14
sog‗lomlashtirish va chiniqtirishlarini ta‘minlab, kasalliklarga
chidamliligini
ortiradi, kasalliklarni oldini oladi.
Gigienik omiillar
– shug‗ullanuvchilarning shaxsiy va jamoat gigiena
talablariga riya qilishni nazarda tutadi. Gigiena qoidalari
tanani parvarish qilish,
uning tozaligini saqlash, yashash, o‗qish va ish hamda sport mashg‗uloti joylarini
tozaligini ta‘minlash, toza havo, issiq va sovuq suv bilan ta‘minlanishini tashkil
etish, sport jixozlari va kiyimlari yaroqliligi va tozaligini ta‘minlash,
uyqu va
to‗g‗ri dam olishni tashkil etish, to‗g‗ri va sifatli ovqatlanish,
mexnat va dam
olshini to‗g‗ri navbatlashtirishda iborat bo‗ladi. Gigienik omillar sport va jismoniy
mashqlar bilan shug‗ullanuvchilar organizmini sog‗lomlashtirish va jismoniy
rivojlanishiga bevosita ta‘sir qilibgina qolmay balki sport va jismoniy tarbiya
mashg‗ulotlari samaradorligini ham ortiradi.
Jismoniy tarbiya vositalari
hisoblangan jismoniy mashqlar, tabiatning
sog‗lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik omillardan jismoniy tarbiya va sport
mashg‗ulotlari jarayonlarida o‗zaro muvofiqlikda
foydalanish organizmni
sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish bilan birga sport maxoratlarini ort
irishda ijobiy natijalarga erishishni ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: