16
shakllanganligi, yog‗ qatlamlarining qalinligi. Bu ko‗rsatkichlar tana tuzilishi
morfologiyasini belgilaydi.
2.
Tayanch harakat apparati tizimi faoliyatining ko‗rsatkichlari
hisoblangan jismoniy fazilatlar kuch,
chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va
egiluvchanlik sifatlarini rivojlanish darajalari.
3.
YUrak qon tomir,
nafas olish, asab, ovqat xazm qilish va ayirish
organlari faoliyatining ko‗rsatkichlari, modda almashinuvi va immunitetning
shakllanish darajalari.
25 yoshga qadar inson organizmining morfologik ko‗rsatkichlari hamda
organlar faoliyatining takomillashib borishi kuzatiladi. 45-50
yoshdan jismoniy
rivojlanish ko‗rsatkichlarida o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi. Keyingi davrlardan
organizm jismoniy rivojlanish darajalarida susayishlik kuzatiladi. Tana tuzilishi
hajmlarining kichrayishi, tana vazninig kamayishi, qomat holatining buzilishi, bo‗y
uzunligi
pasayishi, muskul ko‗rinishlarining o‗zgarishi mumkin. Inson jismoniy
rivojlanish jarayonlari irsiy ko‗rsatkichlarga, atrof muhit ta‘sirlariga hamda hayot
tarzi va jismoniy faollikka bog‗liq holda bo‗ladi.
Irsiy ko‘rsatkichlar
organizm faoliyati va tana holati xususiyatlarida hamda
salomatlik ko‗rsatkichlarida namoyon bo‗ladi. Asab tizimining shakllanishi, tana
tuzilishi, qomat shakli va jismoniy rivojlanish darajalariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Irsiy ko‗rsatkichlar jismoniy rivojlanishgning dastlabki
natijalarini belgilashi
mumkin xolos. Jismoniy rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlari hisoblangan muskul
tizimi, tayanch harakat apparati faoliyati, jismoniy fazilatlar rivojlanganlik
darajalari turmush tarzi, atrof muhit ta‘siri hamda
harakat faolligi darajasiga
bog‗liq bo‗ladi.
Atrof muhit.
Jismoniy rivojlanish darajalariga muhim ta‘sir etadigan
omillardan biri turmush tarzi, ovqatlanish tartibi va tarkibi,
uning quvvatlik
darajasi, sifati hisoblanadi. SHuningdek yashash sharoiti, iqtisodiy ta‘minlanganlik
darajasi, oiladagi ma‘naviy muhit, tibbiy nazoratning tashkil etilishi, zararli
odatlarning mavjudligi, iqlim hamda ekologiyaning ta‘siri
ham jismoniy
rivojlanish ko‗rsatkichlarida aks etadi.