M I k r o I q t I s o d I y o t



Yüklə 4,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/290
tarix21.01.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#98926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Салимов Б. ва бошк. - Микроиктисодиёт - 2010

к.э.н., доц;
М. Исаков,
к .э.н., доц. Кафедры «Микроэкономики» ТГЭУ.
2010


The textbook consists mainly of lectures on "Microeconomics" course given by the 
authors at the economic university.
Theoretical and practical aspects of activities of economic subjects' operating directly 
in the markets are discussed in detail. The authors of the book analyze with graphic 
illustrations and practical sums the behaviors of the enterprises running in the markets 
under perfect competition, monopoly and oligopoly.
Market structures and their peculiarities, and impacts of national economic policy on 
behaviors of market subjects are broadly looked through.
Each chapter includes questions for review and sample problems with solutions. You 
can also find the glossary at the end of the textbook.
The textbook is intended for students of economics major and instructors of 
institutions of higher education.
Responsible Editor: 
Sh.R.Kholmuminov,
Prof. vice rector for economic and financial affairs, TSUE, 
doctor of economic sciences.
Reviewers: 
A.AbdughafTarov,
head of laboratory "Information-analysis systems”, the 
Institute of Informatics under the Science Academy of 
Uzbekistan, doctor of economic sciences Prof. 
A.B.Hayitov,
the dean of Economics and Statistics faculty, TSUE;
, candidate of economic sciences, Assoc. Prof.
Experts: 
B.B.Usmonov,
head of office for academic affairs, TSUE, candidate of 
economic scienccs, аъьос. Prof.;
M.Isakov,
Assoc. Prof. chair "Microeconomics", TSUE, 
candidate of economic sciences.


KIRISH
Fanni o'rganishning dolzarbligi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyot bozor talablari va 
qonuniyatlariga asoslanib boshqarilsagina yaxshi samara berishi mumkinligi amaliy hayotda 
o ‘z tasdig‘ini topmoqda. Ayniqsa talab va taklif qonunlari, iste’mol с hi ning bozordagi 
hatti-harakati, korxona foydasini maksimallashtirish, bozor tuzilmalarining faoliyat 
ko‘rsatishi va rivojlanish mexanizmlarining nazariy va amaliy tomonlarini talabalar 
tom onidan chuqur egallanishi muhim ahamiyat kasb etadi va fanning dolzarbligini 
belgilaydi.
Fanning asosiy vazifasi talabalarga bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda 
amal qiladigan qonuniyatlami, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini 
qondirish zaruriyati to ‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritishni va uni amalda 
tadbiq etish yoMlarini o‘rgatishdan iborat.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o ‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining 
amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalaming (firmalarning) 
xo‘jalik yuritish faoliyatini, ulaming bozor sharoitidagi harakati ni, cheklangan ishlab 
chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yoMlarini va shu asosda ulami samarali 
faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga boMgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni 
hal qilishda “ Mikroiqtisodiyot’' fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot 
fanining tarkibiy qismi boMib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo'jaliklari va 
bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan 
barcha bozor subyektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli 
xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
Fan bo‘yicha o ‘quv adabiyotlaming qiyosiy tahlili. R.Pindayk va boshqalar 
tomonidan yozilgan darsligi ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilingan va u 27 b.t. dan 
iborat boMib, o‘z ichiga 17 ta bobni qamrab oladi. |20| Darslikda barcha mavzular keng 
yoritilgan. Darslikning nazariy tomonlari amaliy misollami tahlil qilish orqali toMdirilgan. 
Lekin darslikda har bir bobdan keyin takrorlash uchun savollar, misollar keltirilmagan.
R.M.Buriev tahriri ostida rus tilida yozilgan “ Курс микроэконом ики” darsligi 
36 b.t. dan iborat boMib, u 14 ta bobni o‘z ichiga oladi. |22| Darslikda iqtisodiy nazariya 
predmetini shakllanishiga, rivojlanishiga va uslubiga katta ahamiyat berilgan. Bundan 
tashqari bozor tuzilmalari va ularda harakat qiladigan firmaiaming iqtisodiy faoliyati 
chuqur yoritilgan. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va buning oqibatlari atroflicha 
yoritilgan. Har bir bobdan keyin takrorlash uchun savollar, testlar, misollar va ulaming 
echimlari, kitobning oxirida esa izohli lug'at keltirilgan. Kitobning xajmi 560 betga 
yaqin boMishi mavzularni kengroq yoritishga imkon bergan.
Л.С.Тарасевич, П .И .Г р е б ен н и к о в 1 а т^ “ М икроэкономика” darsligi 23,5 b.t. 
dan iborat va u 9 ta bobni o‘z ichiga olgan. |29| Darslik 3 qismga boMingan. Birinchi 
qismida talab va taklif masalalari, ikkinchi qismida tarmoq muvozanati, muvozanat 
narx va har xil bozor tuzilmalarida narx belgilashning nazariy asoslari yoritilgan. Va 
nihoyat uchinchi qismida umumiy iqtisodiy muvozanatlik bilan bogMiq masalalar o ‘z 
aksini topgan. Darslikda nazariyotni taqsimlash uchun bir qator masalalar va ulaming 
echimlari keltirilgan. Ushbu adabiyotda takrorlash uchun savollar hamda izohli lug‘atlar 
berilmagan.
Darslikni tayyorlashda akademik S.S.G‘ulomovning fikr va mulohazalari hamda 
bergan qimmatli maslahatlaridan keng foydalanildi.


I BOB
M IKROIQTISODIYOT VA BOZOR
1.1. Bozor haqida tushuncha
Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish 
bo'yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlami uchrashtirib turadigan joy
ular o'rtasida kelishilgan narx bo'yicha tovar almashuvi sodir bo'ladi. Bozorda sotishni 
amalga oshirish uchun m a’lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to'g'risida 
axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o'tkazish, sotib olinadigan tovar 
yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar 
bilan bog'liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo'lgani uchun ham, bozomi 
transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozoming o'ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u daromadlami samarali faoliyat ko'rsatayotgan subyektlar hisobiga 
qayta taqsimlaydi, ya’ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali 
foydalanayotgan xo'jalik subyektlari hisobiga.
Bozorlar o'zining hududiy masshtabiga ko'ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga 
bo'linadi. Oldi-sotdi ob’ekti bo'lib, iste’mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, 
yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovariar bozori bilan 
bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog'ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar 
oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozoming samarali faoliyat ko'rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog'liq. 
Transaktsion xarajatlar - bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha 
birinchi bo'lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaktsion xarajatlar o'z 
ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o'zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan 
bog'liq xarajatlar, tovariar xususiyatlarini aniqlash bilan bog'liq xarajatlar, mulk 
huquqini himoya qilish va boshqalar.
1.2. Noyob ne’matlami taqsimlanishining bozor mexanizmi
Har qanday jamiyatda noyob ne’matlarni taqsimlash muammosi turadi. N e’mat 
deganda, biz tovariar, xizmatlar va resurslami tushunamiz. N e’matlar noyobligi deganda
- iqtisodiy subyekti a rdagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan 
xaridorlaming talablarini yetarli darajada qondira olmasligi tushuniladi. N e’matlar 
noyobligi - bu b iro r to v a r yoki resurs hajm ining m a ’lum vaqt o ralig 'id a
chegaralanganligidir. Shuning uchun ham n e’mat noyobligi, ne’matning fizik nuqtai 
nazardan chegaralanganligidan farq qilib, u nisbiydir, ya’ni ne’matning hajmi hozirgi 
vaqtda unga bo'lgan talabni qondirish uchun yetarli emas.
Noyob ne’matlami ikki tu^ga bo'lish mumkin: ishlab chiqarish resurslari va ular 
asosida ishlab chiqariladigan iste’mol ne’matlar.
Ishlab chiqarish resurslarini takror ishlab chiqarilishi bo'yicha ham ikki turga bo'lish mumkin: 
takror ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish resurslari (bunga qishloq xo'jalik mahsulotlaridan 
paxta, don va boshqa mahsulotlami misol sifatida keltirish mumkin, ular har yili takror ishlab 
chiqariladi. Xuddi shunday mehnat resurslari ham takror ishlab chiqariladi), takror ishlab 
chiqarilmaydigan, fizik nuqtai nazardan chegaralangan ishlab chiqarish resurslari (foydali 
qazilma boyliklami misol sifatida qarash mumkin: temir, ko'mir, oltin va hokazo).
Agar n e’mat noyob bo'ladigan bo'lsa, u holda cheklangan ne’matlami qanday


qilib iqtisodiy subyektlar o'rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish muammosi - 
bu markaziy iqtisodiy muammo hisoblanadi. Bu muammoni echish uchun har qanday 
jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?
Kimga ishlab chiqarish kerak?
Yuqoridagi savollardan ikkitasi, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak va qanday ishlab 
chiqarish kerak degan savollar - resurslardan m ahsulot ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining juda ko‘p aPtemativ 
variantlari mavjudligini taqozo qiladi.
Ma’lumki, har bir vaqt oralig'ida jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari 
chegaralangan. Bunday chegaralanganlik jam iyatdagi m avjud resurslam ing 
chegaralanganligi ham da bu resurslam i foydali n e ’m atlarga aylantiradigan 
texnologiyaning holati bilan, uning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan 
birini tanlab qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Boshqa variantlardan voz kechish 
natijasida, biz ulardan olinishi mumkin boMgan foydadan voz kechamiz, ya’ni bu 
foydalanilmagan imkoniyatlar bo'lib, al’temativ xarajatlarni tashkil etadi.
ATternativ xarajatlar - resurslardan eng samarali foydalanishdan voz kechish 
natijasida yo'qotilgan imkoniyatlar bilan bogMiq xarajatlar. Al’temativ xarajatlar - 
iqtisodiy tanlov natijasida eng yaxshi al’temativ variantdan olinadigan foydadan voz 
kechishni aks ettiruvchi xarajatlardir.
Al’temativ xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari bo'yicha 
eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya’ni muayyan variant taqsimlanishdan olinadigan 
foyda va xarajatlarni boshqa variantlar bo'yicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish 
orqali yechiladi (ya’ni aPtemativ xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
Masalan, Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yoMovchi biletni 
30 minut turib, kassadan 100 so'mga olishi mumkin, yoki 130 so'mga navbatsiz 
xizmat ko'rsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yoMovchining 30 minut 
vaqtining aPtemativ xarajati 30 so'm dan kam bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30 
so'mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar al’temativ xarajati 
30 so'mdan yuqori bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30 so'm dan yuqori baholasa), 
u holda yoMovchi biletni xizmat ko'rsatuvchi firma orqali sotib oladi. Agarda yoMovchi 
vaqtining al’temativ xarajati 30 so'mga teng bo'lsa, u ikkala variantdan xohlaganini 
tanlashi mumkin. Haqiqatdan ham vaqtini yuqori baholaydigan va yuqori daromad 
oluvchilar ko'pincha navbat kutishni xohlamaydilar.
Yana bitta misol. Masalan, zavod traktor va yuk avtomobili ishlab chiqarishi mumkin. 
Zavod o'zining barcha cheklangan resurslaridan to'liq va samarali foydalangan holda 5 
ta tank yoki 10 ta traktor ishlab chiqarish mumkin deylik, ya’ni, bitta tank ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlar yordamida ikkita traktor ishlab chiqarish mumkin. Bu 
yerda 5 ta tankning aPtemativ xarajati 10 ta traktorga, ya’ni bitta tankning aPtemativ 
xarajati ikkita traktorga teng boMadi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:
- optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan 
maksimal foyda olish;
- alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlarining 
barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.


Iqtisodiy subyektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko‘ra o‘z maqsadlariga erishishi 
uchun xo'jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, 
iqtisodiy subyektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalam i 
maksimallashtiradi yoki m a’lum natijalami olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlami ikkiga bo'lib qaraydi - iste’molchilar (uy 
xo'jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin 
darajada o 'z in in g e h tiyojlarini m aksim al darajada qondirish b o 'lsa , ishlab 
chiqaruvchilaming maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko'rsatkichlarini 
maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
1 ) ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi m ahsulotdan qancha ishlab 
chiqaradi) muvofiqlashtirish;
2 ) iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) 
muvofiqlashtirish;
3 ) ishlab chiqarish va iste’mol qilish b o 4yicha qabul qilingan qarorlam i 
muvofiqlashtirish.
Bu muammo tovariar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1.1-rasm).
7 .

Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə