13
harakatlardan iborat bo‗lgan ko‗plab sport turlari va jismoniy mashqlar o‗ylab
topilmoqda. Bu harakatlar inson hayot faoliyatida uchramasada organizmni
jismoniy rivojlantirishda va sog‗lomlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‗lmoqda.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam reja asosida shug‗ullanish organizm
barcha organlar tizimi faoliyatini kuchaytiradi va morfo funksional imkoniyatlarni
ortiradi. Jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlari ta‘sirida organizmda biologik
fiziologik o‗zgarishlarga asos solinadi. Har bir jismoniy mashq ta‘sirida
organizmda o‗ziga xos o‗zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Bir guruh jismoniy
mashqlar ta‘sirida kuch qobiliyatlari rivojlanib boradi, yana bir guruh mashqlar
chaqqonlik va tezkorlik sifatlarini kuchaytirishi mumkin, boshqa turdagi mashqlar
esa bo‗g‗imlar harakatchanligini ortirib egiluvchanlik sifatini takomillashtiradi.
SHuning uchun mashg‗ulotlar jarayonlarida
har hil shakldagi jismoniy
mashqdlarni bajarish tavsiya etiladi. Bu bilan shug‗ullanuvchilarning barcha
jismoniy fazilatlarini uzviy muvofiqlikda rivojlanib borishi ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: