M I k r o I q t I s o d I y o t


-rasrn. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi



Yüklə 4,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/290
tarix21.01.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#98926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Салимов Б. ва бошк. - Микроиктисодиёт - 2010

1-rasrn. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi
Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi 
darajali tomonlarini e ’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o'zgaruvchilar ishlatiladi: 
ekzogen va endogen. Ekzogen o‘zgaruvchilar tashqi o'zgaruvchilar bo'lib, ular oldindan 
beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o'zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar 
asosida shakllanadi. Tovariar aylanmasida iqtisodiyot ikki sekto^ga bo'linadi: uy xo'jaliklari 
va firmalar. Uy xo'jaliklari o 'z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) fimialai^ga 
sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovariar va xizmatlar olishga 
ishlatadilar. Firmalar o'zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni 
uy xo'jaliklaridan resurslami sotib olishga ishlatadilar.
Ko'rinib turibdiki, haqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab 
chiqarish kerak, degan masalani uy xo'jaliklari hal qiladi. Uy xo'jaliklarining bunday 
qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo'lishi kerak. 
Firmalar, o'z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan 
muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo'jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan 
ne’matlami olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo'yicha qarorlarini bir-biri 
bilan moslashtirishi kerak bo'ladi.


Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish 
resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo'jaliklari sektori o'rtasidagi 
o'zaro munosabatlami tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovariar bozorida 
oldi-sotdi bo'yicha o ‘zaro munosabatda bo'lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va 
sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo‘yicha 
o ‘zaro munosabatda bo'lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor o ‘zining ikkita qaror qabul qiluvchi subyektiga ega: sotuvchilar va 
xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning 
muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta ’minlanadi. Narx talab va taklif 
munosabatlari natijasi sifatida, uy xo‘jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlami muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo'lib hisoblanadi. Bunday axborot 
bir vaqtning o'zida jamiyatdagi noyob ne’matlami taqsimlash muammosini echish 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun 
nonni iste’mol qilishni cheklash to'g'risida signal bo'lsa, firmalar uchun nonni ishlab 
chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to'g'risida muhim axborot 
bo‘lib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslami ratsional taqsimlashni ta ’minlaydi, ne’matlami ratsional 
iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar 
egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor 
hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogMiq xarajatlariga transaktsion xarajatlar 
deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
qarorlarini vaqt bo'yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining 
vujudga kelishi bilan bog'liqdir. Kelajakdagi ne’matlaming oldi-sotdisi, ulaming narxlari 
to'g'risida tasawurga ega bo'lishga, ulaming kelajakda nisbatan noyobligi to'g'risida 
axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko'ra, 
o'zlarining joriy xo'jalik rejalarini qayta ko'rib chiqadilar va o'zlarining iqtisodiy 
harakatlarini tartibga soladilar.
1.3. Bazis tushunchalar
Iqtisodiy ehtiyoj - shaxsni, korxonani yoki jamiyatni faoliyat ko'rsatishini va 
rivojlanishini ta ’minlab turish uchun zarur bo'lgan moddiy resurslar. Iqtisodiy ehtiyojni 
iqtisodiy faoliyatga undaydigan ichki kuch sifatida qarash mumkin.
Iqtisodiy ehtiyojni ikki tuiga bo'lish mumkin: birlamchi ehtiyoj (oziq-ovqat, kiyim- 
kechak, uy-joy); ikkilamchi ehtiyoj (dam olish, sayohat qilish, sport bilan shug'ullanish, 
o'qish va hokazo). Umuman olganda, ehtiyoj real va noreal bo'lishi mumkin.
Real ehtiyoj deganda, ushbu ehtiyojni qondirish uchun shaxsning daromadi etarli 
bo'lishi taqozo qilinadi.
Noreal ehtiyoj bo'lganda,ehtiyojni qondirish uchun daromad etarli bo'lmaydi.
Iqtisodiy ne’mat - bu ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan 
bo'lishi mumkin. Cheklangan ne’matlaiga tovariar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, 
kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). Cheklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlami 
tashkil qiladi. Cheklanmagan ne’matlaiga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.
Bir-birining o'rnini bosuvchi ne’m atlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi 
ne’matlardir. Masalan, shaxsning go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojini mol go'shti,
*


qo‘y go'shti yoki parranda go‘shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi 
tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga boMgan talabning oshishiga olib keladi.
0*zaro bir - birini toidiruvchi ne’matlar — bu shaxsni yoki ishlab chiqarish 
ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. Toidiruvchi ne’matlardan biriga talab 
oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) - bu iqtisodiy ne’matlami ishlab chiqarishda 
qatnashadigan elementlar (er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborotlar).
Tadbirkorlik qobiliyati deganda, o ‘ziga xos b o ‘lgan shunday inson resursi 
tushuniladiki, u o ‘zidan boshqa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalana olish 
qobiliyatini mujassamlashtiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati — berilgan texnologik rivojlanishda barcha mavjud 
resurslardan toMiq va samarali foydalangan holda jamiyatninig iqtisodiy ne’matlar 
ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Misol. Faraz qilaylik, jamiyat ikkita ne’mat ishlab chiqaradi deylik, ya’ni 
traktorlar va don mahsuloti. Agar jamiyat barcha resurslami don mahsuloti ishlab 
chiqarishga sarflasa 5 mln.tonna don mahsuloti ishlab chiqaradi, agarda faqat traktor 
ishlab chiqarishga sarflasa undan 7 birlik ishlab chiqarishi mumkin. Ikkala ne’matni 
bir vaqtda ishlab chiqarish kombinatsiyalari quyidagi jadvalda berilgan.(l.l - jadval).

Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə