Birinchi guruh
– sportchilardan yuqori darajada jismoniy va ruhiy zo‗riqish
talab etadigan sport turlari. Bu sport turlarida sport natijalari sportchining shaxsiy
sport maxoratiga bog‗liq bo‗ladi. Bu guruh sport turlariga sporti o‗yinlari engil
32
atletika, gimnastika, yakka kurash turlari, og‗ir atletika, suzish va shu kabi sport
turlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh
– texnik sport turlari hisoblanib, sportchilar maxsus
harakatlanish vositalari avtomobil‘, motosikl, motochang‗i, yaxta, samolet va shu
kabilarni boshqaradilar. Bu sport turlarida texnik harakatlanish vositalarini
boshqarish malakasi yuqori darajada ekanligi baholanadi;
Uchinchi guruh
– nishonga o‗q uzish harkatlari bilan cheklanadigan sport
turlari – kamondan, miltiq va to‗pponchadan o‗q uzish, darts va shu kabi sport
turlari;
To‘rtinchi guruh
– sportchilarni model‘ – konstruktorlik faoliyatlari
qiyoslanadigan sport turlari – aviamodel, avtomodel va dronlar boshqarish kabi
sport turlari;
Beshinchi guruh
– harakat faoliyati bajarilmaydigan, abstrakt fikrlash va
tafakkur namoyon qiluvchi sport turlari – shashka va shaxmat kabi sport turlari.
Zamonaviy sport – ijtimoiy soha bo‗lib, jamiyatda muhim o‗rin tutadi hamda
sport sohasidagi jarayonlar ilmiy asoslanishi zarur bo‗ladi. Jismoniy
madaniyatning boshqa jabhalariga nisbatan sport sohasi o‗ziga xos xususiyatlarga
ega:
1.
Sport jismoniy qobiliyatlar hamda ba‘zi jismoniy harakat malaka va
ko‗nikmalarni takomillashtirishning muhim vositasi bo‗lib hisoblanadi. Sport
mashg‗ulotlari jarayonlarida sportchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarligi
maksimal darajada takomillashtiriladi. Bunday yuksak natijalarga erishishda ilmiy
va uslubiy jihatdan asoslangan sport tayyorgarlik tizimi, ko‗p yillik sport
mashg‗ulotlari, musobaqalar va bellashuvlar jarayonlaridagi muvaffaqiyatlar va
ularning rag‗batlantirishning ahamiyati muhim.
2.
Sport faoliyati ixtiyoriy hisoblanib, sportchilar o‗zlarining bo‗sh
vaqtlarida sport bilan shug‗ullanadilar. Faqatgina professional sport – sportni kasb
qilishlik bundan mustasno.
3.
YUksak natijalarga yo‗naltirilgan sport faoliyati ishirokchilari 10
yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan sog‗lom yoshlardan iborat bo‗ladi.
33
4.
Sport mashg‗ulotlari sportning bir turi bo‗yicha ixtisoslashtirishga
katta yordam bersada, har tamonlama jismonan barkamol bo‗lishni ta‘minlay
olmasligi mumkin.
Sport tizimi hozirgi kunda quyidagi yo‗nalishlarda rivojlanib bormoqda:
—
Tayanch sport tayyorgarliklari – umumiy o‗rta ta‘lim tizimi, o‗rta
maxsus va oliy ta‘lim tizimi hamda bolalar va o‗smirlar sport maktablarida sport
mashg‗ulotlari;
—
Kasbiy amaliy sport tayyorgarliklari – kasbiy faoliyatga amaliy
jismoniy tayyogarlikni ta‘minlovchi sport mashg‗ulotlari;
—
Tiklanish sport tayyorgarliklari – maroqli dam olish, sog‗lom turmush
tarzi olib borish maqsadida sog‗lomlashtiruvchi sport mashg‗ulotlari va
tadbirlarida ishtirok etish;
—
YUksak natijalarga erishish sporti – sport turlarida maksimal yuqori
natijalarga erishish, musobaqalarda chempion bo‗lish, yangi rekordlar o‗rnatish.
Inson ommaviy sport mashg‗ulotlarida ishtirok etishda o‗z hayot va kasbiy
faoliyatini inobatga oladi. SHuning uchun sport maxoratini ortirishda ba‘zi talablar
shakllanadi. Mexnat faoliyati bilan shug‗ullanayotgan ishchi hodimlar muntazam
sport tayyorgarliklarini ortirib bora olmasligi mumkin. CHunki mashg‗ulotlardan
so‗ng jismoniy toliqishlar kun davomida ishchanlik qobiliyatini susayishiga, tez
charchashga olib kelishi mumkin. SHunga qaramay sport mashg‗ulotlariga vaqt
ajratib, o‗z sport maxoratini muntazam takomillashtirib boruvchi sportchilar ham
uchrab turadi.
YUksak natijalarga erishish sporti – sport turiga bo‗lgan qiziqishlar
munosabati bilan sport bellashuvlarda, musobaqalarda yuksak natijalarga
erishishga, shu bilan jamiyatda tanilish baxtiga erishish, jamoa, mamlakat nufuzini
yuqori darajaga ko‗tarishga yo‗naltirilgan faoliyat bo‗lib hisoblanadi. Sport
faoliyati bu yo‗nalishda umr davomida bo‗ladi yoki sportda yuksak natijalar
namoyon qila olish davrlarini o‗z ichiga oladi. Bunday natijalarga erishishda har
kuni va bir necha marta sport mashg‗ulotlarida ishtirok etish, to‗g‗ri dam olish,
34
sokin uyqu, sifatli ovqatlanish, organizm jismoniy toliqishlarida maxsus tiklanish
vositalardan foydalanish talab etiladi.
YUqori natijalarga erishish sporti bir necha yo‗nalishda tashkil etiladi.
Havaskorlik sporti, kasb qilingan – professional sport, professional – tijorat sporti
va boshqalar. Professional sport va professional tijorat sporti tadbirkorlik
qonuniyatlari asosida shakllanib boradi va rivojlanadi. Professional sportchilar uch
guruhga bo‗linadilar.
Birinchi guruhga olimpiada o‗yinlari va jahon chempionatlarida g‗oliblikka
erishishga hamda tijorat musobaqalarda qatnashishga intiluvchi sportchilarni
kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh a‘zolari tijorat musobaqalarida va bellashuvlarda ishtirok
etishni ko‗zlagan, olimpiada va jahon chempionatlarida g‗olib bo‗lgan yuqori
malakali sportchilar kiritiladi.
Uchinchi guruh a‘zolari yuqori malakali sport faxriylari bo‗lib, tijorat
musobaqalari, tadbirlari va namoyishlarida faxr bilan ishtirok etib keladilar.
Sportning asosiy funksiyalari:
—
Takomillashtirish – sport sohasida yangiliklar yaratish, yangi
rekordlar va yutuqlarga erishish, xalqaro miqyosda nufuzga erishish;
—
Siyosiy – xalqlar o‗rtasida tinchlikni mustaxkamlash, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, mashhur sportchilarni ommaviy siyosiy va jamiyat tadbirlariga
jalb etish;
—
Ijtimoiy – yoshlar va aholini ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil
etish hamda organizmlarini sog‗lomlashtirish;
—
Iqtisodiy – mamlakatda sport harakatini rivojlantirishni moddiy
ta‘minlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishga ko‗mak berish.
Hozirgi rivojlangan jamiyatda jismoniy madaniyat va sport tizimi shunday
muhim vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi.
|