Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat.
Sog‗lomlashtiruvchi jismoniy 
madaniyat shakllari quyidagicha bo‗ladi: 
- tiklanish; 
- umumiy tayyorgarlik; 
- gigienik; 
- davolash. 
Tiklanish yo‘nalishi.
Tiklanish – madaniy hordiq chiqarish shakllaridan 
bo‗lib, ish vaqtidan so‗ng quvvatni tiklashga qaratilgan. Jismonan tiklanishda 
quvvatni jismoniy vositalar yordamida tiklashni ko‗zda tutadi. Keyingi yillarda 


30 
faol dam olish jarayonlarida oddiy jismoniy mashqlardan rohatlanish, maroqli dam 
olish va muloqat qilish maqsadida foydalanish keng ommaviylashib bormoqda. 
Inson o‗zi uchun faqat zarur bo‗lgan jismoniy mashqlar va harakatlar bilan birga 
rohatlanuvchi mashqlar va o‗yinlar bilan shug‗ullanishga ham ruhan istagi bo‗ladi.
Bulardan har hil shakldagi harkatli va sport o‗yinlari, turizm va sayohatlar, ov va 
baliq ovini ta‘kidlash mumkin.
Umumiy tayyorgarlik yo‘nalishi
. Bu o‗ynalishdagi mashg‗ulotlarda jismoniy 
fazilatlar 
rivojlantiriladi, 
jismoniy 
harakat 
malaka 
va 
ko‗nikmalari 
takomillashtiriladi. Tiklanish mashqlariga nisbatan umumiy tayyorgarlik 
mashg‗lotlari muntazam tashkil etilishi, ma‘lum bir uslublarga va qoidalarga rioya 
qilish talab etiladi. jismoniy yuklamalar me‘yori organizmni rivojlantirishga 
qaratilgan bo‗lishi kerak. Oddiy va engil jismoniy mashqlar organizmga etarli 
darajada ta‘sir ko‗rsata olmasligi mumkin. SHunga qaramay jismoniy yuklamalar 
shug‗ullanuvchilarni charchatib qo‗ymasdan balki, keyingi ish kuniga yaxshi dam 
olgan holda bo‗lishni ta‘minlash kerak. 
Gigienik yo‘nalish
. Gigienik yo‗nalishda organizm salomatligini ta‘minlash 
nazarda tutiladi. Tana gigienasi doimo yuvinib yurish, tishlarni tozalash, tana 
a‘zolarini toza tutish bilan birga jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish 
tavsiya etadi. Gigienik sog‗lomlashtiruvchi mashqlar ertalabki badan tarbiya 
mashqlari bilan shug‗ullanish, kun davomidagi erkin harkatlar va jismoniy 
mashqlar bilan shug‗ullanish, oqshomdagi toza havodagi sayrlardan iborat bo‗ladi.
Davolash yo‘nalishi
. Davolash (reabilitasiya) – kasalliklar va jarohatlar salbiy 
oqibatlarini davolash va bartaraf etishga qaratilgan muolajalardir. Jismonan 
davolash organizm funksiyalarini tiklash, organizmda kasalliklar va jarohatlar 
tufayli hosil bo‗lgan salbiy o‗zgarishlarni davolashda jismoniy tarbiya 
vositalaridan foydalanishni ko‗rsatadi. Davolash jismoniy madaniyatining o‗ziga 
xos xususiyati tirik organizm uchun muhim bo‗lgan jismoniy harakatlardan davo 
sifatida foydalanish.
Jismoniy 
mashqlar 
organizmda 
kechadigan 
fiziologik 
jarayonlarni 
kuchaytiradi. Kasallarni jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishi reja asosida 


31 
jismoniy mashqlar bajarish yordamida organizm umumiy holatini yaxshilash, 
kasalliklar tufayli buzilgan faoliyatlarni tiklash, organizm ichki himoya kuchlarini 
ortirish, harakat va iroda sifatlarini rivojlantirishni ta‘minlashga qaratilgan. 
Davolash mashg‗ulotlari shifokor yoki mutaxassis nazoratida tashkil etilishi kerak. 
Davolash jismoniy mashqlari bilan shug‗ullanishda jismoniy tarbiyaning 
xususiylashtirish va jismoniy yuklamalarni sekin asta ortirib borish tamoyillardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ko‗plab kasalliklarda jismoniy tarbiya 
vositalaridan davolash mashqlari sifatida keng foydalaniladi. Ba‘zi kasalliklarda va 
og‗ir holatlarda davolash jismoniy mashqlar bilan bir oz muddat shug‗ullanmaslik 
tavsiya etiladi. Kasallikdan tuzalib borish holatlariga qarab davolash jismoniy 
mashqlar bilan shug‗ullnishni davom ettirish mumkin. 
Sport.
Jismoniy madaniyat jarayonlarining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. 
Jismoniy madaniyatning ko‗plab funksiyalari sport uchun ham tegishlidir. SHunga 
qaramay sport mustaqil soha sifatida o‗z yo‗nalishi va maqsad, vazifalariga ega. 
SHuning uchun jismoniy madaniyat va sport atamasi bog‗liq holda keng ishlatiladi. 
Jismoniy madaniyatga aloqador sport turlarida jismoniy harakatlar bajarish, 
jismoniy fazilatlarni hamda harakat malaka va ko‗nikmalarini namoyon qilish 
mumkin. SHashka, shaxmat, radiosport, aviamodel sporti, dronlar sporti kabi 
texnik sport turlarida jismoniy harakatlar bo‗lmasligi uchun bunday sport turlari 
jismoniy madaniyat sohasi bo‗lib hisoblanmaydi.
Jismoniy madaniyat va sport mashg‗ulotlarining maqsadlari ham bir biridan 
farq qiladi. Sport mashg‗ulotlarining maqsadi – sport turi bo‗yicha yuksak natijaga 
erirish bo‗lib hisoblansa, jismoniy madaniyatning maqsadi – sog‗likni 
mustahkamlash, 
hayotiy 
zarur 
harakat 
malaka 
va 
ko‗nikmalarini 
takomillashtirishdan iborat bo‗ladi. Dunyoda keng ommalashgan barcha sport 
turlari bellashuv shakllari hamda sport harakatlari uslublariga ko‗ra quyidagicha 
taqsimlanadi: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə