M I k r o I q t I s o d I y o t


QS = V(P), bu yerda  Qs



Yüklə 4,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/290
tarix21.01.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#98926
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   290
Салимов Б. ва бошк. - Микроиктисодиёт - 2010

QS = V(P),
bu yerda 
Qs
- tovarga bo'lgan talab miqdori;
P
- tovar narxi.
Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi 
P
bo'lganda tovar sotuvchilar maksimal 
darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishini ko'rsatadi. Uning grafigi, talab funksiyasi 
grafigiday aniqlanadi.
Masalan, chiziqli taklif funksiyasi berilgan bo'lsin:
Qs = a + b P ,
bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog'liq bo'lib, bu bog'liqlik musbatdir, ya’ni narx 
(argument) o'sishi taklifning (funksiyaning) o'sishiga olib keladi. Taklif funksiyasi 
o'suvchi bo‘lib uning funksiyasi grafigi talab funksiyasi grafigi kabi aniqlanadi.
Taklifning taklif chizig'i bo'yicha o'zgarishiga, 
taklif miqdorining o'zgarishi
deyiladi. 
Taklif miqdorining o'zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig'i bo'yicha o'zgarishi, faqat 
narx ta’siri ostida bo'ladi. Narxdan boshqa taklifga ta ’sir qiluvchi omillar taklif chizig'ini 
ongga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig'ining o'zini o'ngga yoki chapga 
siljishiga 
taklifning o'zgarishi
deyiladi.
Taklif miqdori narxdan tashqari boshqa omillai^a ham bog'liqdir:
• 
ishlab chiqarish texnologiyasi, (texnologiya darajasining o'sishi taklif hizig'ini o'ngga 
siljitadi, chunki, yangi texnologiya ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va ishlab


chiqaruvchi berilgan narxda ko'proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi);
• resurslar narxi (resurslar narxi oshganda, ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, 
natijada berilgan narxda ishlab chiqaruvchi kamroq mahsulot ishlab chiqarib, taklif 
qiladi, natijada taklif chizig'i chapga siljiydi, resurslar narxi kamayganda, yuqoridagi 
holatning aksi bo'ladi, ya’ni taklif oshadi, natijada taklif chizig'i o'ngga siljiydi);
• ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar soni oshganda (ishlab chiqaruvchilar 
sonining oshishi, umumiy taklif chizig'ini o'ngga siljitadi);
• soliqlar va dotatsiyalar (soliqning ortishi natijasida, taklif qilinadigan mahsulot 
miqdori kamayadi, shu sababli taklif chizig'i chapga siljiydi; dotatsiya berilganda 
yuqoridagining aksi bo'ladi, ya’ni taklif chizig'i o'ngga siljiydi).
Ko'p omilli taklif funksiyasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə