Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə142/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor 
boʻlishi 

282


Fuqarolik huquqida majburiyatni bajarish mumkin boʻlmasligi deb
shunday vaziyat tushuniladiki, bunda qarzdorga majburiyat mazmunini
tashkil etgan harakatlarni bajarish imkoniyati boʻlmay qoladi.
FKning 349-moddasida koʻrsatilishicha, agar taraflardan birortasi
ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin
boʻlmay qolsa, u bekor boʻladi. Basharti, qarzdor majburiyatni
kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin boʻlmasa, kreditor
oʻzining majburiyat boʻyicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga
haqli emas.
Bajarish mumkin boʻlmaslik tasodifiy holatlar tufayli boʻlishini
birovning aybi bilan bogʻliq boʻlishi holatidan ajratish kerak. Tasodifiy
holat tufayli bajarish mumkin boʻlmasligi deb mazkur sharoitda, vaziyatda
qaytara olmaydigan kuch, chunonchi, suv toshqini, zilzila, yongʻin kabi
tabiiy ofatlar tufayli bajarish mumkin boʻlmasligi tushuniladi.
Bajarishning mumkin boʻlmay qolishi qarzdor aybi bilan boʻlgan deb
hisoblash uchun bajarish imkoniyatini bermagan holatlar qarzdor qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan yoʻl qoʻygan boʻlishi yoxud uning oldini olmagan
boʻlishi kerak. Agar bajarishga imkoniyat bermaydigan holatlar
qarzdorning aybi bilan sodir etilgan boʻlsa, u holda qarzdor majburiyatni
bajarishdan ozod boʻlmaydi, bunday holda majburiyat bekor boʻlmay oʻz
kuchida qolib, faqat uning mazmuni yuz bergan holatga qarab oʻzgarishi
mumkin. Qarzdorning oʻz aybi bilan ijro etib boʻlmaydigan holat sodir
qilingan boʻlsa, majburiyat bajarilmasligi uchun neustoyka yoki zararni
toʻlash burchidan ozod qilinmaydi.
Qonun majburiyatni bajarish mumkin boʻlmasligi faktlarini turlarga
boʻlib koʻrsatmaydi. Majburiyatni bajarib boʻlmasligi faktlari oʻz
xarakteriga koʻra bir necha turga, chunonchi, jismiy, huquqiy va iqtisodiy
faktlarga boʻlinadi. Jismiy jihatdan bajarib boʻlmaslik deganda, bajarilishi
lozim boʻlgan majburiyat narsasining nobud boʻlishi natijasida bajarish
mumkin boʻlmasligi tushuniladi. Masalan, ijaraga berilayotgan binoning
yongʻin tufayli yaroqsiz boʻlib qolganligi sababli majburiyat narsasini
berib boʻlmaydi.
Huquqiy jihatdan bajarib boʻlmaslik deganda, majburiyat mazmunini
tashkil etgan harakatni qilishni vakolatli organ tomonidan chiqarilgan
huquqiy hujjat bilan man qilinishi tushunilishi mumkin
. Masalan, 
farmastevtika zavodi dori yetkazib berish majburiyatini olsa, lekin tayyorlangan 
dorining zararli xususiyati ma’lum boʻlib qolib, vakolatli organ fuqarolik 
muomalasidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq bersa, huquqiy asos boʻyicha bajarib 
boʻlmaydigan holat roʻy beradi. 


283


Iqtisodiy jihatdan bajarib boʻlmasligi shu bilan xarakterlanadiki,
qarzdor majburiyatni bajarish jarayonida oshiqcha xarajatlar qilishi lozim
boʻlsa, bunday xarajatlar tufayli zarar yetkazilishi sababli bajarilmasligi
mumkin.
Bundan tashqari, majburiyatni butunlay yoki qisman, shuningdek
muttasil va vaqtincha bajarib boʻlmaslikni bir-biridan farq qilmoq kerak.
Qisman ijro etib boʻlmaslik, masalan, shartnomaga asosan
topshiriladigan bir necha ashyoning biri yoki birmunchasining buzilishidan
kelib chiqishi mumkin.
Butunlay ijro etib boʻlmaslik esa, topshirilishi lozim boʻlgan
mulkning tasodifiy holat sababli iste’molga yaroqsiz boʻlib qolishi
tushuniladi.
Vaqtincha bajarib boʻlmaslikka vakolatli organ tomonidan berilgan
buyruqqa asosan majburiyat bajarilishi kechiktirilishini misol qilib
koʻrsatish mumkin. Vaqtincha ijro etib boʻlmaslikda majburiyat butunlay
bekor qilinmay, balki bajarilishi vaqtincha toʻxtatilib turiladi.
Muttasil ijro etib boʻlmaslikda biror tasodifiy holat tufayli
majburiyatni hech qachon bajarish mumkin boʻlmaydi. Masalan, yongʻin
tufayli vayron boʻlgan muayyan binoni ijaraga berish majburiyati muttasil,
hech qachon bajarilmasligi mumkin.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə