23
oshadi. Organizmni chiniqtirish, to‗g‗ri
ovqatlanish, sokin uyqu va yaxshi dam
olish, shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish bilan birga jismoniy
mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish sog‗likni mustaxkamlashga, ishchanlik
qobiliyatini ortirishga va uzoq umr ko‗rishga zamin yaratadi.
Musobaqalashish funksiyasi. Zamonaviy sport turlarining ko‗plab
shakllari
faol harakat usullaridan iborat. Bunday sport turdari jismoniy madaniyatning
asosini tashkil etadi. Sport turlarining muhim jihati ularda bellashuvlarning
mavjudligi. Bellashuvlar sportchilarning o‗z maxoratlarini muntazam ortirib
borishlarini, sport natijalarini yangilab turishlarini, sportda
maksimal natijalarga
intilishlarini talab etadi. Sport mashg‗ulotlari bellashuvlarsiz jismoniy fazilatlarni
rivojlantirishga, sog‗likni mustahkamlashga, aqliy va jismoniy charchoqlarni
bartaraf etishga yoki madaniy hordiq chiqarishga qaratilgan o‗yinlar va jismoniy
tarbiya shakllariga aylanib qoladi. sport mashg‗ulotlarining
vazifasi esa inson
barcha imkoniyatlarini takomillashtirish, sportda yuksak natijalarga erishishga
yo‗naltirilgan.
Sport musobaqalarida har bir ishtirokchining maqsadi birinchi yoki g‗olib
bo‗lish.
Musobaqalardagi
bellashuv
jarayonlari
sportchilardan
barcha
imkoniyatlarni, iroda, sport maxoratlarini maksimal darajada namoyon qilishni
talab etadi. Peshqadam bo‗lish sportning bosh shiori bo‗lib, shuning uchun
sportning ommaviylashuvi,
birinchilikka intilish, olimpiada rekordlari, jahon va
qit‘a rekordlarini muntazam yangilanib borishi, xaloqaro musobaqalar
ishtirokchilari sonini ortib borishi kuzailmoqda.
Jismoniy madaniyat xalqalar o‗rtasida ommaviylashib
borishi natijasida
ko‗plab funksiyalarni ham amalga oshiradi: kommunikativ funksiyasi – sportchilar,
muxlislarning o‗zaro hamkorligi va muloqotini ta‘minlash: axborot ulashish
funksiyasi – ommaviy sport tadbirlari, o‗zaro hamkorliklarda inson organizmini
yanada takomillashtirish bo‗yicha, jismoniy tarbiya va sportga oid yangiliklarni
almashinish: mezonlar funksiyasi –
jismoniy tayyorgarlikni, sport maxoratini
baholashning zamonaviy me‘yorlari va mezonlari, testlarini ishlab chiqish.