25
tarbiya mashg‗ulotlari oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab
chiqilgan, jismoniy tarbiya bo‗yicha ta‘lim standartlari, o‗quv
rejalari hamda
dasturlari asosida olib boriladi.
Oliy ta‘lim tizimida talabalar jismoniy tarbiya jarayonlari o‗quv
mashg‗ulotlari va o‗qishdan tashqari mashg‗ulotlar shakllarida bo‗ladi. O‗quv
mashg‗ulotlari talabalarning jismoniy tarbiya bo‗yicha mashg‗ulotlarining asosiy
shakllaridan hisoblanib quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
Nazariy, amaliy va nazorat mashg‗ulotlari: Jismoniy tarbiya dasturlarining
nazariy bo‗limi ma‘ruza mashg‗ulotlarida, amaliy bo‗lim amaliy uslubiy
mashg‗ulotlarda, nazorat bo‗limi esa, nazaorat va jismoniy tayyorgarlikni baholash
mashg‗ulotlarida o‗tkaziladi.
Amaliy va uslubiy mashg‗ulotlar hamda talabalar tanloviga ko‗ra sport turlari
mashg‗ulotlari:
Xususiy, yakka holda va guruh holida qo‗shimcha mashg‗ulotlar tashkil etish:
Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan mustaqil shug‗ullanish
mashg‗ulotlari.
Talabalar ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani o‗quv mashg‗ulotlariga
qatnashishlari tibbiy nazorat ko‗rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tibbiy
nazorat natijalariga muvofiq talabalar asosiy, maxsus va sport guruhlariga
taqsimlanadilar. Asosiy guruhga sog‗ligida nuqson bo‗lmagan sog‗lom talabalar
kiritiladi. Maxsus guruhga sog‗ligi zaif, nogiron talabalar kiritiladi.
Sport
guruhlariga sport turlari bilan shug‗ullanuvchi jismonan sog‗lom, sportchi talabalar
kiritiladi.
Sog‗ligida jiddiy o‗zgarishlar bor va vaqtincha kasal talabalar jismoniy
tarbiya mashg‗ulotlarida mustaqil mashqlar bilan shug‗ullanish, o‗yinlarda ishtirok
etish, sog‗lomlashtiruvchi yurish, tabiat omillari yordamida chiniqtirish
mao‗\shqlarim bilan mustaqil shug‗ullanishlari mumkin. Bu jarayonlarda jismoniy
tarbiya o‗qituvchilari maxsus guruh a‘zolariga uslubiy tavsiyalar berishlari va
harakatlarini nazorat qilib borishlari mumkin. SHu bilan birga bu guruh a‘zolari
26
bo‗lgan talabalar
jismoniy tarbiya va sportga, sog‗lomlashtirish jismoniy
mashqlariga oid mustaqil ish, referatlar tayyorlashlariga ruxsat beriladi.
O‗qishdan bo‗sh vaqtlari tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlarining
shakllari:
- o‗quv kun tartibida jismoniy mashqlar va sog‗lomlashtiruvchi jismoniy
tarbiya tadbirlari bilan shug‗ullanish;
- sport to‗garaklaridagi mashg‗ulotlar;
- jismoniy mashqlar, sport va turizm bilan mustaqil shug‗ullanish;
- ommaviy jismoniy tarbiya, sport sog‗lomlashtirish tadbirlari, sport
musobaqalari va bayramlarida ishtirok etish.
Dostları ilə paylaş: