8
chidamlilik fazilatini rivojlantirish bilan yurak qon tomir va nafas olish tizimi
faoliyati
takomillashtiriladi, bunda o‗rtacha va og‗ir jismoniy yuklamalar bilan
uzoq muddat shug‗ullanish tavsiya etiladi. Siklik mashqlar sanalgan yurish,
yugurish, suzish, velosipedda yurish mashqlarini bajarish bu vazifalarni ijobiy hal
etishga yordam beradi. Mashg‗ulotlarni hafta davomida 2 – 3 marotaba, 30 – 120
daqiqa davomida o‗tkazilish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Mashg‗ulotlar
davomidagi jismoniy yuklamalar yurak faoliyatini kuchaytirishi, yurak urishlar
soni daqiqasiga 120 -150 marta etishini ta‘minlash kerak.
Jismoniy madaniyatning tarixiy rivojlanish taraqqiyotida insonning jismoniy
barkamolligini ta‘minlashning ma‘naviy va moddiy qadriyatlari shakllandi.
Jismoniy madaniyatning ma‘naviy qadriyatlari sifatida
jismoniy tarbiya va sport
mashg‗ulotlarini tashkil etish va taraqqiyoti ni ta‘minlash bo‗yicha ilmiy va
uslubiy bilimlar, tajriba va malakalarning shakllanishi, ilmiy uslubiy va o‗quv
qo‗llanmalar, darsliklarni tayyorlanishi, video va kinofili‘malarni
ishlab
chiqilishini hisobga olish mumkin. Sportchilarning musobaqalarda ko‗rsatayotgan
rekordlari ma‘naviy boylik bo‗libgina qolmay, jismoniy tarbiya va sportning inson
organizmi xususiyatlarini takomillashtirishdagi bilimlar va tushunchalarni
kengayishiga olib keladi. Ma‘naviy boylik sifatida sog‗lomlashtiruvchi gimnastika
va jismoniy tarbiya shakllarini vujudga kelishi, sport turlarini, o‗yinlar va
bellashuvlarni yaratilishi isnon ma‘naviy va madaniy tarbiyasini taraqqiy etishiga
uning ma‘naviyatini yuksalishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Jismoniy madaniyatning moddiy qadriyatlari bo‗lib mamalakatda barpo
etilayotgan
zamonaviy sport inshootlari, stadionlar, arenalar, suv xavzalari,
basseynlar, tennis kortlari, golf,
futbol maydonlari, velotreklar, muz saroylari,
ippodromlar, motodromlarning xalqaro andozalarga javob berishini ta‘kidlash
mumkin. SHu bilan birga sport mashg‗ulotlarini zamonaviy sport jixozlari bilan
ta‘minlanishi, mamlakatda zamonaviy sog‗lomlashtirish markazlari, fitnes
klublarini faoliyat olib borishi, ularning zamonaviy trenajerlar
bilan jixozlanganligi
moddiy boyliklar hisoblanadi.
9
Jismoniy madaniyat atamasi shaxsning jismoniy madaniyati tushunchasi bilan
uzviy bog‗liq. SHaxsning jismoniy madaniyati quyidagi bir qator sifatlarda
namoyon bo‗ladi:
—
Jismoniy tarbiya va sportga oid bilimlarga ega bo‗lish, bilimlardan
sport sog‗lomlashtirish mashg‗ulotlarini mustaqil tashkil etishda samarali
foydalanish:
—
Jismoniy va shaxsiy xususiyatlariga muvofiq jismoniy mashqlar va
sport bilan muntazam shug‗ullanish;
—
Hayotiy va kasbiy muammolarni
echishda muhim hisoblangan
jismoniy tayyorgarlikka ega bo‗lish.
Dostları ilə paylaş: