Logopediya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə40/41
tarix31.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#88437
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Logopediya

Nazorat uchun savollar
1.L.S.Vigotskiyning nuqsonli rivojlanishning murakkab tizimi haqidagi nazariyasining dolzarbligi qanday tushuntiriladi?
2.Rivojlanishda u yoki bu buzilishlarga sabab bо‘ladigan sabablarni ayting.
3. Kо‘rsatilgan nuqson turlari sxemasini tuzing.
4. I-VIII turdagi maxsus (korreksion) ta’lim muassasalarining о‘ziga xos faoliyatini tavsiflang.
5.Rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar ta’limi va muammolari dolzarbligi nimalardan iborat?
6.“Rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarga pedagogik yordam kо‘rsatish ” kursining ilmiy asoslarini ochib bering va uning uchun muhim bо‘lgan boshqa fan sohalari bilan aloqasini kо‘rsating.
7.Rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar bilan ishlashda amaliyotchi –pedagoglarda qanday qiyinchiliklar yuzaga keladi?


14-MAVZU. Мujassam nuqson mazmunining zamonaviy tushunchasi







REJA:

  1. Mujassam (murakkab) nuqsonli bolalarning psixik rivojlanishi xususiyatlariga qarashlarning rivojlanishi.

  2. Mujassam (murakkab) nuqsonlar etiologiyasi. “ Kompleks (murakkab) nuqson” tushunchasi.

  3. Rivojlanishida mujassam (murakkab) nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni differensial tashxis qilish muammolari.

  4. Rivojlanishdagi nuqsonlar oqibati haqidagi tushuncha.

Tayanch iboralar: Murakkab nukson, ikkilamchi nukson, asoratli nuqson, Marshal sindromi, Usher sindromi, Alport sindromi, Lou sindromi
Zamonaviy maxsus pedagogikada mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga nisbatan e’tiborning ortganligi, yuqorida aytib о‘tganimizdek, ularning soni ortib borayotganligini, shuningdek, ularga ixtisoslashtirilgan yordam kо‘rsatish uchun ishlanmalarning yо‘qligidan dalolat beradi. Turli xil nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar deyarli barcha maxsus muassasalarda uchraydi.
Murakkab nuqson muammosi yetarlicha qiyin. “Murakkab nuqson” yoki hozir qabul qilinganidek, “rivojlanishdagi murakkab nuqsonlar” tushunchasi, turli adabiyot manbalarida turlicha qayd etiladi. Atamalardagi noaniqlik birlamchi nuqson oqibatida, aniq birlamchi nuqson ta’sirida, ikkilamchi nuqsonni paydo bо‘lishida yoki ahamiyatsiz nuqsonlar tizimning asosiy elementlari sifatida baholanganda paydo bо‘ladi, shu bilan bir vaqtda, ularga asoratlar sifatida qarash lozim. Bizning nuqtai nazarimizga kо‘ra, “ murakkab tizimli nuqsonga ega bolalar” va “ murakkab nuqsonli bolalar” tushunchalarini bir xil deb hisoblash tо‘g‘ri emas.
L. S Vigotskiyning konsepsiyasiga tayangan holda, har qanday turg‘un nuqson birlamchi va ikkilamchi iyerarxik tuzilishga ega , deb ta’kidlash mumkin. Amaliy muammolarini tо‘g‘ri hal etish murakkab nuqsonlar va uning asoratlarini aniqlashning asoslarini tо‘g‘ri tushunishni talab etadi. Mujassam nuqsonlar muammosini faqatgina anomal rivojlanishning murakkab tuzilishi haqidagi bilimlar asosida kо‘rib chiqish mumkin. Biz egallagan vaziyatdan kelib chiqib, bu atamalarini aniqlashtirishga harakat qilamiz.
M.G.Blyumina (1989) murakkab nuqsonlarning paydo bо‘lish xususiyatlari, etiologiyasi va tarqalganligini tahlil qilib, shuningdek, bitta bolada turli nuqsonlarning paydo bо‘lishining о‘zaro bog‘liqligini xarakterlab, shunday xulosaga keladi, “ murakkab nuqsonlarga faqat ikki yoki undan kо‘p birlamchi nuqsonlardagi anomal rivojlanishlarni kiritish kerak, ularning har birida nuqsonning umumiy tuzilishini haddan tashqari murakkablashtirish va uni komensatsiyasini qiyinlatirishi xos bо‘lsin. Murakkab nuqson tarkibiga kiruvchi nuqsonli rivojlanish turli tizimlarning jarohatlanishi bilan bog‘liq; kelib chiqishiga kо‘ra, ular umumiy yoki aralash bо‘lishi, shuningdek, patogen vakillar tomonidan chaqirilgan bо‘lishi mumkin ”5
V.I.Lubovskiy (1989), rivojlanishning buzilishi bir vaqtning о‘zida bir nechta analizatorlarning jarohatlanishida ( eshituv va kо‘ruv) yoki yetakchi analizatorlardan biridagi nuqsonga bosh miya qobig‘ining diffuz jarohatlanishi qо‘shilib kelganda muhimi ahamiyatga ega ( masalan, karlik yoki kо‘rlikka aqli zaiflik birga qо‘shilib kelsa) ekanligini kо‘rsatadi. Bir nechta jarohatlar oqibatida kelib chiqadigan buzilishlar – murakkab nuqsonlar, deyiladi.
YE.M. Mastyukova (1988) ning ta’kidlashicha, qator hollarda organizmdagi bir nechta funsional tizimlarni bir vaqtda jarohatdlanishi yoki bosh miya qobig‘ining total rivojlanmaganligni alohida funksional tizimlarni jarohatlanishi bilan qо‘shilib kelishi ,yoki alohida miya tizimlarining keyinchalik, ularni rivojlanishini buzilishi bilan jarohatlarishi , ba’zan miyaning tо‘liq jarohatlanishi kuzatilishi mumkin. Miya tuzilishining rivojlanmaganligi (dizontogenetik) va jarohatlanishining (ensefalopatik) turli belgilarining qо‘shilib kelishi murakkab yoki asoratli nuqsonlarni paydo bо‘lishiga olib keladi. Muallif quyida murakkab va asoratli nuqsonlarga ta’rif beradi. Murakkab nuqson ikki va undan ortik buzilishlarni qо‘shilib kelishini qamrab oladi, ular bolani anomal rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtirishga bir xil ta’sir kо‘rsatadi. Murakkab nuqsonli bolalar maxsus dastur asosida о‘qitilishga muhtoj. Masalan, bir vaqtning о‘zida eshitishi va kо‘rishi buzilgan bolalar ( kо‘r-kar), BSF va og‘ir eshitish buzilishini qо‘shilib kelishi; aqli zaiflik va kо‘rlikda va boshqalar alohida ta’lim dasturini talab qiladi.
V.N.Chulkov (2001) bolalar rivojlanishidagi murakkab nuqsonlarga bitta bolada ikki yoki undan ortiq psixofizik nuqsonlarni birga kelishini kiritadi. Masalan, karlik va zaif kо‘ruvchilikning birga kelishi, aqli zaiflik va kо‘rlik, tayanch-harakat apparatidagi nuqsonlar va nutq nuqsonlari.
Zamonaviy maxsus adabiyotlarda murakkab nuqson atamasi orqali faqat birlamchi nuqsonlar, maslan, kо‘r-karlik anglatiladi. Agar atamada rivojlanishdagi ikkilamchi nuqsonlar keltirilsa, masalan, “kо‘r-kar soqovlik”, sо‘zi keltirilsa, bundagi “soqovlik” atamasi nutqning yо‘qligini bildirib, bu bolaning karligi asoratigina hisoblanadi, bunday atamani noaniq va eskirgan ,deb qabul qilish kerak.
Mashhur olimlarning xulosalari murakkab ( kompleks ) nuqsonlarni shakllanishi mazmuni va tushunchasini nazariy tomondan qabul qilish imkonini beradi. Murakkab nuqson tushunchasining sinonimi sifatida uch va undan ortiq ( birlamchi) nuqsonlar kuzatilganda, ularning hur biri bola rivojlanishidagi buzilishlarini chuqurlashtiradigan, salbiy oqibatlarga sabab bо‘lganda, masalan kо‘r-kar aqli zaiflikda “ kо‘p nuqsonlilik” atamasi qо‘llaniladi.
“ Kо‘p nuqsonlilikka xususan, bitta bolada salbiy ta’sirlarga ega qator uncha katta bо‘lmagan nuqsonlarni qо‘shilib kelishini kiritish mumkin, masalan, kichik harakat buzilishlari, kо‘rish va eshitish buzilishlarini qо‘shilib kelishida, bolada nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi yaqqol namoyon bо‘lishi mumkin ”.6
Shularga asoslangan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkin. Murakkab (mujassam) nuqsonlarga bir nechta birlamchi nuqsonlarni namoyon qiladigan, ularning har biri alohida olinganda anomal rivojlanish tuzilishi va xarakterini belgilaydigan kamchiliklar kiritiladi. Barcha mavjud nuqsonlar bir- biriga ta’sir kо‘rsatadi va о‘zaro ta’sirini kuchaytiradi. Buning oqibatidagi salbiy asoratlar sifat va son jihatidan alohida nuqsonlarning yig‘indisidan ancha qо‘polroq bо‘ladi.
2- rasmda tasvirlangan sxemada kо‘r- karlikdagi mujassam ( murakkab) nuqsonlar tuzilishi aks ettirilgan.Maxsus ta’limda mavjud boshqacha dasturlar bu bolalar bilan ishlashda har bir vaziyatdagi nuqsonlarning tuzilishini о‘ziga xosligiga kо‘ra samara bermaydi.
Klinik, neyropsixologik tadqiqotlarning kо‘rsatishicha ( G.P.Bertin, M.G. Blyumina, YE.M.Mastyukova, A.G. Moskovkina) kompleks nuqsonlarni bir yoki bir nechta sabablar, kelib chiqishiga kо‘ra – ekzogen yoki endogen, sabablar keltirib chiqarishi mumkin.Ular ichida onaning homiladorligida boshidan о‘tkazgan og‘ir infeksion kasalliklar - gripp, qizilcha, sitomegavirusli infeksiya, tug‘ma toksoplazmoz va boshqalar kо‘p uchraydi. Mujassam nuqsonlarga onaning surunkali somatik kassallikalari ham sabab bо‘lishi mumkin (diabet, yurak faoliyatining og‘ir buzilishlari, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqalar).rivojlanishda kо‘plab nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablar ichida genetik omillar, turli kasalliklar, nasliy sindromlar (Marshal sindromi, Usher sindromi, Alport sindromi, Lou sindromi) ham alohida о‘rin egallaydi. Rivojlanishda murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalar sonining ortib borayotgani kuzatilmoqda. Buning sabablarni bilish mutaxassisga nuqson tuzilishini tо‘g‘ri ochish, nuqsonni tо‘g‘ri tashxis qilish va nihoyat, bola rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. ( Bertin G.P. 1985).
Mujassam nuqsonlarni tashxis qilish haddan tashqari qiyin, chunki ular bolaning sensor, harakat, nutqiy, bilish sohalarida paydo bо‘lishi mumkin.Bunday nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni differensial tashxisi ularning psixik rivojlanishini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Sabablar




Eshituv nuqsonlari Kо‘ruv nuqsonlari





Eshituv idrokining buzilishi








Fazoda mо‘ljal olishdagi kamchiliklar;predmetli tassavvurlarning chegaralanganligi,turli faoliyat shakllarining sust rivojlanishi





Kо‘ruv idrokining buzilishi





Og‘zaki nutqni egallashdagi buzilishlar




Shaxs rivojlanishidagi о‘ziga xoslik(harakatlarning,imo-ishoralarning ifodalanishi)





Xarakter xususiyatlari,imo-ishoralarning о‘ziga xosligi
2-rasm. Kо‘r-karlikda mujassam (murakkab) nuqsonlarning tuzilishi.

Murakkab nuqsonli bollarni о‘rganish har tomonlama chuqur tadqiqotlar olib borishni kо‘zda tutadi. Bolalarning psixologo- pedagogik xususiyatlarini tahlil qilish va ularning imkoniyatlarini aniqlashga bunday yondoshuv yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi.


Bundan tashqari, bunday muammolarin tо‘g‘ri hal etish avvalgi bо‘limda keltirilgan nuqsonlar tuzilishi asosini tushunishni taqazo etadi.
Qator hollarda, nuqsonning asoratlari о‘rin egallashi mumkin. Amaliyotda rivojlanishdagi kamchiliklarni tashxis qilish, nuqson tuzilishini aniqlash ancha qiyin bо‘lgan usullar juda kо‘p. Bu kо‘pincha, patologiya yaqqol namoyon bо‘lmaganda, rivojlanishdagi anomaliyalar qо‘pol bо‘lmaganda kuzatiladi.
YE.M.Mastyukovaning (1988) ta’kidlashicha, asoratli nuqsonlarda yetakchi nuqson va uning asoratlarini ajratib olish zarur. Masalan, oligofreniyada ruhiy rivojlanishning sustlashuvi, BSF da kо‘rish, eshitish nuqsonlarining yaqqol namoyon bо‘lmagan shakllari va dizartriya nutq buzilishi va boshqalar qо‘shilib kelishi mumkin. Kо‘pgina anomal rivojlanish shaklarida harakat nuqsonlari, kо‘pincha, bolalar serebral falaji sindromining sust namoyon bо‘ladigan alohida turi sifatida, muskullar tonusida paydo bо‘ladigan о‘zgarishlar, muvozanatning buzilishi , harakatlarning nomutanosibligi kuzatiladi. Anomal rivojlanishning asosiy turi alohida tuzilishga ega bо‘lib, bunda uning asoratlaridan yetakchi nuqsonni ajratib olish zarur, ammo bunda ta’lim va tarbiyani individuallashtirish , shuningdek, asosiy va qо‘shilib keladigan nuqsonlarni hisobga oladigan maxsus korreksion dastur yaratish, bundan tashqari tez –tez maxsus davolanish ham zarur.
Aytib о‘tganimizdek,bolaning anomal rivojlanishi tuzilishiga kо‘pgina xilma –xil omillar ta’sir qiladi. Eng avvalo, birlamchi nuqsonlarning paydo bо‘lish vaqtini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Erta jarohatlanish bolaning butun psixik rivojlanish yо‘lining buzilishiga olib keladi. Rivojlanish xususiyatlarini shuningdek, birlamchi nuqsonning etiologiyasi, patogenezi, tarqalganligi, namoyon bо‘lish darajasi belgilaydi.
Mujassam (murakkab) nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning rivojlanishi kо‘p tomonlama oiladagi hayoti yoki ta’lim muassasasida orttirilgan malakalariga bog‘liq, chunki, ularning kо‘pchiligi ulardagi qobiliyatlarni shakllanishini pasaytiruvchi va rivojlanishini susaytiruvchi omillarga duchor bо‘lishi mumkin.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə