangi o‘zbek tili  qoida-

lariga to‘g‘ri kelmasligi haqida xulosaga kelish kerak. Olim  ikkinchi 

yo‘lni tanlaydi, ya’ni, lab ohangi o‘zbek tilida yo‘qligi, buni mahalliy   

shevalar ham tasdiqlashini aytadi. Shu bilan birga, Lutfiy devonidan, 

“Shayboniynoma” asaridan namunalar keltiradi. Misollarda “o‘ttiz, 

kuyib, ko‘nglin” so‘zlari “o‘ttuz, kuyub, ko‘nglun” tarzida yozilma-

gani,  bu  ham  o‘zbek  tilida  lab  ohangi    mavjud  emasligini  ko‘rsatadi,           

deydi [Жамолхонов, Умаров 2017, 246].

Olim  bu  xususdagi  fikrlarini  yakunlar  ekan,  singarmo-            

nizmni o‘zbek adabiy tilining tub qoidasi deb qabul qilish, imloda-

gi o‘zboshimchaliklarni yo‘qotish uchun singarmonizmni 100 foiz 

amalga oshirish, o‘zbek tilidagi barcha so‘zlarni mazkur qoidaga 

bo‘ysundirish, lab ohangi faqat birinchi bo‘g‘inda bo‘lishini qoida-

ga  kiritish zarur kabi  takliflarni ilgari suradi deydi [Жамолхонов, 

Умаров  2017, 246].

Bizga ma’lumki, lab singarmonizmi yozma manbalarda to‘liq 

bo‘lmasa-da, ma’lum darajada saqlangani tilshunoslar tomonidan 

e’tirof etilgan. Turkiyshunos olim A.Sherbak lab garmoniyasi, asosan, 

yopiq bo‘g‘inli so‘zlarda qat’iy saqlanganini, boshqa holatlarda 

bu  qonuniyatning  buzilishini  aytib  o‘tadi  [Щербак  1962,  74].  

H.Ne’matov ham lab uyg‘unligiga to‘liq amal qilinmaganini, adiblar 

vazn talabiga yoki shevalar ta’sirida so‘zlarning turlicha yozilganini 

(qolum – qolim, ozum – ozim, konglum – konglim kabi) aytadi  [Неъ

-

матов 1992, 52].



Yuqoridagilarni inobatga olib,  Elbek aytganidek, lab ohangi 

birinchi hijodan nariga o‘tmagan kabi fikrlar to‘g‘ri emas. Chunki 

birinchi bo‘g‘indagi lablangan unli ikkinchi va keyingi bo‘g‘inlardagi 

unlilarni o‘ziga moslashtirganini klassik adiblar asarlaridan 

istagancha misol keltirish mumkin. Yuqoridagi “ko‘nglin, kuyib, 

o‘ttiz” kabi so‘zlarda lablangan unli ta’sirida unga moslashishi eski 

o‘zbek tilida qonuniyat bo‘lgan. Elbek o‘zi yozganidek, yuqoridagi 

misollarni qo‘lyozma manbalardan emas, balki xalq og‘zidan 

ko‘chirilgan dostonlardan olgan. Xalq og‘zaki ijodida, o‘z-o‘zidan, 

shevalar ta’siri kuchli bo‘ladi, ular orqali til qonuniyatlari xususida 

fikr yuritish yanglish xulosalarga olib kelish mumkin. Shuning uchun 

ham Fitrat, Q.Ramazonlarning lab ohangi masalasida ko‘proq mum-

toz asarlar tilini e’tiborga olishi va o‘zlarining til saboqlarida “tub 

so‘zlarning birinchi 



12

Inomjon  AZIMOV 


so‘zlarning  birinchi  bo‘g‘inida  o‘tru  (ya’ni,  o‘,  u)  bo‘lsa,  ikkinchi 

bo‘g‘inida ham o‘tru berish kerak” degan qoidani ilgari surishi ilmiy 

jihatdan asosli edi, chunki tilshunoslikka oid asarlarning barchasida 

tilshunos olimlar o‘z qarashlari, fikr-mulohazalarini klassik adiblar 

asarlari misolida asoslashga harakat qilganlar. 

 Lab ohangi birinchi hijodan o‘tilmasin, buni o‘zbek tili imlo 

qoidasiga  kiritish  kerak,  degan  fikrni  ilgari  surgan  Elbek  mazkur 

qoidaga o‘zi amal qilishga harakat qiladi



butinlay, bo‘lir, nuqil 

sin-


gari yozishga harakat qiladi, ayrim hollarda lab ohangi mavjud- 

ligini  bilib-bilmagan  holda  e’tirof  etishga  majbur  bo‘ladi.  Fikrlari-                  

mizni adib asarlari misolida asoslashga harakat qilamiz:

“Shu choqqacha gazita betlarida yozilmoqda bo‘lg‘on so‘zlar-

ning ko‘bi turk tili boylig‘iniing onglatug‘ana 


Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə