20
Ma‘naviy tarbiya funksiyalari inson ma‘naviy dunyoqarashlarini kengaytirish
qaratilgan. Inson organizmiga jismoniy madaniyat yurak qon tomir, asab, tayanch
harakat apparati tizimi faoliyatini takomillashtirish bilan birga uning fikrlash, idrok
qilish, xotira, diqqat xulq atvori va odob axloq sifatlarini tarbiyalashni ham amalga
oshiradi. Jismoniy mashqlarni o‗rganish, jismoniy
fazilatlarni rivojlantirish, sport
maxoratlarini ortirishda, mexnatsevarlik, qat‘iyatlilik,
iroda sifatlari bilan bir
qatorda jasurlik, diqqat va tafakkur, xotira namoyon qilish kerak bo‗ladi. Demak
to‗g‗ri tashkil etilgan va muntazam olib boriladigan jismoniy tarbiya va sport
mashg‗ulotlari insonning shaxs sifatlarini va ruhiy xususiyatlarini rivojlantirishga
asos bo‗la oladi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchilarda estetik dunyoqarashlari,
oddiy insonlarga nisbatan ancha takomillashgan darajada bo‗ladi. CHunki ularning
turmush tarzi va hayot faoliyatida olib boradigan harakat faoliyati ancha kelishgan
va ko‗rkam bo‗ladi. Jismoniy madaniyat shug‗ullanuvchilar
xulqi va axloqiga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatib, jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari asosida jamiyatning
odab axloq mezonlari turadi. SHunga qaramay jismoniy tarbiya va sport
mashg‗ulotlari jarayonlarida bir biriga zid xislatlar xudbinlik yoki jamoatchililik,
mexribonlik va qaxrlilik, vijdonlilik va vijdonsizlik kabi jixatlar ham shakllanishi
mumkin.
Iqtisodiy funksiyasi: jismoniy madaniyat bir tomondan xalq xo‗jaligining bir
sohasi bo‗lib, rivojlanish uchun moliyaviy sarf harajatlar talab etadi. Ikkinchi
tomondan esa, moddiy foyda keltiradigan sohaligi va
unga investisiya kiritish
ancha foydali ekanligini ko‗pchilik yaxshi biladi.
Jismoniy madaniyatning iqtisodiy ahamiyati quyidagicha ta‘riflanadi:
—
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanuvchilarning mexnat
samaradorligi 3-5% ko‗p bo‗ladi;
—
YUqumli va shamollash kasalliklar bilan og‗rish, ishlab chiqarish va
turmushdagi jaroxatlanishlar 2-3 marta kam uchraydi;
21
—
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jixozlari va anjomlari ishlab
chiqarish korxonalarida mexnat bilan ta‘minlanish darajasi iqtisodiyotga muhim
ta‘sir ko‗rsatadi;
—
Pullik xizmatlar ko‗rsatish, sport inshootlari va jixozlarni ijaraga
berish, sog‗lomlashtirish markazlar, fitnes klublar, trenajer zallari, suzish xavzalari
faoliyati iqtisodiy unum keltiradi;
—
Xalqar musobaqalar, ommaviy sog‗lomlashtirish va sport tadbirlarini
o‗tkazish;
—
Musobaqalarni
ommaviy
axborot
vositalarida
yoritish
va
tarnslyasiyalar;
—
Reklama, targ‗ibot va tashviqot ishlari.
Maroqli dam olish funksiyasi. Har bir odam ish vaqtidan so‗ng
dam olishi
kerak. Dam olish jarayonlari maroqli bo‗lishi uchun ma‘naviy va jismoniy
rivojlanish, bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish tadbirlarida ishtirok etiladi.
jismoniy tarbiya va sport bilan ba‘zi odamlar sevib shug‗ullanadilar, yana bir hil
odamlar vaqti vaqti bilan jismoniy mashqlar va sog‗lomlashtirsh tadbirlari bilan
shug‗ullanadilar. YAna bir toifa insonlar umuman jismoniy tarbiya va sportni
bekorchilik deb qabul qiladilar va jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanmaydilar.
Dam olish jarayonlarida jismoniy tarbiya tadbirlari quyidagi yo‗nalishlarda
tashkil etiladi:
—
Insonlarning xar xil qiziqishlari va extiyojlarini qondirish maqsadida
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanish. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish,
jismoniy harakatlarga bo‗lgan extiyojlarni qondirish, organizm sog‗ligini
mustaxkamlash hamda madaniy dam olish va muloqot qilish.
- Jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlarni o‗qish, ko‗rsatuvlar,
eshittirishlar, kino va video fil‘mlar, internet materiallari namoyishini tamosha
qilish, sport musobaqalar va sport tadbirlarida muxlis sifatida ishtirok etish.
Bunday dam olish shakllari jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish kabi
organizmga foyda keltira olmasada, isnonning ma‘naviy dunyo qarashini
22
kengaytirishga ruhiy madaniy dam olishga yordam beradi.
Vaqtni bekordan
o‗tkazish hisoblanmaydi.
Ma‘rifiy funksiyasi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda
jismoniy harakatlarning organizmga sog‗lomlashtiruvchi ta‘sirlari, organlar
faoliyatining takomillashuvi, jismoniy fazilatlarni rivojlanib borishi xaqida nazariy
va amaliy bilimlar shakllanadi. Sport amaliyoti va musobaqalar jarayonlarida
sportchilar o‗zining imkoniyat darajalarini baholash va tahlil etishga o‗rganadilar.
SHuning natijasida sportchilar o‗zlarining jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini
takomillashtirib borib dunyo rekordlarini o‗rnatishga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: