M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


JUNNI DASTLABKI ISHLASH FABRIKASIDAGI



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

5.3. JUNNI DASTLABKI ISHLASH FABRIKASIDAGI
MAVJUD TEXNOLOGIYA HAQIDA 
Ma’lumki, jun tayyorlov punktlarida toy holatida fabrikaga kel tiriladi. 
Keltirilgan har bir partiya o‘zining veterinar guvoh nomasi va umumiy 
xususiyatlari ko‘rsatilgan spetsifikatsiyasiga ega bo‘ladi.
Jun partiyasi — bu bitta nakladnoy bilan hujjatlashtirilgan jun 
massasidir. Yuvilmagan jun fabrikaga sinfga ajratilgan holda keltiriladi. 
Sinfga ajratish nihoyat darajada andozaga asosan amalga oshiriladi. 
Ba’zi hollarda nazorat qilish maqsadida sinfga ajratiladi. Sinflanishni 
nazorat qilishda har bir sinfdagi jundan 10 % ajratib olinib, xomashyo 
laboratoriyasiga jo‘natiladi. Bundan maqsad, junni yuvishdan so‘ng 
chiqish darajasi aniqlanadi hamda uning yo‘g‘onligi va namligi ham 
aniqlanadi. Olingan barcha ma’lumotlarni qabul qilish dalolatnomasiga 
yoziladi. Shu asosda ta’minotchi bilan hisob-kitob qilinadi.
Sinflashtirilgan jun shu asosda tarkibidan bir xil turdagi, tashqi 
ko‘rinishi bir xil bo‘lgan junlarga va navlarga ajratiladi. Navlarga ajratishda 
tashkil etilgan runoni ma’lum sxema asosida ajratish kerak.
Eng mayin va mustahkam jun ikki yon tomonda joylashgan (v-64
k
). 
Har bir runoni navlarga ajratishda maxsus stoldan foydalaniladi. Stol 
urug‘lik bilan yoritilgan bo‘lishi shart. Har bir navni solish uchun 
maxsus idishlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Navga ajratish jarayoni quyidagi 
operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
a) runo tarkibidan past navli junlarni ajratib tashlash;
b) runoning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha, ma’lum sxema bo‘yicha junni 
navlarga ajratish;
d) junni navlarga ajratish dastlab uzunligiga qarab, so‘ng yo‘g‘onligi 
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Junni navlarga ajratishning bir necha xil turi mavjud: indivi dual, ikki, 
uch, to‘rt pog‘onali hamda konveyer usullari. Masalan, ikki pog‘onali 
navga ajratish usuli 4 ta ishchi yordamida ikki ma rotaba saralash orqali 
amalga oshiriladi, ya’ni birinchi pog‘onada toyni ochib, runoni ajratib 
olinsa, ikkinchi pog‘onada junni uzun ligi va yo‘g‘onligi bo‘yicha ajratiladi. 


141
Ish unumdorligi bo‘yicha konveyer usuli ancha samarali hisoblanadi. 
Unda tasmasining tezligi o‘rtacha 6 mm bo‘lgan konveyer atrofida 10 ta 
ishchi bo‘lib, ular birin-ketin saralash ishlarini amalga oshiradilar. Dastlab, 
junning past navlari, so‘ngra esa yuqori navlari ajratib olinadi.
Iflos junlar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Jonivorning badanidan ajralib chiqqan moddalar asosida ifloslanish 
(yog‘, ter, kepak va hokazo).
2. Tashqi tomondan ifloslanish (material, organik moddalar 
ta’sirida).
Junning ifloslik darajasi uni oladigan jonivorning turiga hamda 
mavsumga ham bog‘liq. Ifloslik fraksiyasi O‘rtacha quyidagi miqdorda 
o‘zgaradi:
a) yog‘ massasi — 4—25 %;
b) ter miqdori — 2—42 %; 
d) mineral va boshqa chiqindilar — 4—30 %.
Mineral chiqindilarga: qum, loy zarralari, tuproq qoldiqlari kiradi. 
Undan tashqari o‘simlik shoxlari, bargi, pichan, somon qoldiqlari ham 
jun tarkibida bo‘lishi mumkin. Jonivordan ajralib chiqqan chiqindi 
hisobiga junning ifloslanishini undan ajratib olish ancha murakkab 
hisoblanadi. Uni ajratish uchun junni yuvishdan oldin ancha muddatga 
ivitib qo‘yiladi.
JDI fabrikasida quyidagi jun yuvish agregatlari o‘rnatilishi mumkin:
a) Ivtekstilmash zavodi (Rossiya);
b) Dafama (Polsha);
d) Petri Maknot firmasi (Angliya);
e) Sharpante firmasi (Belgiya);
f) Tekstima firmasi (Germaniya).
Junni yuvishdan oldin titish jarayoni
I. JDI texnologiyasining dastlabki operatsiyalaridan biri — bu titish 
jarayonidir. Titishdan asosiy maqsad uyumlanib, buralib qolgan junni titib, 
yozib tashlashdan iborat. Shunday qilinsa, uning tarkibidagi iflosliklarni 
ajratish holati osonlashadi. Jun qancha xafsala bilan titilsa, shuncha yaxshi 
yuviladi, ya’ni yuvish jarayoni ning samarasi ancha oshadi.
Bundan tashqari, yuvish vositalari ham iqtisod qilinadi. Masalan, 100 kg 
yaxshi titilmagan junni yuvish uchun 7,2—8,9 kg kir sovun sarf etilsa, yaxshi 
titilgan junga esa 5,9—6,0 kg kir sovun sarf etiladi.
II. Junni titish uchun asosan maxsus titish mashinalari ishla tiladi. 
Ular 3 turga bo‘linadi: 


142
a) merinos va yuqori sifatli nomerinos junlari uchun qo‘lla niladigan 
titish mashinalari;
b) dag‘al va past navli nomerinos junlari uchun qo‘lla niladigan titish 
mashinalari;
d) dag‘al — o‘ralib qolgan junlar uchun qo‘llaniladigan titish 
mashinalari.
Texnologik jarayon yaxshi borishi uchun ushbu mashinalarga quyidagi 
asosiy talablar qo‘yilgan:
1. Jun tolasining tabiiy xususiyatini saqlash (uzunligi, pishiq ligi
yo‘g‘onligi va boshqalar).
2. Texnologik jarayonni to‘liq amalga oshirish.
3. Chiqayotgan mahsulotning bir tekisligini ta’minlash.
4. Texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlash.
5. Texnologik mashinalarga xizmat ko‘rsatishning qulay bo‘lishi.
6. Ba’zi texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirishga erishish.
7. Texnologik jarayonga sarf etilayotgan elektrenergiyani ka may-
tirishga erishish.
8. Ish unumdorligining yuqoriligini ta’minlash.
9. Ishchi maydonini qisqartirishga erishish.
10. Konstruksiyaning soddaligini ta’minlash.
11. Texnika xavfsizligi tomonidan to‘liq ta’minlash va ekologik 
tozalikka erishish.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə