10
Tarixiy ov harakatlari va jismoniy mashqlar bilan isnon o‗zining jismoniy
barkamolligini ta‘minlash hamda sog‗ligini mustahkamlash maqsadida
shug‗ullanishni boshlaganlarida jismoniy tarbiya jarayonlari shakllana boshladi.
Jismoniy tarbiya – jismoniy harakat shakllariga o‗rgatish, harakat malaka va
ko‗nikmalarini shakllantirish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish mashqlarini
o‗rganishga qaratilgan tarbiyaviy va ta‘limiy jarayon bo‗lib, shug‗ullanuvchilarda
jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarida qatnashishga malaka va ko‗nkimalarni
shakllantiradi. Jismoniy tarbiya jarayonlarida jismoniy madaniyatning qadriyatlari
shakllantirib boriladi. shu nuqtai nazarda jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya
tushunchasi deyarli bir hil ma‘noda qo‗llanilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya yosh avlodning va aholini tarbiya
jarayonlarining bir qismini
tashkil etadi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‗lib, tarbiyachi va
murabbiyning rahbarligidagi mashg‗ulotlar, mashg‗ulotlarning reja va dastur
asosida tashkil etilishi, tarbiya jarayonlarida tamoyillar va uslublarga qat‘iy rioya
qilish jismoniy tarbiyaning maxsus xususiyatlarini belgilaydi. Jismoniy tarbiya
umumiy tarbiyaning – aqliy, axloqiy, ruhiy, ma‘naviy va estetik tarbiya
jarayonlarini ham amalga oshirishni ta‘minlaydi. SHu bilan birga jismoniy
tarbiyada organizmni jismoniy rivojlantirishga qaratilgan maxsus tarbiya
jarayonlari amalga oshiriladi.
Turli shakldagi
jismoniy harakatlar yurish, yugurish va sakrash, uloqtirish
harakatlariga o‗rgatish: Harakatlarga o‗rgatish jarayonlari shug‗ullanuvchimlarda
jismoniy harakatlar malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga yo‗naltirilgan
bo‗ladi. SHuning uchun jismoniy harakatlarga o‗rtaish jarayonlarini
shug‗ullanuvchilar harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish jarayonlari deb
tushunish mumkin. Harakat malaka va ko‗nikmalarini rivojlanib borishi bilan
yangi shakldagi harakatlarni egallash saviyasi ham ortib boradi. Bu jarayonlarpda
jismoniy fazilatlar ham rivojlanib, harakatlarni muvofiqlikda bajarish qobiliyatlari
takomillashadi. Ko‗plab shakldagi harakat malaka va ko‗nikmalarni egallash,
jismoniy fazilatlardan sportda, kasbiy va hayotiy faoliyatda smarali foydalana olish
imkoniyatlarini yaratadi. Sportchilarni bir hil darajadagi kuch fazilati bilan
11
jismoniy harakatlarni takomillashgan
malakasi tufayli, mashqlarni har hil
samaradorlikda bajarishlarini misol qilib ko‗rsatish mumkin. YA‘ni bir xil kuchga
ega bo‗lgan kurashchi uloqtirish harakatlarini bu mashqlarni egallash malakasiga
muvofiq har hil samaradorlikda bajaradi.
Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik
sifatlarini rivojlantirish: Jismoniy fazilatlar tug‗ma bo‗lib, jsimoniy harakat malaka
va ko‗nikmalari esa mashg‗ulotlar jarayonlarida takomillashtirib boriladi. Bir
insonda kuch fazilati yaxshi rivojlangan bo‗lsa boshqasida chidamlilik, yana birida
tezkorlik yoki chaqqonlik hamda egiluvchanlik sifati rivojlangan bo‗ladi. SHunga
qaramay jismoniy fazilatlarni yuqori darajada rivojlanganligini ta‘minlash uchun
maxsus mashqlarni muntazam bajarish tavsiya etiladi. muntazam jismoniy
mashqlar bilan shug‗ullanish harakat malaka va ko‗nikmalarini rivojlantirish bilan
bir qatorda jismoniy fazilatlarni ham takomillashib borishini ta‘minlaydi. Jismoniy
fazilatlarni rivojlanishi, harakat malaka va ko‗nikmalarini takomillashtiribgina
qolmay sog‗likni mustahkamlashag, organizm morfo funksional imkoniyatlarini
ortirishga olib keladi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi o‗quvchi talabalarda jismoniy
madaniyatga oid maxsus bilimlarni shakllantirish: Talaba yoshlarda jismoniy
tarbiya va sportga oid nazariy bilimlar hosil qilinadi. jismoniy mashqalar va sport
turlarini shakllanishi, tarixi, rivojalanishi ularning organimzni sog‗lomlashtirish va
jismoniy
rivojlantirish vazifalari, zamonaviy sport musobaqalari, bayramlari va
tadbirlari, yoshlar va aholi o‗rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish
muammolari hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
islohatlar natijalari xaqida bilimlar va tushunchalar shakllantiriladi.
Jismoniy mashqlar va sport bilan muntazam shug‗ullanish bo‗yicha istak va
hohishlarni shakllantirish: Jismoniy mashqlar va harakatlarni ongli va maqsadli
bajarish bo‗yicha amaliy malaka va ko‗nikmalar shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya
va sport mashg‗ulotlarini organizmni sog‗lomlashtirish hamda jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish vazifalarini tushunib etish.
12
Jismoniy tarbiyaning maqsadi shaxs jismoniy madaniyatini shaklantirish
bilan kasbiy va hayotiy faoliyatga tayyorlash masalalarini ijobiy hal etishga
qaratilgan. Jismoniy tarbiya maqsadini amalga oshirishda
quyidagi vositalar
qo‗llaniladi:
- Jismoniy mashqlar;
- Tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlari;
- Gigienik omillar.
Jismoniy tarbiya vositalari shug‗ullanuvchilar organizmini sog‗lomlashtirish,
ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: